So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Yuventus" Rimda mag'lub bo'ldi. "Inter" birinchi o'rinda qoladi Yangiliklar

"Yuventus" Rimda mag'lub bo'ldi. "Inter" birinchi o'rinda qoladi

Teglar :  YuventusLacio
Uchrashuv yakunlandi.

Lacio – Yuventus 3:1 

8 dekabr, 00.45, «Stadio Olimpiko»

Gollar:

0:1 – 25 Ronaldu, 1:1 – 45 Luis Felipe, 2:1 – 74 Milinkovich-Savich, 3:1 – 90 Kaysedo.

Lacio – Strakosha, Luis Felipe, Radu, Acherbi, Laccari, Lulich, Milinkovich-Savich (Kaysedo, 90), Leyva, Luis Alberto (Parolo, 75), Korrea, Immobile (Kataldi, 85).

Yuventus – SHchensny, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Matyuidi, Kuadrado, Bentankur (Djan, 41), Pyanich, Bernardeski (Danilo, 71), Ronaldu, Dibala (Iguain, 79).

Ogohlantirishlar:

Luis Alberto (6), Pyanich (11), Dibala (37), Laccari (63), SHchensny (77), Leyva (86), Kaysedo (90).

CHetlatish:

Kuadrado (69).

Lazio

Luiz Felipe - 45', Sergej Milinkovic-Savic - 74', Felipe Caicedo - 90'

Serie A . 15-tur

08/12/2019, 00:45

1
:
3
Tugadi

Juventus

Cristiano Ronaldo - 25'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 60000 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Fabbri

45'
90'
6'  Luis Alberto
45'  Luiz Felipe
45'  Luis Alberto
63'  Manuel Lazzari
74'  Sergej Milinkovic-Savic
74'  Luis Alberto
76'  Luis Alberto (Marco Parolo)
79'  Ciro Immobile
85'  Ciro Immobile (Danilo Cataldi)
86'  Lucas Leiva
90'  Sergej Milinkovic-Savic (Felipe Caicedo)
90'  Felipe Caicedo
90'  Felipe Caicedo
11'  Miralem Pjanic
25'  Cristiano Ronaldo
25'  Rodrigo Bentancur
37'  Paulo Dybala
40'  Rodrigo Bentancur (Emre Can)
68'  Juan Cuadrado
69'  Juan Cuadrado
71'  Federico Bernardeschi (Danilo)
77'  Wojciech Szczesny
79'  Paulo Dybala (Gonzalo Higuain)





Uchrashuv yakunlandi. "Yuventus" ikkinchi o'rinda qoladi. "Lacio" esa ochkolari sonini 33 taga etkazib olgani holda jadvaldagi 3-o'rinni mustahkamladi.

90+5. Uchrashuv taqdiri hal bo'ldi. "Yuventus" "Lacio"ning qarshi hujumini o'tkazib yubordi. Filippe Kaysedo o'zining mavsumdagi 3-golini kiritdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

85. Biroz avval penaltini golga aylantirolmagan Immobile zahiraga olindi.

79. Daxshat! SHesniy o'z aybini yuvdi. U chempionatning eng yaxshi to'purari tomonidan berilgan ketma-ket 2 zarbani qaytardi!

77. Xoakin Korrea darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, uni aldadi. Ammo SHesniy qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. Penalti!

74. Goooooool! "Lacio"  hisobda oldinga chiqib oldi. Sergey Milinkovich-Savich Luis Alberto maydon markazidan uzatib bergan to'pni qoyilmaqom tarzda to'xtatdi va raqib darvozasini ishg'ol qildi.

70. Bernardeski o'rniga Danilo maydonga tushirildi. U bo'shab qolgan o'ng qanot himoyasini yopadi.

69.Yo'q! VAR tizimi ishga tushdi. Kolumbiyalik futbolchi o'yindan chetlashtiriladi. "Yuvenius" 20 daqiqadan sal ko'proq vaqt davomida bir kishi kam bo'lib harakatlanadi.

68. Birga bir vaziyatga qochib ketishi mumkin bo'lgan Imobileni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgan Kuadrado sariq kartochka bilan jazolandi.

65. "Lacio" darvozabonining xatosi sal qolsa, jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi. Ammo dibalaning zarbasini Strakoshaning o'zi bartaraf qildi.

64. Qo'polliklar davom etadi. "Yuventus"da navbatdagi standart vaziyat.

Dibala doimgidek etibor markazida:

58. Aniq harbalar bo'yicha hisob - 10-4. "Lacio" foydasiga.

55. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Mikael Fabri o'zini "Olimpiko"damas, "Kolizey"dagi gladiatorlar jangida yurgandek his qilyapti yoki cho'ntagida kartochkalar borligi yodida emas.

49. Paulo Dibala bugungi uchrashuvda ikkinchi bor burchakdan darvozani ishg'ol qilishga urinib ko'rmoqda. Aftidan, argentinalik futbolchi Mirjamol Qosimovning shu uslubdagi golini tomosha qilib, ilhomlangan. Nimayam deymiz, hammagayammas!

48. Luis Alberto uzoq masofadan "Yuventus" darvozabonining hushyorligini sinab ko'rdi. Polshalik darvozabon o'z o'rnida.

46. Ikkinchi bo'limni "keksa sinora" futbolchilari boshlab berishdi.

- Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berilgan. 

45. Gooooool! Hisob 1:1. Luis Alberto etkazib bergan to'pni rimliklar futbolchisi Luis Felipe SHesniy darvozasiga boshi bilan kiritdi.

42. Bentankur raqib darvozabonini ham aldab o'tdi, burchak o'tkirlashib ketgani tufaylito'pni jarima maydonchasi markaziga etkazib berdi. Ronalduni dublni rasmiylashtirishdan Strakosha mahrum qildi. U to'pni darvoza chizig'i ustidan qaytarib yubordi.

40. Bentankur o'yinni davom ettirolmaydi. Uning o'rniga 23-raqamli Emre Jan harakatlanadi.

39. Hozirgina jabrlanuvchi rolida bo'lgan Radu uzoq masofadan zarba yo'llab, burchak zarbasi ishlab oldi.

Keyingi epizodda esa raqib futbolchisi Stefan Raduga nisbatan juda qo'pol o'yin namoyish qilgan Dibala ogohlantirildi.

37. "Yuventus" futbolchisi Rodrigo Bentankur jarohat olgan, shekilli.

33. To'p qarshisida Luis Alberto. Ammo uning zarbasi juda va juda noaniq chiqdi. 

32. "Lacio" xavfli standartga ega bo'ldi. SHundoqqina jarima maydonchasi chizig'ining ustidan zarbani amalga oshirishadi rimliklar. 

28. A Seriya to'purari CHiro Imobile raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, penalti so'radi. Ammo bosh hakam unga yiqilganini, yiqitilmaganini tushuntirdi.

25. Goooooool! Krishtianu Ronaldu o'zining mavsumdagi 7-golini kiritdi. Hisob - 0:1.

Maydondagi kurash: 

15. "Yuventus" tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ronaldu etkazib bergan to'pni Bernardeski boshi bilan bo'sh qolgan darvozaga to'g'rilab qo'yolmadi.

11. Yana bir xavfli vaziyat. Dibala burchak to'pini golga aylantirishiga bir  bahiya qoldi.

10. Dibala o'yinda hisobni ochishi mumkin edi. Ammo darvozabon Strakoshaning mahorati rimliklarni qutqarib qoldi.

5.Birinchi xavfli hujum "Lacio"dan. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi.

1. Uchrashuv boshlandi. O'yinni "Lacio"  futbolchilari boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"Yuventus"ning o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlari davom etmoqda.

Assalomu alaykum, hurmatli saytimiz kuzatuvchilari. Italiya chempionati 15-turidan o'rin olgan "Lacio" hamda "Yuventus" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham ushbu o'yin haqidagi fikrlaringizni biz bilan o'rtoqlashing va sevimli jamoangizni qo'llab quvvatlang. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика