Laporta Messining ketishi borasida ertaga katta bayonot bilan chiqadi
06 avg 2021 01:04
Yangiliklar
Laporta Messining ketishi borasida ertaga katta bayonot bilan chiqadi
Lionel Messining ketishi ortidan klub prezidenti chiqish qiladi.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lionel Messining ketishi rasman elon qilinganidan so'ng, katta bayonot bermoqchi. Ushbu chiqish ertaga, soat 14:00 da bo'lishi rejalashtirilmoqda. Laporta o'z chiqishini "Kamp Nou"da o'tkazadi. Messining ketishi haqidagi "Barselona" bergan bayonotda klub va futbolchi o'zaro kelishuvga erishgani, ammo La Liganing bazi qonunlari sabab bu shartnoma imzolanmagani malum qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Joan Laportaning "Barselona" prezidentligiga saylanishi oldidan bergan vadasi aynan Messini klubda olib qolish edi.
Fikrlar