LaLiga hakamlarni o'yinlarga tayinlash va baholashda boshqacha yo'lga o'tmoqchi

Mirjalol Normatov
11 apr 2025, 23:22
Ispaniyada hakamlikka endi sun'iy intellekt baho berishi mumkin.

"As" ma'lumotiga ko'ra, LaLiga va Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi hakamlarga baho beradigan va shunga qarab ularni o'yinlarga tayyorlaydigan dastur imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Bu sun'iy intellekt dasturi statistikalarga qarab hakamlik bo'yicha har bir o'yinga ikki-uch ideal variant tanlab beradi.

Bu yo'nalish klublar tomonidan yaxshi qabul qilingan. O'z navbatida "Real" buni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

LaLiga vakillari kelasi haftada mutaxassislar bilan bu borada gaplashib ko'radi va kerakli kriteriyalar bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As