So’nggi yangiliklar

08:26«Андижон» ёзги йиғиннинг илк назорат учрашувида йирик ғалабани қўлга киритди. Таркибда қандай ўзгаришлар бор?  0 08:00УEФА матбуот хизмати Евро-2024 рамзий терма жамоани эълон қилди  2 07:36Расман: «Рома» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  1 00:55Роналду, Мбаппе ва Гризманн Евро-2024 омадсиз рамзий жамоасидан ўрин олди  6 00:38Мората "Атлетико" билан хайрлашди. Ҳужумчи "Милан"га ўтади  1 00:10Япония терма жамоаси дарвозабони А Серия клубига ўтди  5 23:53Месси тўпиғидан олган жароҳати сабабли "Интер Майами"нинг бир нечта ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  5 23:27Хави Алонсо машғулотни ўтказиб юборгани учун Азмунни жамоадан четлатди  2 23:01Эдерсонни қўлга кирита олмаган "Ал Насср" бошқа бразилиялик дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  3 22:44Испания клублари ва терма жамоаси 2002 йилдан бери йирик турнирлар финалида мағлуб бўлишмади  4 22:26"Манчестер Юнайтед" ва "Лилль" Йоро трансфери бўйича келишувга эришди  4 22:09Англия эркаклар терма жамоасини аёл мураббий бошқариши мумкин  15 21:52Франциянинг барча даврлардаги энг яхши тўпурари терма жамоадаги фаолиятини якунлади  2 21:35"Манчестер Сити" юлдузи Англия таъсиридаги мамлакатни Испанияники деб атади  4 21:18Мбаппе "Реал"да қайси позицияда ўйнамоқчи эканлигини айтди  7

LaLiga. CHempionlik uchun kurashayotgan "Barselona" o'z stadionida mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

LaLiga. CHempionlik uchun kurashayotgan "Barselona" o'z stadionida mag'lubiyatga uchradi

Ispaniya chempionati 33-turidan o'rin olgan navbatdagi bahs yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi - 23'

LaLiga . 33-tur

29/04/2021, 22:00

2
:
1
Tugadi

Granada

Darwin Machis - 63', Jorge Molina - 79'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45'
90'
23'  Lionel Messi
23'  Antoine Griezmann
72'  Oscar Mingueza (Ousmane Dembele)
72'  Ilaix Moriba (Pedri)
81'  Sergio Busquets (Trincao)
20'  Roberto Soldado
43'  Nehuen Perez
61'  Roberto Soldado (Jorge Molina)
61'  Yan Brice Eteki (Maxime Gonalons)
63'  Darwin Machis
76'  Darwin Machis (Adrian Marin)
79'  Jorge Molina
79'  Adrian Marin
86'  Luis Suarez (Fede Vico)
89'  German Sanchez
90'  Adrian Marin



"Barselona" – "Granada" 1:2

"Kamp Nou"

Gollar: 1:0 – 23 Messi, 1:1 – 63 Machis, 1:2 – 79 Molina.

"Barselona" – ter Stegen, Serdji Roberto, Mingesa (Dembele, 72), Umtiti, Alba, Buskets (Trinkau, 81), Moriba (Pedri, 72), de Yong, Pike, Messi, Grizmann.

"Granada" – Eskandel, Fulke, Peres, Dias, Kini, Eteki (Gonalon, 61), Errera, Machis (Marin, 76), Xerman Sanches, Suares (Viko, 86), Soldado (Molina, 61).

Ogohlantirishlar: Soldado (20), Peres (43), Xerman Sanches (89).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. "Barselona" juda og'ir vaziyatda.

81. Buskets o'rniga Trinkau maydonga tushdi. Kuman tavakkalga qo'l urdi.

79. GOOOL! "Granada" hisobda oldinga o'tib ketdi. Nimalar bo'lyapti? Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Molina qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

78. Messining jarimadan yo'llagan to'pi jonli devorga tegib qaytdi, hujumning ikkinchi to'lqini ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi.

77. "Barselona" yaqindagina maydonga tushgan Dembele qanoti orqali hujum tashkil qilishga urinmoqda.

72. O'zgarishlar: Moriba va Mingesa o'rniga Dembele hamda Pedrilar maydonga tushishdi.

69. "Barselona" ustozi endi tribunadan turib telefon orqali assistentiga ko'rsatmalar bermoqda.

66. CHetlatish: "Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman so'zlari uchun chetlatildi. Endi u bahsni tribunadan tomosha qiladi.

63. GOOOL! "Granada" hisobni tenglashtirdi! Darvin Machis "Barselona" himoyachisining xatosidan foydalanib, Ter SHtegen darvozasini ishg'ol qildi.

60. "Barselona" huddi raqib jarima maydonchasi oldida baza qurib olib, raqibni o'qqa tutayotganga o'xshaydi, ammo birinchi golni hisobga olmasak, "Granada" himoya qo'rg'oni yaxshi himoyalanmoqda.

58. "Barselona"ning raqib darvozasi oldida uzoq vaqt tashkil qilgan hujumi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

51. SOLDADO... Roberto qulay vaziyatda zarba berishni o'rniga yana raqiblarni aldashga urindi va to'psiz qoldi.

47. ZARBAAA... Antuan yaqin masofadan "Granada" darvozasini ishg'ol qilishni uddalay olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

43. Sariq kartochka. Messini ochiqchasiga qo'li bilan ushlab qolgan Peres jazolandi.

40. Soldado "Barselona" darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratdi, uning zarbasidan to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

36. ZARBAAAA... Busketsning "qimmatbaho" uzatmasidan so'ng Leo raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqdi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

34. "Granada" futbolchisi to'p uchun kurashda jarohat olgan ko'rinadi.

32. Leo zarba bermadi va jarimani pas orqali boshladi. Serxi Roberto tezda o'ng qanotda ochilib, to'pni markazroqqa uzatdi, ammo to'pga zarba beradigan kataloniyalik topilmadi.

31. "Granada" jarima maydonchasi oldida Messi erda yotibdi, Leo raqibga to'qnashib ketib, labini shikastlab oldi. Bosh hakam esa qoidabuzarlik bo'lganini xushtagi bilan elon qildi.

23. GOOOL! Messi-Grizmann juftligi ajoyib golni yaratishdi. Jarima maydonchasi ichida Messidan to'pni qabul qilgan Antuan darvozaga o'girildida to'pni Leoga qaytardi. Argentinalik forvard esa o'tkir burchakdan qarama-qarshi burchakni nishonga oldi va hisobni ochdi. 

19. ZARBAAA! Messidan to'pni qabul qilgan Grizmann raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun zarba berdi, ammo darvozabon qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

15. O'yin tempi baland emas, Kataloniya jamoasi to'pni o'zida ushlab, kombinacion hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda.

10. Kataloniya klubi dastlabki 10 daqiqa ichida bir marta golli vaziyat yaratdi, ammo mehmonlar so'nggi zarbaga imkon berishmadi.

3. Uchrashuv har doimgidek - "Barselona"ning to'pni o'z nazoratiga olishi bilan boshlandi.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Barselona" – "Granada"

22.00, "Kamp Nou"

"Barselona" – ter Stegen, Serji Roberto, Mingesa, Umtiti, Alba, Buskets, Moriba, de Yong, Pike, Messi, Grizmann.

"Granada" – Eskandel, Fulke, Peres, Dias, Kini, Eteki, Errera, Machis, Xerman Sanches, Suares, Soldado.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика