So’nggi yangiliklar

22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  17 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  6 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  5 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  1 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  2 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  2 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  8 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  16 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  9 15:23Мессидан автограф олган ҳакам жазоланди  12

La Ligada kutilayotgan inqilob haqida Yangiliklar

La Ligada kutilayotgan inqilob haqida

Bugun ispan futboli haqida suhbatlashamiz.

Krishtianu Ronaldu 2018 yilda A Seriyaga ko'chib o'tishi bilan ispan futbolining qitadagi gegemonligi yakuniga etdi. O'sish faqat raqobatli muhitda sodir bo'lishi yana bir marta o'z isbotini topdi. So'nggi 2 yilda ispan grandlarining CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki, "Real" va "Barsa"ning "Ayaks", "SHaxtyor", "Borussiya Myonxengladbax" singari o'rtamiyona klublar qarshisida "qaltirab qolayotgani" ahvolning jiddiyligidan darak bermoqda.

Istaysizmi-yo'qmi, ispan futbolining asl kuchi "Real" va "Barsa"ning holatiga, ichki chempionatdagi o'zaro raqobatiga bog'liq. "Atletiko"ning bugungi liderligi esa ko'proq ushbu 2 klubning kuchsizlanishi tufaylidir. Xullas, Pireney futbolidagi "cho'kish" illyuziya emas.

SHu o'rinda kishining xayoliga tarix isbotlagan boshqa bir haqiqat keladi: "Inqiloblar asosan inqirozlar zamonida ro'y beradi". Demak, Ispaniya chempionatidagi navbatdagi revolyuciya yaqin. 

Sizningcha bu o'zgarish nimaning hisobiga ro'y beradi, Peres superyulduzlarni transfer qilishi yoki "yangi Messi" paydo bo'lishi sabablimi? O'ylashimcha, ispan futbolining ertasi ko'proq moziy yulduzlarining nomi bilan bog'liq bo'ladi. 

Madridning haqiqiy qiroli

"Real"ning har bir muvaffaqiyatsiz o'yinidan keyin Zidanning o'rniga davogarlar ro'yxati elon qilinmoqda. Ular orasidan haqiqatga eng yaqini Raul Gonsales varianti hisoblanadi. 

Birinchidan, u allaqachon klubning ramziga aylanib ulgurgan. "Real"ni jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchidan yaxshiroq biladigan boshqasi bo'lmasa kerak. 

Ikkinchidan, bolalar futbolida tajriba orttirgan Raul 2019 yilda "qirollik klubi"ning yoshlar jamoasida ish boshladi va birinchi mavsumidayoq Florentino Peres manziliga "salom yo'lladi" (uning jamoasi yoshlar o'rtasida o'tkazilgan CHempionlar Ligasida zafar quchdi).

Uchinchidan, jamoa rahbariyatining o'zi ham so'nggi yillarda shunday uslubni tanlamoqda. "Real"ning so'nngi 3 murabbiyi aynan "Kastilya"da tajriba orttirgan mutaxassislar hisoblanishadi.

To'rtinchidan, rahbariyatning transfer siyosati o'zgarganiga ancha bo'ldi. Peres va uning atrofidagilar superyulduzlar uchun katta mablag' sarflash o'rniga, potenciali bor vunderkindlarga etibor qaratyapti. Zizuga esa tayyor futbolchilar kerak, u shu tufayli rahbariyat bilan ziddiyatga borgani haqidagi xabarlarni o'qidingiz. Raul esa yoshlar bilan ishlash salohiyatini o'tgan mavsumda ko'rsatib berdi.

SHunday ekan, agar Zidanning "Real"i navbatdagi bor bahor havosini sezishi bilan uyg'onib, "shalpangquloq kubok"ni yutmasa, mavsum oxirida Madridning haqiqiy qiroli katta sahnaga qaytishi mumkin.

"Adashgan o'g'ilning qaytishi"

"Barselona"dagi holat ham o'xshash. Birinchi davra yakunida peshqadam — "Atletiko"dan 13 ochko kam jamg'argan Ronald Kuman muammoli o'yinlari bilan uzoqqa bormaydi. Uning o'rnini katta ehtimol bilan Qatar yulduzlar ligasida adashib yurgan Xavi egallaydi. U o'z darajasiga mos bo'lmagan chempionatda etarlicha ishlab ham, "ko'k-anorranglilar" taklifini rad etib ham bo'ldi. Bundan oshig'ini kataloniyalik muxlislar kechira olishmaydi... 

Kuman ham "Barsa"ning sobiq o'yinchisi edi, Xavi Ernandesning undan ustun jihati nimada? Gap shundaki, u klubning qon-qoniga singib ketgan "tiki-taka"ni eng mukammal darajada egallagan 2 o'yinchidan biri edi. Xavi 22 yillik futbolchilik faoliyati davomida orttirgan tajribasini murabbiylik salohiyati bilan umumlashtirib, klubni oldingi darajasiga qaytarishi mumkin. Malumot uchun, u boshchilik qilayotgan "Al Sadd" Qatar chempionatining 15-turidan keyin 2-o'rindagi "Al Duxayl"dan 13 ochko oldinda boryapti. Uning doxaliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. SHundan keyin "Adashgan o'g'il" Kataloniyaga qaytsa kerak.

Tasavvur qiling, "El Klasiko" yana Xavi-Raul to'qnashuviga aylanadi. Bir avlodning ikki vakili endi maydonda yugurib emas, zahira o'rindig'ida o'tirgani holda g'oyalar, qarashlar vositasida kurashishlari mumkin. Pireney futbolini avvalgi darajasiga qaytara olsa, shu ikkisi qaytaradi. 

Voqealar rivojini birga kuzatamiz. Championat.asia'ni kuzatishda davom eting!

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика