La Liganing may oyidagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
29 may 2021 09:07
Yangiliklar
La Liganing may oyidagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatining may oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Bu haqda La Liga rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Oblak "Atletiko" tarkibida La Ligada may oyida 5ta o'yin o'tkazdi. Sloveniyalik posbon 2ta o'yinda o'z darvozasidan to'p o'tkazmadi, qolgan 3ta o'yinda esa uning darvozasiga 1tadan gol urildi. "Matraschilar" ushbu 5 o'yinda 4ta g'alabaga erishdi va 1ta durang o'ynadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" 2013/14 yilgi mavsumdan so'ng o'z tarixida 11-bor chempion bo'ldi. Diego Simeone jamoasi yakuniy jadvalda "Real"dan 2 ochkoga o'tib ketdi.
Yan Oblak esa 2014 yilning yozidan beri "Atletiko" sharafini himoya qiladi.
Fikrlar