So’nggi yangiliklar

18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  0 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   1 18:18U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23 (матнли трансляция)  5 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  3 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  3 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1

"La Masiya"ning siz bilmaydigan 5 tarbiyalanuvchisi Yangiliklar

"La Masiya"ning siz bilmaydigan 5 tarbiyalanuvchisi

Ayni damda jahonning eng mashhur va eng muvaffaqiyatli akademiyalaridan biri bo'lgan "La Masiya" tarbiyalanuvchilari Evropaning turli klublarida to'p tepishmoqda.

Bugun "La Masiya"ning siz bilmaydigan 5 nafar tarbiyalanuvchisini sizga tanishtiramiz.


Xordi Gomes (Sanderlend)


Xordi Gomes asli kataloniyalik bo'lib, uning ilk futbol maktabi "Barselona" akademiyasi bo'lgan. U 2007 yilgacha "Barsa"ning turli jamoalarida o'ynagan va keyin Barselona shahrining yana bir klubi "Espanol"ga o'tadi. Xordi Gomes 2008-2009 mavsumda "Suonsi" safida 44ta o'yinda 12ta gol uradi va "Uigan" keyingi mavsumda uni o'z safiga qo'shib oladi. O'tgan yil "Sanderlend"ga o'tgan Gomes bu mavsumda Premer-liganing bor-yo'g'i 4ta uchrashuvida maydonga tushdi va hozircha gol urishgamuvaffaq bo'lgani yo'q.




Pepe Reyna (Napoli)


"Vilyarreal" va "Liverpul"da tanilgan ispaniyalik mashhur darvozabon Pepe Reyna "La Masiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Reyna 14 yil davomida "Barselona"ning turli yoshdagi jamoalarida maydonga tushgan. Ayni damda posbon "Napoli" sharafini himoya qilmoqda.




Ektor Belerin (Arsenal)


Ektor Belerinning "Arsenal"dagi muvaffaqiyatlarida "La Masiya"ning xissasi katta desak adashmagan bo'lamiz. CHunki u 8 yoshidan "Barselona" akademiyasida futbol bilan shug'ullana boshlaydi. Uning akademiyada o'tkazgan 8 yili Belerin faoliyatida katta "musbat" bo'ladi. 2013 yilda "Arsenal" ushbu futbolchini o'z safiga qo'shib oladi. O'tgan mavsumda Ektor Premer-ligada eng tezkor hisoblangan Teo Uolkottdan ham tezroq yugura olishini isbotlaydi.




Mikel Arteta (Arsenal)


PSJ, "Real Sosedad", "Renjers", "Everton" kabi klublarda o'ynagan va hozirda "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Mikel Arteta ham jahonning mashhur akademiyalaridan biri bo'lgan "La Masiya" tarbiyalanuvchisi. 5 yil davomida "Barselona"ning turli yosh toifasidagi jamoalarida maydonga tushgan Mikel Arteta klubning asosiy jamoasida birorta ham o'yinda ishtirok etmagan. Artetani ko'pchilik Krishtianu Ronaldudan ham kuchliroq futbolchi bo'lib etishishini tahmin qilgan edi.




Mauro Ikardi (Inter)


"Sampdoriya"da professional faoliyatini boshlagan Ikardi "Inter"da A Seriyaning yulduziga aylandi. Ikardi turli akademiyalarda tahsil olgan va bu ro'yxatda "La Masiya" ham bor. Futbol mutaxassislari ushbu futbolchi kelajakda jahon futboli yulduzi bo'lishini tahmin qilishmoqda.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика