So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  2 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Laporta "Barselona" shuncha pulni qaerdan olayotganiga javob berdi Yangiliklar

Laporta "Barselona" shuncha pulni qaerdan olayotganiga javob berdi

Prezident tanqidchilarga javob qaytardi.

"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta klubning transferlar oynasidagi g'ayritabiiy faolligi borasidagi tanqidlarga javob qaytardi. 

"Men ularga shubhalanish imkoniyatini yarataman. Tanqidchilar biz hech narsa qila olmaymiz deb o'ylashgandi. Ammo ular "Barsa"ning qudratini va yangi rahbariyatning rejalarini bilishmasdi. Bu gaplar shunchaki bizning klub haqida etarli malumotga ega emaslikdan kelib chiqmoqda. "Barselona"da 120 yillik tarix va qimmatli aktivlar bor. Bizdagi aktivlar boshqa klublarnikidan ko'proq. 25 yillik televizion huquqlar uchun biz 667.5 mln evro oldik. Meni tushungandirsiz? SHu bilan birga, biz yaxshi ish olib bormoqdamiz. 

Futbol kutib turmaydi. Bizning muxlislar yuqori sifatga o'rganib qolishgan. Ularning talablari boshqa klublarnikidan yuqori. "Barselona"da bizdan ko'proq narsa talab qiladigan 400 mln muxlis bor. 

Har kim o'zi nima qilishi kerakligini yaxshi biladi. Men boshqalarning ishiga aralashmayapman. Ulardan ham shuni so'ragan bo'lardim. Maydonda va maydon tashqarisida kurishib, yakunda kim ko'proq va yaxshiroq ishlaganini bilib olamiz", -deydi Joan Laporta. 

Malumot uchun, "Barselona" ushbu yozda transferlar uchun eng ko'p pul sarflagan klub bo'lib turibdi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика