"Lacio" Grifo bilan shartnoma imzolashi mumkin
19 iyu 2020 23:04
Yangiliklar
"Lacio" Grifo bilan shartnoma imzolashi mumkin
Rimning "Lacio" klubi "Frayburg"ning hujumkor yarim himoyachisi Vinchenco Grifoni xarid qilishi kutilmoqda.
Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar qildi. Futbolchining o'zi ham A Seriyaga qaytishga qarshi emas. 27 yoshli xavbek Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchiniga o'zini ko'rsatmoqchi.
Malumot uchun, Grifo "Frayburg" safiga 2019 yilning kuzida "Xoffenxaym"dan (7 mln evro) kelib qo'shilgandi.
Fikrlar