Lam: "Neymarga rahmim keldi"
06 iyu 2014 14:50
Yangiliklar
Lam: "Neymarga rahmim keldi"
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Filipp Lam braziliyalik Neymar jarohati bois mundialning qolgan qismini o'tkazib yuborishidan afsusda.
Braziliya yarim finalda to'liq tarkib bilan o'ynay olmasligidan afsusdaman. Ayniqsa Neymarga rahmim keldi. O'z uyidagi mundialning yarim finalini o'tkazib yuborish kuchli zarba. Biz doim kuchlilarga qarshi o'ynashni istaymiz. SHu bois ham Braziliya va Neymarga qarshi maydonga tushishni xohlagandik, - deydi Lam Goal nashriga.
Fikrlar