Laporta: "Barselona" LaLigani yutishga qodir"
03 apr 2022 13:37
Yangiliklar
Laporta: "Barselona" LaLigani yutishga qodir"
"Jamoaning LaLigani yutishiga qodirligigiga shak-shubxam yo'q. Buni oddiy faktlar bilan ko'rsatib bera olaman: biz so'nggi davr mobaynida anchagina kuchaydik va to'liq kuch bilan ishlayapmiz. O'zining yangicha qarashlari bilan murabbiy jamoaga o'zgacha uslub olib kira oldi va o'zimizning oldingi holatimizga qaytdik. Endi optimizmni saqlab qolgan holda LaLiga chempionligi uchun kurashishimiz kerak.
Oson bo'lmaydi, bu qiyin ish, ammo uddalab bo'lmas vazifa emas. Raqiblarning shaniga hech qanday tegish emas bu. Biz o'zimizga ishonyapmiz va LaLiga chempionligi uchun harakat qilyapmiz. Buning uchun barcha o'yinlarda yutishimiz kerak", - dedi Laporta.
Ayni damda "Barselona" LaLiga turnir jadvalida 54 ochko jamg'argan holda 4-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Real" hisobida esa 69 ochko bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar