Laporta Flik shartnomani uzaytirishiga ishonadi
13 noy 12:41
Yangiliklar
Laporta Flik shartnomani uzaytirishiga ishonadi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Xans-Diter Flik klub bilan ishlashda davom etishiga ishonch bildirdi.
"Xansi xotirjam, ilhomlangan va g'ayratli ko'rinadi. Bizda allaqachon amaldagi kelishuv bor va men uni yangilashimizga aminman.
Flik tom manoda "Barselona" uchun yashaydi. Biz uning ishidan juda mamnunmiz — u ham o'ziga yarasha xarakterga ega, ham jamoani chuqur tushunadi. Doimiy bosimga qaramay, u bu jarayondan zavq olayotgani aniq", – dedi Laporta "Catalunya Radio" efirida.
Germaniyalik murabbiy kataloniyaliklarni 2024 yil yozida qabul qilib oldi va jamoa bilan chempionatda g'olib chiqdi, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. Flikning amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar