

"Hotirjamman, barcha ishlar yaxshi ketmoqda. Messi "Kamp Nou"da o'ynashda davom etadi. Bunga rad javobini bera olmayman.
Messini saqlab qolish juda qiyin ish. Uning shartlariga ko'nish kerak. Bizning moliyaviy holatimizdan kelib chiqib, u ham ko'p narsalarni maqulladi. Biroq chegara bo'lishi, moliyaviy feyr-pleyga amal qilinishi kerak.
Yangi shartnoma imzolash borasidagi ishlar muvaffaqiyatli davom etmoqda. Ammo ishlar qachon yakunlanadi - bilmayman", - dedi Laporta.



