

The Atletic ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi guruh bosqichida Kabo-Verdega qarshi o'yinni (15 iyun) o'tkazib yuboradi. 21 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinga chiqishi ham savol ostida qolmoqda. 26 iyun kuni ispaniyaliklar Urugvay bilan uchrashadi.
Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) "Barselona" va Yamal bilan doimiy aloqada. RFEF tibbiy shtabi xodimlari o'yinchining tiklanish jarayonini kuzatish uchun "Barselona"ga muntazam kelib turishmoqda.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada o'tkaziladi.



