Laporta Messining ketishi borasida ertaga katta bayonot bilan chiqadi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2021, 01:04
Lionel Messining ketishi ortidan klub prezidenti chiqish qiladi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lionel Messining ketishi rasman e'lon qilinganidan so'ng, katta bayonot bermoqchi. Ushbu chiqish ertaga, soat 14:00 da bo'lishi rejalashtirilmoqda. Laporta o'z chiqishini "Kamp Nou"da o'tkazadi. Messining ketishi haqidagi "Barselona" bergan bayonotda klub va futbolchi o'zaro kelishuvga erishgani, ammo La Liganing bazi qonunlari sabab bu shartnoma imzolanmagani ma'lum qilingandi.

Eslatib o'tamiz, Joan Laportaning "Barselona" prezidentligiga saylanishi oldidan bergan vadasi aynan Messini klubda olib qolish edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.barcelona.com