Laporta va Rayola Xolandning ehtimoliy transferini Monakodagi uchrashuvda tahlil qilishdi
26 fev 2022 13:23
Yangiliklar
Laporta va Rayola Xolandning ehtimoliy transferini Monakodagi uchrashuvda tahlil qilishdi
"Barselona" prezidenti va Mino Rayola uchrashuvda Erling Xoland bo'yicha gaplashishdi.
Joan Laporta va Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi agenti 16 fevralda Monakoda uchrashishdi. Uchrashuvga shuningdek Yordi Kroyff ham bordi.
Tomonlar norvegiyalikning ehtimoliy transferini muhokama qilishdi, bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda. Laporta va Rayola shuningdek ko'plab boshqa mavzularni tahlil qilishdi.
Xoland joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar