Lautaro Martines xet-trigini kimga bag'ishlaganini aytdi
05 mar 2022 09:20
Yangiliklar
Lautaro Martines xet-trigini kimga bag'ishlaganini aytdi
A Seriya doirasida o'tgan uchrashuvda “Inter” forvardi Lautaro Martines “Salernitana” (5:0) darvozasini uch bor ishg'ol etdi.
Argentinalik 10 o'yindan beri gol ura olmayotgandi.
“Holatimdan kelib chiqib aytaman, qiyin davrni o'tkazdim, chunki hujumchilar gol bilan yashashadi. Jamoaga ham gollar kerak. Doimo bor kuchim bilan o'ynashga intilaman, ammo bazida oddiy vaziyatlardan ham foydalana olmasligingiz mumkin.
Nima bo'ldi? Bilmayman. Rafiqam, do'stlarim va oilam bilan maslahatlashdim. Xet-trigimni esa yaqinda bir yoshni qarshilagan qizimga bag'ishlayman va u hozir uyda uxlayapti deb umid qilaman!", deydi Martines.
Fikrlar