So’nggi yangiliklar

00:55Роналду, Мбаппе ва Гризманн Евро-2024 омадсиз рамзий жамоасидан ўрин олди  3 00:38Мората "Атлетико" билан хайрлашди. Ҳужумчи "Милан"га ўтади  0 00:10Япония терма жамоаси дарвозабони А Серия клубига ўтди  3 23:53Месси тўпиғидан олган жароҳати сабабли "Интер Майами"нинг бир нечта ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  4 23:27Хави Алонсо машғулотни ўтказиб юборгани учун Азмунни жамоадан четлатди  1 23:01Эдерсонни қўлга кирита олмаган "Ал Насср" бошқа бразилиялик дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 22:44Испания клублари ва терма жамоаси 2002 йилдан бери йирик турнирлар финалида мағлуб бўлишмади  2 22:26"Манчестер Юнайтед" ва "Лилль" Йоро трансфери бўйича келишувга эришди  2 22:09Англия эркаклар терма жамоасини аёл мураббий бошқариши мумкин  13 21:52Франциянинг барча даврлардаги энг яхши тўпурари терма жамоадаги фаолиятини якунлади  1 21:35"Манчестер Сити" юлдузи Англия таъсиридаги мамлакатни Испанияники деб атади  2 21:18Мбаппе "Реал"да қайси позицияда ўйнамоқчи эканлигини айтди  7 20:51Англия терма жамоасига АПЛда ишлаган мураббийлар номзоди кўриб чиқилмоқда  9 20:24Марказий Осиё. Биринчи даврадан кейин чемпионатларда вазият қандай?  6 20:00"Ал Иттиҳод" Франция терма жамоаси аъзосини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

La Liga. "Real Madrid" yana ochko yo'qotdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" yana ochko yo'qotdi

Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

Vilyarreal – Real Madrid 1:1
21 noyabr, "Estadio de la Seramika" stadioni

Gollar: 0:1 – 2 Mariano Dias, 1:1 – 76, penalti Jerar Moreno.

"Vilyarreal" – Asenxo, Albiol, Pau Torres, Mario Gaspar (Penya, 89), Pedrasa (Pino, 61), Trigeros (Estupinyan, 61), Parexo, Iborra, Moyses Gomes (Kubo, 89), Bakka (CHukvueze, 61), Jerar Moreno.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Karvaxal, Edegor (Isko, 65), Kroos, Vaskes, Modrich, Azar (Vinisius Junior, 65), Mariano Dias (Asensio, 85).

Ogohlantirishlar: Nacho (68), Pino (90), Kroos (90).

Villarreal

Gerard Moreno - 76'

LaLiga . 10-tur

21/11/2020, 19:15

1
:
1
Tugadi

Real Madrid

Mariano Diaz - 2'

Stadion: Estadio de la Ceramica, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
61'  Carlos Bacca (Samuel Chukwueze)
61'  Alfonso Pedraza (Pervis Estupinan)
61'  Manuel Trigueros (Yeremi Pino)
76'  Gerard Moreno
89'  Mario Gaspar (Ruben Pena)
89'  Moi Gomez (Takefusa Kubo)
90'  Yeremi Pino
2'  Mariano Diaz
2'  Daniel Carvajal
65'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
65'  Martin Oedegaard (Isco)
68'  Nacho Fernandez
85'  Mariano Diaz (Marco Asensio)
90'  Toni Kroos


La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va uchrashuv durang bilan yakunlandi. Kim ochko yo'qotdiyu, kim ishlab oldi, degan savolga har kimning javobi turlicha bo'lsa ajab emas. Nima bo'lganda ham bu o'yindan keyin Zidanga savollar yanada ko'paygan bo'lsa ajabmas.  

Uzatmadan keyin Varan to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

90+3-daqiqa. Qarshi hujumga qochib ketishi mumkin bo'lgan Take Kuboni Toni Kroos qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va sariq kartochka ishlab oldi. 

90+2-daqiqa. "Vilyarreal" g'alabani ilib ketishi mumkin edi, CHukvueze va Kuboning urinishlari samara keltirmadi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqa. "Vilyarreal" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

87-daqiqa. Turgan gapki "Real Madrid"ga bugungi o'yinda uch ochko kerak. Jamoa yutayotgan bellashuvida bor yo'g'i bir ochko bilan cheklanishni xohlamayapti. Ammo bu vaziyatda "Vilyarreal"da qarshi hujum uchun katta bo'sh zonalar vujudga kelishi ham mumkinligini unutmaslik lozim.  

85-daqiqa. Mariano Dias o'rniga Marko Asensio o'yinga qo'shildi. 

83-daqiqa. Unai Emeri shogirdlari raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga harakat qilishmoqda. Hozir ular burchak to'pi ishlab olishdi. 

82-daqiqa. Markazda Luka Modrich raqib bilan to'qnashib yiqilib tushdi, hakam qoida buzilmadi deb hisobladi va mezbonlarning xavfli hujumini Varan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.    

80-daqiqa. "Real" avvaliga chap qanotdan, keyin esa o'ng qanotdan jarima maydoniga kirishga urindi, lekin hozircha buni uddalay olmadi. 

So'nggi daqiqalar endi yanada qiziqarli bo'lishi turgan gap!

Ana bo'lmasam, "Real" minimal hisobni ushlab qolishga harakat qilgani uchun jazolandi.   

76-daqiqa. GOOOOOL! Xerar Moreno zarbani amalga oshiradi. ZARBAA va hisob tenglashdi!

75-daqiqa. PENALTIII! Kurtua jarima maydoniga katta tezlikda kirib kelgan CHukvuezega nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi!

73-daqiqa. Lukas Vaskes tezkor hujumni zarba bilan yakunladi, darvozabondan seyv va burchak to'pi. Standart vaziyatdan "Qirollik klubi" hech bir naf chiqara olmadi.  

Takroriy lavhada ko'rindiki, Dani qo'llarini imkon qadar ortiga "yashirgan" va penalti borasida hech qanday gap-so'zga o'rin yo'q.  

71-daqiqa. Keyingi hujum, keyingi harakat. Yana mezbonlar chap qanoti faollik ko'rsatdi. Uzatmadan keyin "Vilyarreal" futbolchilari to'p Karvaxalning qo'liga tekkani borasida shikoyat qilishga shoshishdi, lekin hakam o'yinni davom ettirishni so'radi.  

70-daqiqa. Navbatdagi vaziyat. Estupinyan chap qanotdan oldinga o'tib to'pni Dani Parexo tomon yo'lladi, tajribali futbolchining zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Agar to'p darvozaga aniq borganida Kurutua ham tomoshabin rolida qolgandi.    

Kurtua jarimadan uzatib berilgan to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin unga himoyachilar yordamga keldi va xavf bartaraf etildi.  

68-daqiqa. Jiddiy to'qnashuv mezbonlar sardori Mario Gaspar va Nacho to'p uchun kurashda bir-birlarini ayab o'tirishmadi. "Real" himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatildi.  

66-daqiqa. Xerar Moreno birga-bir vaziyatga chiqib ketishga yaqin keldi, lekin Tibo chaqqonlik ko'rsatib, to'pni qaytarib yubordi. Qo'shimchasiga yon hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.  

Ularning o'rniga Isko va Vinisius maydonga tushirildi.  

65-daqiqa. Azar va Edegor uchun bugungi bellashuv yakunlandi.  

Isko maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

62-daqiqa. Ikkinchi bo'limning o'rtalariga kelib, mezbonlar tobora to'pga ko'proq egalik qilayotgandek va raqibni jarima maydoniga yaqinroq o'ynashga majburlamoqda.  

59-daqiqa. "Vilyarreal" katta kuch bilan oldinga o'tgandi, lekin Karvaxal to'pni raqibidan olib qo'ydi va Modrichga etkazdi, xorvatiyalik futbolchi esa sovuqqonlik namoyish etib, jarima maydonini to'p bilan aylanib, yo'l-yo'lakay raqiblarini aldab chiqdi.

57-daqiqa. Toni Kroos to'pni o'yinga kiritishda, uzatmani amalga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va sal qolsa, raqib hisobni tenglashtirishi mumkin edi. So'nggi zarbaga biroz aniqlik etishmadi.  

55-daqiqa. Martin Edegor jarima maydoniga yaqinlashib bordi va zarba yo'lladi, ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

53-daqiqa. Maydon markazida Toni Kroosga nisbatan qo'pollik ishlatildi.   

50-daqiqa. "Real Madrid" ikkinchi bo'lim avvalida faolroq va raqibni to'psiz qoldirishga urinmoqda.  

49-daqiqa. Lukas Vaskes qulay vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

47-daqiqa. "Vilyarreal" o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin ish zarbagacha etib bormadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1-daqiqa. "Vilyarreal" bo'limdagi oxirgi hujumni uyushtirdi, ammo Varan va sheriklari to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lishdi hamda shu pallada bosh hakamning hushtagi chalindi. Tanaffus va biz ham biroz dam olamiz. 

Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi! 

45-daqiqa. Mariano Dias to'p uchun kurashda Raul Albiolga nisbatan qo'pol o'ynadi. Himoyachi hakamdan raqibi uchun sariq kartochka so'ramoqda. 

43-daqiqa. To'pni qabul qilib oldinga katta tezlikda o'tib ketmoqchi bo'lgan Eden Azar qoida buzish evaziga to'xtatildi. 

To'pga egalik qilish borasida ko'rsatkich 51%-49% mezbonlar foydasiga. 

39-daqiqa. Rafael Varan imoyadan chiqib ketayotgan raqibni va qarshi hujumni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. 

Bu vaziyatda "Vilyarreal" azolaridan biri yana sirpanib, yiqilib tushganiga etibor qaratish lozim. Sababi mehmonlar himoyachilari o'tgan vaqt davomida kamida 3 bor shunday muammoga duch kelishdi.  

35-daqiqa. Mariano Dias yana faollik ko'rsatdi. Futbolchi qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib bordi va to'pni Vaskesga etkazdi, ispaniyalik futbolchining zarbasidan keyin to'p himoyachining oyog'iga tegib, yana dominikanlikka kelib tushgandi, biroq... Forvard o'yindan tashqari holatda turgandi.    

33-daqiqa. Sobiq "realchi" Raul Albiolning uzatmasidan keyin Karlos Bakka to'pga qanchalar intilmasin, Kurtua qo'llari bilan uni egallab oldi.   

31-daqiqa. Toni Kroosning uzatmasidan keyin Dani Karvaxal qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, ammo uzatma ko'ngildagidek chiqmadi. 

29-daqiqa. Odatda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan futbolchilar bugun Zidanga o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishlari zarur. Va ular astoydil bunga harakat qilishmoqda. Har bir futbolchi o'z texnikasi va ustun jihatlarini amalda qo'llashga urinmoqda. 

28-daqiqa. Yana "Vilyarreal" futbolchilari qanotdan to'pni jarima maydoniga etkazishga urinib ko'rishdi, bu safar Tibo Kurtua faol o'ynab, uni egallab oldi.  

26-daqiqa. Aynan Mendi endi hujumda tezligini namoyish qildi va sal qolsa yana bir xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

25-daqiqa. Yana "Real Madrid" markaziy himoyachilari zonasidan zarba yo'llandi. Manu Trigerosga oxirgi pallada Ferlan Mendi biroz halaqit qilib ulgurdi va burchak to'pi.   

23-daqiqa. Karvaxal to'pga o'ynagan bo'lsada, xavfli harakat qilgani sabab jarima zarbasi belgilandi. 

20-daqiqa. Kurtua darvozasi oldidagi dastlabki biroz jiddiyroq vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Dani Parexo kutilmaganda jarima maydoni markaziga yorib kirdi va qanotdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berdi, noaniq. 

19-daqiqa. "Real Madrid" to'psiz ham yaxshi harakat qilyapti va raqibga bo'sh zonalar qoldirmayapti. 

18-daqiqa. Raqibdan to'pni olib qo'ygan "qaymoqranglilar" texnik imkoniyatlarini ishga solib, juda chiroyli tarzda pressingdan chiqib ketishdi.  

17-daqiqa. Varan raqibi Karlos Bakkani oxirgacha taqib qildi va endi mezbonlar burchak to'pini amalga oshiradi. Standartdan naf chiqara olishmadi.  

15-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda Azarga nisbatan qoida buzildi. Mezbonlar bunday qarordan noroziliklarini yashirib o'tirishmayapti.  

14-daqiqa. "Vilyarreal" futbolchilari hozircha raqib himoyasini yorib o'tishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. 

12-daqiqa. Mezbonlarning navbatdagi urinishi samara keltirmadi. 

11-daqiqa. Mendi avvaliga to'pni oldirib qo'ydi, lekin darhol uni qaytarishga muvaffaq bo'lgandi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilganini etirof etdi.   

9-daqiqa. Bir lahza tin olgan mehmonlar yana to'pni o'z nazoratlariga olishga harakat qilishmoqda. Hozircha o'ng qanot faolroqdek tasavvur uyg'otmoqda. 

Qiziq, endi "Vilyarreal" qanday o'yin ko'rsatarkin? 

O'zi shu Mariano Diasda bir gap bor. Dominikanlik futbolchi kamdan-kam maydonga tushiriladi, lekin imkoniyat berilganda, sanoqli daqiqalardayoq gol urib qo'yadi. Tasodifmikin?

Mezbonlar hakamga arz qilishdi va o'yindan tashqari holat bo'lganini va golni bekor qilishni so'rashdi, lekin "VAR"dagilarning fikri boshqacharoq bo'ldi.  

2-daqiqa. GOOOOOOOL! Birinchi hujumdayoq "Real Madrid" futbolchilari hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Mariano Dias bosh bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi.  

Bugun madridliklar qora rangli libosda harakat qiladilar, "Vilyarreal" vakillari esa odatiy sariq rangli liboslarda o'ynashadi.  

O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 

Bugun mana shu ikki yigit katta sahnaga chiqishini "qaymorqanglilar"ning ko'pchilik muxlislari kutmoqda. 

"Qirollik klubi" "zaxira o'rindig'i". Ha, bugun Asensio ham zaxirada qoldirildi. Isko va braziliyaliklar telefoni bilan band bo'lsa, "Championat.asia"ning bazi o'quvchilari CHustning maydonga tushishini kutishmoqda.   

Yana bir necha daqiqalardan so'ng La Ligada turning markaziy uchrashuvi boshlanadi, derdik agar... Bir necha soatdan keyin Madridda bo'lib o'tadigan "Atletiko" - "Barselona" bellashuvi bo'lmaganida.   

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Vilyarreal" – "Real Madrid"

20.15, "Estadio de la Seramika"

"Vilyarreal" – Asenxo, Albiol, Pau Torres, Mario Gaspar, Pedrasa, Trigeros, Parexo, Iborra, Moyses Gomes, Bakka, Jerar Moreno.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Karvaxal, Edegor, Kroos, Vaskes, Modrich, Azar, Mariano Dias.

YANGILASH


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика