So’nggi yangiliklar

17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  0 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  0 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  1 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  0 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  6 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  1 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  12 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  1 13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  12 12:03Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди  28 11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  5 11:18Каннаваро: "Янги ўйинчилар иштирок этаётган Дубайдаги йиғин қизғин ўтмоқда"  4

LaLiga. 8-tur yakunlari Yangiliklar

LaLiga. 8-tur yakunlari

Teglar :  LaLiga
O'tgan haftaning oxirida LaLiganing 8-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

Ushbu turning muhim o'yinlari va malumotlari haqida sizga batafsilroq malumot berishga harakat qilamiz.

Sensaciya

Tur sensaciyasi "Mendisorrosa" stadiondi bo'ldi. "Real"ni qabul qilgan "Alaves" butun o'yin davomida dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan "Qirollik klubi" hujumlarini bartaraf etdi va grandga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi. Xulen Lopetegi qo'l ostidagi jamoa 3ta o'yinda gol ura olmayotgandi, to'rtinchisida ham ushbu natija takrorlandi. Bahsning so'nggi soniyalarida "Alaves" Madrid jamoasini jazoladi. Manu Garsiya Tibo Kurtua qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib, o'z jamoasi 3 ochko olishini taminladi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Real" ustozi Xulen Lopetegi "o'rindig'i qimirlab qoldi".


Turning markaziy o'yini

8-turning markaziy o'yini Valensiya shahridagi "Mestalya" stadionida bo'lib o'tdi. 46 mindan ortiq muxlis tashrif buyurgan o'yinda "Valensiya" jahonning eng yirik klublaridan biri "Barselona"ga etarlicha muammo tug'dira oldi. "Ko'rshapalaklar" o'yin boshida hisobni ochib, raqibni shoshirib qo'yishdi. Kataloniya klubi Lionel Messining mahorati evaziga hisobni tenglashtirdi. Mezbonlar darvozasi oldida ko'plab hujumlar tashkil qilgan kataloniyaliklar raqib darvozasini boshqa ishg'ol eta olishmadi. Ernesto Valverdening o'zgarishlari jamoaga foyda keltirmadi. Yakuniy hisob 1:1.


8-tur natijalari


Turnir jadvali


To'purarlar

To'purarlar jadvalida etakchi o'zgardi. 8-tur oldidan ikkinchi bo'lib turgan "Jirona" hujumchisi Kristian Stuani "Eybar"ga qarshi bahsdan so'ng etakchiga aylandi. Stuani raqib darvozasini 2 marta ishg'ol qildi va "Sevilya" hujumchisi Andres Silvadan o'tib ketdi.

1. Kristian Stuani ("Jirona") - 8ta gol
2. Andre Silva ("Sevilya") - 7
3. Lionel Messi ("Barselona") - 6
4. Yago Aspas ("Selta") - 5
5. Vissam Ben Yedder ("Sevilya") - 5


8-tur ramziy terma jamoasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика