LaLiga hakamlarni o'yinlarga tayinlash va baholashda boshqacha yo'lga o'tmoqchi
11 apr 23:22
Yangiliklar


LaLiga hakamlarni o'yinlarga tayinlash va baholashda boshqacha yo'lga o'tmoqchi
Ispaniyada hakamlikka endi suniy intellekt baho berishi mumkin.
"As" malumotiga ko'ra, LaLiga va Ispaniya Qirolligi futbol federaciyasi hakamlarga baho beradigan va shunga qarab ularni o'yinlarga tayyorlaydigan dastur imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Bu suniy intellekt dasturi statistikalarga qarab hakamlik bo'yicha har bir o'yinga ikki-uch ideal variant tanlab beradi.
Bu yo'nalish klublar tomonidan yaxshi qabul qilingan. O'z navbatida "Real" buni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
LaLiga vakillari kelasi haftada mutaxassislar bilan bu borada gaplashib ko'radi va kerakli kriteriyalar bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Худди перес хакамлани сотвоганда тепасида турганде