So’nggi yangiliklar

14:34Де ла Фуэнте Мамардашвилининг Хвичани бутун Испания терма жамоасидан яхшироқ деган фикрига муносабат билдирди  0 14:06Испания – Европа чемпиони титулини ҳимоя қилган ягона терма жамоа  0 13:37Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда  3 13:03Хесус Вальехо "Реал"га қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди  7 12:37"Арсенал" собиқ ўйинчиси Силва клуб нега АПЛ чемпиони бўла олмаслигини айтди  2 12:12"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими?  1 11:44ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши  3 11:21Николич Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги позицияни маълум қилди  8 10:58«Манчестер Юнайтед» Маттейс Де Лигт билан музокараларни бошлади  2 10:31FourFourTwo. Испания тарихидаги энг яхши ҳимоячилар рейтинги тузиб чиқилди  16 10:06Спаллетти: «Италиянинг «Евро»дан чиқиб кетиши одамлар гапираётгандек жуда ваҳимали ҳолат эмас»  15 09:50Копа Америка. Аргентина - Перу 2:0, Мартинесдан дубль, Ди Мариядан ассист  1 09:41«Арсенал» «Барселона» ҳимоячиси бўйича расмий таклиф билан чиқди  2 09:14Дания терма жамоаси устози: «Аҳмоқона қарорлардан чарчадим»  21 08:47Германия — Дания учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  1

LaLiga. Azar penaltidan gol ura olmagan o'yinda "Real"dan yirik g'alaba! Yangiliklar

LaLiga. Azar penaltidan gol ura olmagan o'yinda "Real"dan yirik g'alaba!

LaLiganing 2-turidan o'rin olgan "Selta" - "Real" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Selta – Real Madrid 1:4

21 avgust, 01.00, "Balaidos"

Gollar: Benzema (14-pen), Aspas (23-pen), Modrich (42), Vinisius (56), Valverde (66).

Selta – Marchesin, Malo, Nunes, Aydu, Galan, Tapiya (De La Torre, 87), Servi, Oskar Rodriges (Veyga, 79), Beltran, Aspas, Pasiensiya (Karles Peres, 69).

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Ryudiger, 69), Alaba (Vaskes, 77), Militao, Mendi, Modrich (Sebalos, 77), Tchuameni, Kamavinga (Asensio, 83), Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Azar, 83).

Ogohlantirish: Tapiya (13), Karvaxal (65), Alaba (68), Malo (85).

Celta Vigo

Iago Aspas - 23'

LaLiga . 2-tur

21/08/2022, 01:00

4
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 14', Luka Modric - 41', Vinicius Junior - 56', Federico Valverde - 66'

Stadion: Abanca Balaidos, 15681 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
13'  Renato Tapia
23'  Iago Aspas
69'  Goncalo Paciencia (Carles Perez)
79'  Oscar Rodriguez (Gabriel Veiga)
85'  Hugo Mallo
87'  Renato Tapia (Luca de la Torre)
14'  Karim Benzema
41'  Luka Modric
41'  David Alaba
56'  Vinicius Junior
56'  Luka Modric
65'  Daniel Carvajal
66'  Federico Valverde
66'  Vinicius Junior
68'  David Alaba
69'  Daniel Carvajal (Antonio Ruediger)
77'  David Alaba (Lucas Vazquez)
77'  Luka Modric (Daniel Ceballos)
83'  Eduardo Camavinga (Marco Asensio)
83'  Vinicius Junior (Eden Hazard)
87'  Eden Hazard

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Real" 2-turda yirik g'alabani qo'lga kiritmoqda.

90+4. ZARBAAAA!! Asensio ham qulay imkoniyatdan gol urgisi kelmadi.

90+2. Azarning markazda yo'l qo'ygan qo'pol xatosidan keyin "Selta" hujumga o'tib ketdi. Ammo yakuniy pas noaniq bo'ldi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. DAXSHAAAATTTTT!!! Marchesin avvaliga Azarning penaltisini, keyin esa Benzemaning kuchli zarbasini qaytardi!

85. PENALTI!!!! Yana "Selta" darvozasi tomon. Bu safar Ugo Malo aybdor!

82. Azar maydonga tushdi! Balki oyning eng yaxshi yangiligidir bu)

78. "Real" yana tezkor qarshi hujum uyushtirayotgandi. Ammo "Selta" futbolchilari qaytishga ulgurishdi.

73. UXXXXX!! "Roma"dan o'tgan Karles Peresning zarbasini Ryudiger o'ziga oldi. "Selta" bir necha daqiqalardan buyon raqib yarim maydonida o'ynamoqda.

70. CHuamenining uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

68. UXXXXX!! "Real" beshinchi, Benzema ikkinchi golini urishi mumkin edi. Marchesin bunga yo'l qo'ymadi.

66. GOOOOOOOOOLLLLLL!!! VALVERDEEEEE!!! "Real"dan juda tezkor, klassik qarshi hujum... Va Super yakun!

 ZARBAAAAAA!!! Burchakdan uzatilgan to'pni Aydo boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Kuchli zarba darvoza tepasidan o'tib ketdi.

56. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!! Darvozasi yonidan super pasni qabul qilib olgan Vinisius super tezlik bilan barchadan o'tib ketib, darvozabonni aldab, bo'sh qolgan darvozani nishonga oldi!

53. ZARBAAAAA!! Pasiensiyaning kuchli zarbasi darvozaning yonidan shtib ketdi. Bu vaziyatda Kurtua ham jamoasini qutqarib qola olmasdi.

47. Vinisiusdan yana faollik. U qanotida to'pni egallab olib, jarima maydonchasi ichiga kirdi va o'tkir burchakdan unchalik murakkab bo'lmagan zarba yo'lladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS!

45+2. UXXXXXX!!! Vinisius o'z qanotidan o'qdek himoyachilardan o'tib, darvozaga zarba berishga harakat qildi. Himoyachi so'nggi pallada zarbani qaytarishga ulgurdi.

42. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! SUPEEERRGOOLLLLL!!! MODRICH! SHunchaki Lukadan SHEDEVR!

39. "Real" jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Biroq Valverdening uzatmasi o'ta xato bo'ldi va Kroosdan dakki eshitib ham oldi.

35. PASIENSIYA! Ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqardi. Unga ajoyib uzatma berilgandi. Hujumchining boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

33. "Selta" uzun paslar orqali hujum uyushtirishga, zarba yo'llashga harakat qildi. CHervining kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

29. ZARBAAAAAA!!! "Real" futbolchilari markazda qoida buzildi, deb o'ylab to'xtab qoldi. Natijada Galan to'p bilan oldinga qochib ketdi. Zarba anchagina noaniq.

27. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Vinisiusning qanotdan uzatmasini darvozaga yo'llaydigan "Real" futbolchisi topilmadi.

23. GOOOOOOOLLLLL!!! Aspas penaltidan unumli foydalandi! Penaltidan urilgan tezkor golga shunday tezkor javob!

22. PENALTIIIIII!!! Militao o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi!

20. "Selta" hujumga o'tdi. Tapianing pasini Alaba qaytarib yubordi. 

14. GOOOOOOOOLLLLL!!! Benzema penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi!

13. PENALTI! Bizning hakamlarga o'xshab 3-4 daqiqa ko'rgani yo'q bu hakam. Bordi, taxminan 25-30 soniyada qaror chiqardi.

12. VAR ishga tushdi. Alabaning zarbasidan keyin to'p raqib qo'liga tekkani va extimoliy penalti ko'rilmoqda.

11. Vinisius o'z qanotidan yorib kirib, darvoza tomon kuchli zarba berdi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

8. "Selta" yana standartga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'p CHervi tomon bordi. Yarim himoyachining yo'llagan zarbasi o'xshamadi.

6. O'ng qanotdan Ugo Malo hujumdagi Pasiensiya tomon to'p uzatdi. Biroq zarba noaniq ketdi.

3. "Selta" jarima zarbasiga ega bo'ldi, undan uzatilgan to'pni Kurtua ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Balaidos"ga qaratamiz. Ushbu stadionda amaldagi chempion "Real" mehmon bo'lmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика