So’nggi yangiliklar

01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  1 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1

La Liga. Dramatik uchrashuvda "Real" "Sevilya"ni tiz cho'ktirdi Yangiliklar

La Liga. Dramatik uchrashuvda "Real" "Sevilya"ni tiz cho'ktirdi

La Liga 32-turidan o'rin olgan "Sevilya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Sevilya" – "Real Madrid"
"Ramon Sanches Pisxuan" o'yingohi
Gollar
: 1:0 – 21 Rakitich, 2:0 – 25 Lamela, 2:1 – 50 Rodrigo, 2:2 – 82 Nacho, 2:3 – 90 Benzema.

"Sevilya" – Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Akunya (Gudel, 62), Rakitich, Gomes (Oliver Torres, 46), Lamela (Okampos, 72), Jordan, Korona (Augustinsson, 62), Marsyal (Rafa Mir, 41).

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Karvaxal, Modrich (Asensio, 81), Kroos, Kamavinga (Rodrigo, 46), Vaskes (Nacho, 81), Valverde, Benzema (Mariano Dias, 90), Vinisius Junior.

Ogohlantirish: Kamavinga (31), Marsyal (39), Nacho (78), Diego Karlos (80), Oliver Torres (83), Mariano Dias (90), Kroos (90).


Sevilla

Ivan Rakitic - 21', Erik Lamela - 25'

LaLiga . 32-tur

18/04/2022, 00:00

3
:
2
Tugadi

Real Madrid

Rodrygo - 50', Nacho Fernandez - 82', Karim Benzema - 90'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 40629 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
21'  Ivan Rakitic
25'  Erik Lamela
25'  Jesus Corona
39'  Anthony Martial
41'  Anthony Martial (Rafa Mir)
46'  Alejandro Gomez (Oliver Torres)
62'  Marcos Acuna (Nemanja Gudelj)
62'  Jesus Corona (Ludwig Augustinsson)
72'  Erik Lamela (Lucas Ocampos)
80'  Diego Carlos
83'  Oliver Torres
31'  Eduardo Camavinga
46'  Eduardo Camavinga (Rodrygo)
50'  Rodrygo
50'  Daniel Carvajal
78'  Nacho Fernandez
81'  Luka Modric (Marco Asensio)
81'  Lucas Vazquez (Nacho Fernandez)
82'  Nacho Fernandez
82'  Daniel Carvajal
90'  Karim Benzema
90'  Rodrygo
90'  Karim Benzema (Mariano Diaz)
90'  Toni Kroos
90'  Mariano Diaz


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

 

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real" ajoyib kambek evaziga muhim g'alabani qo'lga kiritdi. 

Yo'q, qoida buzilmagan va penalti yo'q.

Uzatmadan keyin mezbonlar futbolchisi maydonga quladi. Hakam shoshmaslikni so'radi. 

90+8-daqiqa. O'yindan tashqari holat! "Sevilya" uchun oxirgi imkoniyat.  

Jarima maydoniga yo'llangan to'pni Tibo Kurtua egallab oldi va o'rnidan turishga shoshilmayapti. 

90+7-daqiqa. Endi shoshilayotgan "Sevilya" uzatmalardagi ketma-ket xatolar sabab, to'pni yo'qotdi.  

Karlo Anchelotti g'alabaga ishongan ko'rinadi, Benzemani alishtirdi. Uning o'rniga Mariano Dias tushdi. 

90+5-daqiqa. Lukas Okampos to'p uchun kurashda Alabaga nisbatan qoidani buzdi. 

90+2-daqiqa. GOOOOOOL! Kim deb o'ylasiz? Axa, Karim Benzema yana g'alaba to'pini urib ketyapti shekilli. 

O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. Mezbonlar vakili tomonidan shoshilib amalga oshirilgan uzatma noaniq bo'ldi va to'p yo'qotildi. 

89-daqiqa. Ishtaha tanovvul payti ochiladi deyishganidek, "Real" endi g'alabadan umidvor. 

84-daqiqa. O'yinni markazdan "Sevilya" boshladiku, hujumni yana "Real" amalga oshirdi. Lekin Benzemaning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.  

 

83-daqiqa. GOOOOOL! Nacho ikkinchi tempda davom etgan hujumni aniq zarbasi bilan yakunlab, hisobni tenglashtirdi. Dani Karvaxaldan yana bir assist.

82-daqiqa. "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. 

81-daqiqa. Luka Modrich o'rniga Marko Asensio.

81-daqiqa. Ogohlantirish! Diego Karlosga sariq.  

80-daqiqa. Avvaliga Militao keyin Alaba xavfli vaziyatlarda hujumni to'xtatishdi.  

Hakam o'zi monitor oldiga borib barchasini ko'rdi va Vinisius Junior to'pni qo'li bilan to'xtatgan deb hisobladi. No goal!

Yana "VAR"xonaning qarorini kutamiz. 

74-daqiqa. GOOOOL! Ammo, lekin, biroq hakam Vinisius to'pni qo'li bilan o'ziga o'nglab oldi deb hisobladi. Futbolchi tabiiyki bu qarorga qo'shilmayapti.

Himoyachilar etiboridan chetda qolgan Rafa Mir osonlik bilan zarba bergandi, ammo boshi bilan yo'llagan to'pi nishonga aniq bormadi.  

72-daqiqa. O'zgarish! Erik Lamela o'riniga Lukas Okampos tushmoqda.  

70-daqiqa. Erik Lamelaga yaxshi pas bo'ldi, lekin negadir yarim himoyachi oldinga harakat qilish o'rniga, to'pni jamoasida saqlab qolishni yaxshiroq deb hisobladi.  

69-daqiqa. Karvaxal yaxshi harakat qilib bo'sh zonaga kirib bordi va Vinnini ko'rdi, ammo uzatmani o'zi istagandek amalga oshira olmadi.  

66-daqiqa. Rodrigo noqulay to'pni o'ziga o'nglab olishga maksimal darajada urindi, lekin ikki raqibi braziliyalikka imkon qoldirishmadi. 

65-daqiqa. O'zgarishlardan keyin "Sevilya" pressingda biroz jonlangandek.  

63-daqiqa. Rodrigo faollik ko'rsatdi, to'p bilan jarima maydonchasiga kirib borib, uni Benzemaga qoldirdi, Karimning zarbasi xavfli, ammo biroz noaniq chiqdi.

62-daqiqa. O'zgarishlarXesus Korona va Markos Akunya o'rniga Lyudvig Augustinsson hamda Nemanya Gudel "jangga" tashlandi. 

60-daqiqa. Xavfli hujum bo'lishi mumkin edi. Biroq David Alaba qaltis vaziyatda Rafa Mirga nisbatan ishonchli o'ynadi.  

Xorvatiyalik maydonni tark etdi. Lekin qaytadi.

58-daqiqa. Rakitich og'riq sabab maydonga quladi. O'yin to'xtatildi.  

56-daqiqa. Ikkinchi bo'limda "Real" butkul boshqacha harakat qilmoqda. 2 daqiqa chamasi "qirollik klubi" raqibini deyarli jarima maydonchasiga qamab qo'ydi.  

54-daqiqa. Militao avvaliga uzoq masofadan oyoqda zarba berdi, Yassin Bunu to'pni qaytardi. Burchak zarbasidan keyin Militao yana to'pni darvoza tomon yo'llashga urindi, ammo bu safar ham niyatiga eta olmadi.  

Bu gol aniqki mehmonlarga ruhiy ustunlik beradi. Biroq "Sevilya" birinchi bo'limda qiyin pallalarda ham ancha tartibli harakat qila oldi. SHu sabab buyog'iga o'yin qanday borishi yanada qiziq.


50-daqiqa. GOOOOOOL! Tanaffusdan keyin maydonga tushgan Rodrigo hisobni qisqartirdi. Ajoyib hujumni "Sevilya" futbolchilari faqat tomosha qilishga ulgurdi.  

48-daqiqa. Modrichning uzatmasidan keyin Benzema yana bir imkoniyatga ega bo'ldi va aniq zarba yo'lladi, ammo kuchsiz chiqqani sabab Bunu jamoasini muqarrar goldan qutqardi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarishlar! Mezbonlar safida Alexandro Gomes o'rnini Oliver Torresga bo'shatib berdi. "Real"da Kmavinga o'rniga Rodrigo o'yinga qo'shildi. 

Bo'ldi, shu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha kamida raqibidan yomon o'ynamagan "Sevilya" hisobda oldinda bormoqda. Taym oxiriga kelibgina o'ziga kelganga o'xshagan "Real"dan ikkinchi bo'limda faolroq o'yin kutib qolamiz va bizni qiziqarli 45 daqiqa kutib turganiga ishonamiz.

45+4-daqiqa. Alabaning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo darvozabonni alday olmadi. Qo'shimchasiga, hakam franciyalik forvard o'yindan tashqari holatda bo'lganini qayd etdi.  

45+2-daqiqa. Modrichdan to'pni qabul qilib olgan Kamavinga katta masofani bosib o'tib, hujumni rivojlantirdi. Biroq ish yana oxirgi uzatma va ko'ngildagidek zarbagacha etib bormadi.   

45+1-daqiqa. "Real"ning yana bir urinishi omadsizlik bilan yakunlandi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. Benzema masuliyatni o'z bo'yniga olishga qaror qildi. Biroq raqiblarini chalg'itib bergan zarbasidan keyin to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.   

43-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

42-daqiqa. Vinisius hozir nima qilganini o'zi ham tushunmagan bo'lsa kerak.  

41-daqiqa. O'zgarish! O'sha to'qnashuvda jarohat olgan franciyalik o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga Rafa Mir tushirildi. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamning qaroridan ochiqchasiga norozi bo'lgan Marsyal ogohlantirildi.  

38-daqiqa. Uxx, Kamavinga tavakkal qilib to'pga tashlandi, baxtiga hakam Eduardo to'pga etdi dedi. Aks holda yarim himoyachining sariq kartochka bor edi va bir nimalar bo'lib ketishi mumkin edi. 

37-daqiqa. "Real" hozircha raqib himoyasini yorib o'tishning ilojini qila olmayapti. 

35-daqiqa. Militao o'ngdan oldinga o'tayotgan Lukas Vaskesni ko'rdi, lekin to'pni unga aniq etkazib bera olmadi.  

34-daqiqa. Karim Benzema zerikib qolgan Yassin Bununi tekshirib ko'rdi, posbon o'z o'rnida.   

31-daqiqa. Ogohlantirish! Kamavinga keskin o'ynadi va to'pga eta olmagani uchun kartochka ishlab oldi. 

27-daqiqa. "Real" hozircha o'ziga o'xashmayapti va aksincha "Sevilya" o'ta dadil harakat qilmoqda.  

25-daqiqa. GOOOOOOL! Birinchi goldan o'ziga kelib ulgurmagan "Real" ikkinchi golni qo'yib yubordi. Erik Lamela gol muallifiga aylandi.  

O'yinni qo'rqmay boshlagan "Sevilya" hisobni ochdi. 

21-daqiqa. To'p oldida Ivan Rakitich. GOOOOOOOOL! Qanday gol. Rakitich hammani shoshirib qo'ydi. 

20-daqiqa. Luka Modrich kechagina o'zini maqtab intervyu bergan Papu Gomesdan to'pni olib qo'ya olmadi va jarima zarbasi belgilandi. 

Bo'ldi, o'yin davom etadi. Bunga penalti berilmaydi.

19-daqiqa. Qiziq vaziyat... Yassin Bununing qo'lidan chiqib ketgan to'p himoyachining ham qo'liga tekkan. "VAR"ni kutamiz.

17-daqiqa. "Sevilya" bu safar o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo Rakitich havodan uzatgan to'pini Kurtua osongina ushlab oldi.  

14-daqiqa. Militao gavdasidan foydalanib, raqibini chetga chiqarib qo'ydi va to'pni jamoasiga qaytarib berdi.  

11-daqiqa. "Real" futbolchilari Militao va Valverde bir-birini oxirigacha tushunmay, to'pni oldirib qo'yishgandi, lekin "Sevilya" vakillari ham tezkor qarshi hujumga o'tib keta olishmadi. 

10-daqiqa. Dani Karvaxal qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi va natijada Antoni Marsyalni maydonga qulashiga sababchi bo'ldi. 

9-daqiqa. Antoni Marsyal imkon topdi deguncha zarba berdi, ammo urinishi biroz noaniq chiqdi.   

7-daqiqa. Lopetegi aniq ko'rsatma bergan chog'i "Sevilya" yana chapdan raqib himoyasini yorib o'tishga urinib ko'rdi. Vaskes to'pni ortiga o'tkazib yuborgan bo'lsada, Xesus Koronani jarima maydonchasiga kiritmadi.   

6-daqiqa. O'ngroqdan rivojlangan hujumni Kamavinga jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunladi.  

4-daqiqa. "Real" mehmonda bo'lsada, ikkinchi raqam bo'lib o'ynashga rozi emas. 

Andalusiyaliklar o'yinni ketma-ket hujumlar bilan boshlashdi. Asosan chap qanot faollik ko'rsatmoqda. 

1-daqiqa. "Sevilya" ilk soniyalardan bugun kim mezbonligini ko'rsatib qo'yish niyatida chog'i. 

Tribunalarda bo'sh o'rinlar deyarli qolmagan. Mezbon jamoa ishqibozlari bugungi bellashuvga yaxshigina tayyorgarlik ko'rishgani sezilib turibdi. Maxsus bannerlar, stadion ichi hamda atrofida chiroyli manzara va minglab muxlislar o'yinga tayyor. 


Sevilla

Ivan Rakitic - 21', Erik Lamela - 25'

LaLiga . 32-tur

18/04/2022, 00:00

3
:
2
Tugadi

Real Madrid

Rodrygo - 50', Nacho Fernandez - 82', Karim Benzema - 90'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 40629 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
21'  Ivan Rakitic
25'  Erik Lamela
25'  Jesus Corona
39'  Anthony Martial
41'  Anthony Martial (Rafa Mir)
46'  Alejandro Gomez (Oliver Torres)
62'  Marcos Acuna (Nemanja Gudelj)
62'  Jesus Corona (Ludwig Augustinsson)
72'  Erik Lamela (Lucas Ocampos)
80'  Diego Carlos
83'  Oliver Torres
31'  Eduardo Camavinga
46'  Eduardo Camavinga (Rodrygo)
50'  Rodrygo
50'  Daniel Carvajal
78'  Nacho Fernandez
81'  Luka Modric (Marco Asensio)
81'  Lucas Vazquez (Nacho Fernandez)
82'  Nacho Fernandez
82'  Daniel Carvajal
90'  Karim Benzema
90'  Rodrygo
90'  Karim Benzema (Mariano Diaz)
90'  Toni Kroos
90'  Mariano Diaz

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика