Lamin Yamal ilk bor 10-raqam haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Lamin Yamal ilk bor 10-raqam haqida fikr bildirdi

Barselona hujumchisi Lamin Yamal 10-raqamda harakat qilish har bir Barselona futbolchisi uchun sharaf ekanligini malum qildi.

«Hozirda 10-raqam Ansu Fatiga tegishli. Agar u ketsa va menga 10-raqamda o'ynash imkoni berilsa, men buni sharaf bilan amalga oshiraman. Bu raqamda o'ynash har bir «Barselona» futbolchisi uchun orzu. Bunday taklifni hech bir futbolchi rad etmaydi», -dedi Yamal.

Malumot uchun, Yamalning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. 16 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика