Lautaro Martines diskvalifikaciya qilindi. U “Milan derbisi”ni o'tkazib yuboradi
28 jan 2020 21:30
Yangiliklar
Lautaro Martines diskvalifikaciya qilindi. U “Milan derbisi”ni o'tkazib yuboradi
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines diskvalifikatsiya sabab A Seriyaning 2 o'yinini o'tkazib yuboradi.
Jazo Italiya chempionatining tartib-intizom qo'mitasi tomonidan chiqarilgan.
Gap shundaki, Martines 21-tur doirasida o'tkazilgan “Kalyari”ga qarshi (1:1) o'yinning so'nggi daqiqalarida qoidabuzarligi uchun avvaliga sariq, keyin esa shu vaziyatning o'zida hakam bilan tortishgan uchun ikkinchi marotaba ogohlantirib, qizil oldi. SHu tariqa, argentinalik forvard chempionatning bo'lajak ikki o'yini, yani, “Udineze” (2 fevral) hamda “Milan”ga (9 fevral) qarshi bellashuvlarda ishtirok etmaydi.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 20 o'yinda qatnashib, 11+3 natija ko'rsatdi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar tuzilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar