La Liga. Suares turnirdagi 158-golini urdi. Faqat 4 kishi undan yaxshiroq natijaga erishgan
31 jan 2021 23:03
Yangiliklar


La Liga. Suares turnirdagi 158-golini urdi. Faqat 4 kishi undan yaxshiroq natijaga erishgan
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati 21-turi doirasidagi "Kadis" (4:2) bilan o'yinda dublga erishdi.
Urugvaylik futbolchining La Ligadagi gollari soni 158 taga etdi. XXI asrda faqat 4 kishi Suaresdan yaxshiroq natija qayd etgan: Lionel Messi (453), Krishtianu Ronaldu (311), David Vilya (184) va Karim Benzema (179). "Atletik Bilbao"ning sobiq futbolchisi Aric Aduris ham Ispaniya chempionati bahslarida 158 ta gol urishni uddalagan.
Malumot uchun, 34 yoshli Suares La Ligaga 2014 yilning yozida ko'chib o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar