LaLiga klubi yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2018, 14:22
"Espanol" rasmiy saytida klubning asosiy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlangani e'lon qilindi.

Endi jamoani 48 yoshli Xoan Franseska Ferrara Siciliya (Rubi) boshqaradi. Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan.

So'nggi mavsum Rubi "Ueska"ni Segundadan LaLigaga olib chiqdi. Ispaniyalik bungacha "Levante", Xixonning "Sporting" klublarida ishlagan.

"Espanol" yakunlangan mavsumda Ispaniya chempionatida 13-o'rinni egalladi. Aprel oyida klub rahbariyati Kike Sanches Flores bilan xayrlashgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: rcdespanyol.com