

Hozirda 10-raqam Ansu Fatiga tegishli. Agar u ketsa va menga 10-raqamda o'ynash imkoni berilsa, men buni sharaf bilan amalga oshiraman. Bu raqamda o'ynash har bir Barselona futbolchisi uchun orzu. Bunday taklifni hech bir futbolchi rad etmaydi, -dedi Yamal.
Ma'lumot uchun, Yamalning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. 16 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.



