"Lacio" ispaniyalik futbolchini nishonga oldi
29 iyu 2021 18:01
Yangiliklar
"Lacio" ispaniyalik futbolchini nishonga oldi
"Benfika" himoyachisi Alexandro Grimaldo Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga Rimning "Lacio" klubi qiziqish bildirmqoda. Italyan klubi 25 yoshli ispaniyalik futbolchi borasida muzokaralarga ham kirishdi.
Og'ir moliyaviy holatni boshdan kechirayotgan "Benfika" Alexandro bilan 20 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Grimaldo 2016 yilning yanvaridan beri "burgutlar" sharafini himoya qiladi. Himoyachining shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta go lva 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar