Laporta - Bartomeuga: "Neymar transferidan tushgan 222 million o'ylamasdan hamda yorug'lik tezligida sarflab yuborilgan"
16 avg 2021 21:19
Yangiliklar
Laporta - Bartomeuga: "Neymar transferidan tushgan 222 million o'ylamasdan hamda yorug'lik tezligida sarflab yuborilgan"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning sobiq boshqaruvchisi Jozep Bartomeuning o'ziga yozgan maktubidagi fikrlardan biriga izoh berdi.
"Maktubning ettinchi bandida aytilishicha, klub davlat jamoalari va Premer-liga jamoalari fonida raqobatbardosh bo'lib qolishi kerak bo'lganligi sababli maoshlar oshgan.
Ammo haqiqat shundaki, klubning sport siyosati halokatli bo'lgan. Neymarni sotishdan tushdan 222 million evro hech qanday mulohazasiz hamda yorug'lik tezligida sarflangan. Bu ish haqi va amortizaciyaga tasir qildi. Mana endi hozirda qanday ahvoldamiz. Jamoani rivojlantirish modelini o'zgartirish va yoshlar akademiyasiga ko'proq ishonch bildirish kerak edi", — dedi Laporta.
Fikrlar