So’nggi yangiliklar

08:21Мессига гапирган гапи учун Аргентина вазир ўринбосари ишдан олинди  4 07:57Қорақалпоғистонда жойлашган «Турон» стадиони халқаро стандартларга мос реконструкция қилинади  1 07:28Бугун Ўзбекистон ОТЖ олимпиададан олдин сўнгги назорат учрашувида майдонга тушади  7 01:35Ташкилотни кескин танқид қилган Марсело Бьелсага КОНМЕБОЛ томонидан иш очилди  5 01:15Расман: Моуринью бошқарувидаги "Фенербахче" Сен-Максименни ижарага олди  1 00:55Вагиз Галиулин: “Ўзбекистон Суперлигаси савияси Россия биринчи дивизионидан анча юқорилаб кетди”  5 00:33Расман: Австралия терма жамоаси дарвозабони "Рома"га ўтди  1 00:10"Ордабаси" ЕЧЛ саралашидаги юришини биринчи босқичдаёқ тугатди   6 23:35Килиан Мбаппе: "Перес – дунёдаги энг зўр президент"  14 23:05Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Тожикистоннинг "Хўжанд" жамоасини мағлуб қилди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. ОКМК Тожикистон грандини ўта йирик ҳисобда таслим этди  9 21:44Обамеянг "Марсел"дан кетишини эълон қилди. Ҳужумчи Саудия Арабистонига йўл олади  0 21:21Ламин Ямаль янги мавсумни янги рақамда бошлайди  227 20:54Марко Ройснинг кейинги манзили аниқ бўлди  0 20:30Расман: Тиаго Алькантара "Барселона" мураббийлар штабига қўшилди  1

La Liga. Qiziqarli kechgan "Sevilya" - "Barselona" o'yini durang bilan yakunlandi Yangiliklar

La Liga. Qiziqarli kechgan "Sevilya" - "Barselona" o'yini durang bilan yakunlandi

La Liga 30-turi doirasida "Sevilya" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"Sevilya" - "Barselona" 0:0

"Sevilya": Tomash Vaclik, Xesus Navas, Diego Karlos, Jyul Kunde, Serxio Regilon, Fernando, Joan Jordan (Nemanya Gudel), Oliver Torres (Ever Banega), Lukas Okampos (Franko Vaskes), Munir El Xaddadi (Suso), Lyuk de Yong (Yussef En-Neseri)

"Barselona": Mark-Andre ter SHtegen, Nelson Semedu, Jerar Pike, Ivan Rakitich (Riki Puch), Serxio Buskets, Luis Suares, Lionel Messi, Kleman Langle, Jordi Alba, Martin Breytueyt (Artur Melo), Arturo Vidal (Antuan Grizmann)


O'yin yakunlandi.

90+6. Burchak to'pi: Mark-Andre ter SHtegen raqib jarima maydonchasi ichida. Yo'q, bugun "Barselona" "Ramon Sanches Pisxuan"dan bir ochko bilan ortga qaytadigan bo'ldi.

90+1. Serxio Regilon deyarli ikki metr masofadan to'pni darvozaga kirita olmadi. CHap oyoqda o'ynaydigan Regilon uchun noqulay nuqta edi.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. Kike Seten Riki Puchni maydonga tushirdi, u Ivan Rakitichni almashtirmoqda.

88. Suaresss! Albaning uzatgan to'pini urugvaylik hujumchi darvozaga aniq yo'llay olmadi.

84. "Sevilya"da so'nggi o'zgarish: Franko Vaskes Lukas Okamposni almashtirdi.

82. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich: "Sevilya" - 5, "Barselona" - 7.

77. Cooling Break. O'yinchilar suv ichib olishadi.

77. Nihoyat, Antuan Grizmann maydonga tushdi. U Arturo Vidalni almashtirdi. 

73. Lionel Messi bu safar ham ajoyib zarba berdi, ammo Tomash Vaclik yana bir bor "Sevilya"ni goldan asrab qoldi.

73. "Barsa"da standart vaziyat. Leo to'p oldida. Darvozagacha 25 metr masofa.

68. Lopetegi bir yo'la ikki o'zgarishni amalga oshirmoqda: Yussef En-Neseri Lyuk de Yong, Nemanya Gudel esa Joan Jordanni almashtirdi. 

63. "Barsa"da o'zgarish: Artur Melo Martin Breytueytni almashtirdi.

62. Buskets yiqitildi, navbatdagi sariq kartochka Banegaga ko'rsatildi.

59. "Sevilya"da o'zgarish: Munir maydonni tark etdi, uning o'rniga Suso tushirildi.

57. "Sevilya" o'yinchisi Munir El Xaddadi jarima maydonchasi ichiga kirib "Barsa" darvozasini nishonga oldi, ammo ter SHtegen bu safar ham seyv ijro etdi.

55. Xavfli vaziyat! Lukas Okamposning yaqin masofadan bergan zarbarsini Mark-Andre ter SHtegen qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

51. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich "Barsa"da yaxshiroq: 35%-  65%

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak yangradi.

- Ikkinchi taym oldidan o'zgarish: Ever Banega Oliver Torresni almashtirdi.

Birinchi taym yakunlandi.

45+4. Serxio Buskets va Fernandoga sariq kartochka ko'rsatildi.

45+3. "Sevilya" va "Barselona" futbolchilari o'rtasida tortishuv yuz bermoqda.

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi.

39. "Barselona"da ham sariq kartochka bo'yicha "debyut". Jerar Pike hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

37. "Sevilya" ham "Barselona" darvozasi tomon hujumlar uyushtira boshladi va ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga harakat qilmoqda.

30. Cooling Break. O'yinchilar suv ichib olishadi.

26. O'yindagi ilk sariq kartochka Serxio Regilonga ko'rsatildi, u Lionel Messini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan edi.

24. Messi yana bir o'z omadini jarima zarbasidan sinab ko'rdi, ammo bu safar masofa uzoqroq va Leo uchun noqulay edi. Uning zarbasi aniq chiqdi, ammo Vaclik osongina to'pni egallab oldi.

21. Leoning zarbasiii! Uxx! Kyunde vaziyat qahramoni. Ha, himoyachi darvoza tomon berilgan zarbani boshi bilan qaytarib yubordi.

21. Jarima maydonchasi ichida "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga qarshi qo'pollik ishlatildi. Xavfli vaziyat! To'p oldida Leo!

17. 16-raqamda o'ynagan "Sevilya" sobiq futbolchisi Antonio Puerta xotirasiga aynan shu daqiqada muxlislar qarsak chalardi. Ammo, muxlislar hozir yo'q va faqatgina zaxira o'rindig'idagi futbolchilar bu ishni qilishmoqda.

11. Xavfli zarba! Jyul Kundening jarima maydonchasi ichidan tepgan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

- Bugun "Sevilya" mabodo mag'lubiyatga uchrasa, katta ehtimol bilan o'z o'rni (3-o'rin)ni "Atletiko"ga bo'shatib beradi.

8. "Barsa" kutilganidek o'yin boshidan ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qilyapti.

3. Ilk zarba. "Barselona" hujumchisi Luis Suaresning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi va bu Tomash Vaclik uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

1. O'yinga start berildi. 

- La Liga turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

- Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinga 20 daqiqa vaqt qoldi.

- Jamoalar "Ramon Sanches Pisxuan"da!


- Barchangizni tez orada boshlanadigan La Liga 30-turi doirasidagi "Sevilya" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinga taklif etamiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика