So’nggi yangiliklar

01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  7 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5

La Liga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Sevilya" "Barselona"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi Yangiliklar

La Liga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Sevilya" "Barselona"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi

Teglar :  SevilyaBarselona
Ispaniya La Ligasining to'rtinchi turidan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuv yakunlandi.

"Sevilya" – "Barselona" 1:1

Gollar: 1:0 – 32 Gomes, 1:1 – 45 Arauxo.

Sevilya – Bunu, Kunde, Fernando, Diego Karlos, Rekik, Rakitich (Gudel, 70), Dileyni (Augustinsson, 86), Jordan, Gomes (Xuanlu Sanches, 86), Okampos (Fattore, 90), Rafa Mir (En-Nesiri, 70).

Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya (Langle, 72), Alba, Buskets, de Yong (de Yong, 85), Gavi, Judjla (Niko Gonsales, 73), Ezzalzuli, Dembele.

Ogohlantirishlar: Buskets (11), Dileyni (35), Ezzalzuli (73), Gavi (77), Xuanlu Sanches (88).

CHetlatish: Kunde (64).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Bugungi natija ikkala jamoani ham qanoatlantirmagani aniq. Sababi, "Sevilya" peshqadam "Real Madrid"ga yaqinlashib olish imkoniyatini boy berdi, "Barselona" esa g'alaba orqali o'z o'rnini yaxshilab olishdan mahrum bo'ldi. Nima bo'lgan taqdirda ham, bugun qiziqarli o'yin guvohiga aylandik.

90+6. Alba o'yindagi so'nggi zarbani yo'lladi, Bunu to'pni egallab oldi.

90+5. Dembelening uzatmasidan so'ng Lyuk de Yong bosh bilan zarba bergandi. Bunu o'z o'rnida.

90+2. Okampos o'rniga Skotta o'yinga qo'shildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. De Yong o'rniga boshqa De Yong maydonga tushdi.

84. Dembeleeeeeeeeeeeyyyyy! Uning aylantirib yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Izohsiz surat

81. ZARBA! Gavi Ezzalzulining ajoyib uzatmasini bosh bilan golga aylantira olmadi.

80. Dembele ham raqib yuzini nishonga oldi. Faqat atayin emas, uning zarbasi yo'liga himoyachining o'zi to'g'anoq bo'ldi.

77. Sariq kartochka olish navbati Gaviga etib keldi. O'yinning ikkinchi yarmi rang-barang kartochkalarga boy bo'lmoqda.

74. Ezzalzuli qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

73. Endi "Barselona"da ikki o'zgarish: Langle Erik Garsiyani, Niko Gonsales Jujlani almashtirdi.

70. "Sevilya"da ikki o'zgarish: Rafa Mir o'rniga En-Nesiri, Rakitich o'rniga Gudel maydonga tushdi.

68. Mezbonlar UFC usullarini boshlashdi. Navbatdagi jabrdiyda Erik Garsiya. Oxiri voy bo'lmasa bo'lardi.

66. Gomes ham sherigining ortidan kiyinish xonasiga yo'l olishi mumkin edi. Futbolchining Gaviga nisbatan qo'polligini hakam bu safar kechirdi.

64. ANA XOLOS! Kunde maydondan chetlatildi. To'p uchun kurashda asablarini jilovlay olmagan himoyachi to'p bilan Albaning yuziga zarba berdi va hakam tomonidan maydondan "quvildi".

62. ZARBA! Ezzalzuli qulay vaziyatda to'pni darvoza to'riga emas, darvoza ortidagi muxlislar tomon yo'lladi.

60. Bununing ko'zlari faqat autni ko'ryapti shekilli. O'yin davomida kamida uch-to'rt marta mezbonlar posboni maydon tashqarisini mo'ljalga oldi.

58. Dembele burchak zarbasini to'g'ri darvoza tomon yo'naltirdi, Bunu bir amallab to'pni egallab oldi.

57. "Sevilya" futbolchisi hujumda qoida buzdi.

53. "Barselona"ning aqli etsa, raqibiga burchak zarbasi ishlab olishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Kam sonli standartlarning navbatdagisida Dileyni baland sakrab, bosh bilan zarba yo'lladi, Ter Stegen baxtiga zarba darvoza ustunidan yuqorilab ketdi.

53. Rafa Mir oldinga qarab katta tezlikda bordi va zarba yo'lladi, to'p rekashet orqali maydonni tark etdi.

51. Uxx! "Sevilya"ning ikkinchi burchak zarbasi ham golga aylanishiga bir bahya qoldi. Mehmonlar baxtiga Dileynining zarbasi noaniq chiqdi.

50. Gavini tinch qo'yishmayapti. Yosh futbolchi yaqin daqiqalarda ikki marta yiqitildi.

47. Arauxo bugun "qanot chiqarib" maydonda harakat qilmoqda. Himoyachi goldan tashqari ketma-ket to'rt marta havodagi kurashda ustun keldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Real Madrid" muxlislari bugun qaysi klubga muxlislik qilishayotgani qiziq

46. Qo'shib berilgan bir daqiqa yakunlangach, hakam birinchi bo'limga hushtak chaldi.

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!! Yana burchak zarbasi! Yana gol! Bu safar mezbonlar darvozasiga! "Barsa"ning burchak zarbasidan so'ng Arauxo Uzbekistan Airways singari parvoz qilib, bosh bilan darvozani aniq nishonga oldi. 


44. Jarima to'pi maydon tashqarisidagi bannerga uzatildi.

43. Dembele raqibining qo'pol podkatidan so'ng yiqildi. Standart vaziyat yuzaga keldi.

40. De Yong jarima maydonidagi Jujlaga to'pni uzatdi, hujumchining bosh bilan bergan zarbasi juda kuchsiz chiqdi.

38. Dembelening zarbasiga raqib himoyachisi to'siq qo'ydi, burchak zarbasi.

37. "Barselona" jarima maydonidagi sarosimadan so'ng Ter Stegen to'pni egallab oldi.

35. Dileyni maydon markazida Gavini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Gomes Rakitichning burchakdan pastlatib bergan uzatmasini to'xtatmasdan darvozaning olis burchagiga joylab qo'ydi.

30. ZARBA! Dembele ham maydonda borligini ko'rsatib qo'ydi. Markazda to'pni o'ziga to'g'rilab olgan francuz chap oyoqda zarba yo'lladi, qaytgan to'pni himoyachilar bartaraf etdi.

28. ZARBA! Rafa Mir Dileynining pasidan so'ng chap oyoqda o'z omadini sinab ko'rdi. To'p yuqorilab ketdi.

26. Arauxo va Dembele hujumda bir-birini tushunmadi, oqibatda mehmonlar to'pni yo'qotdi.

22. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Yo'q, Rafa Mir ofsaydda ekanligi malum bo'ldi.

21. Yana pressingdan so'ng mezbonlar to'pni yo'qotdi. Lopetiggining plyus-minusi qo'shilib qoldi.

20. "Barselona" pressing natijasida raqibini xato qilishga majbur etdi.

18. Burchak to'pi zarba bilan yakunlandi. Zarba kuchsizligi bois Bunu to'pni osonlikcha egallab oldi.

17. Jujlaning zarbasi himoyachilarga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak zarbasi.

Maydon holatini mana bu kadrdan ham bilib olsa bo'ladi

15. Gavining zarbasiga raqib himoyachilari xalaqit berishdi, natijada zarba ko'ngildagidek chiqmadi.

14. Dembelening foydasidan ko'ra zarari ko'proq tegmoqda hozircha. Francuz raqib himoyachisini aldashda to'pni oldirib qo'ydi.

12. Jujla bir tepmoqchi bo'ldi, tepmadi, ikkinchi marta tepmoqchi bo'ldi, yana tepmadi, uchinchisida bor-ey deb zarba yo'lladi, biroq yo'nalish ancha noaniq bo'ldi.

11. Buskets Okamposni maydon markazida yiqitgani uchun ogohlantirildi. Ispaniyalik futbolchi kelgusi o'yinni o'tkazib yuboradi.

8. "Barselona"da standart vaziyat yuzaga keldi. Dembelening uzatmasidan so'ng Jujla bosh bilan noaniq zarba berdi.

Yomg'irli atmosfera bo'lishiga qaramay, juda ko'p muxlis bugungi o'yinga tashrif buyurgan.

4. Alba Kundega nisbatan qo'pollik ishlatdi.

2. "Barselona"ning hujumi burchak zarbasi ishlash bilan yakunlandi.

1. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berdi.

Bugun "Sevilya" oq, "Barselona" esa ko'k-qizil rangli libosda harakat qiladi.

Bugun Navas, Montiel, Akunya, Lamela va Suso mezbonlarga, Dest, Vage, Serxi Roberto, Pedri, Fati, Demir, Depay va Breytveyt esa mehmonlarga yordam bera olmaydi.

Sevilyadagi yomg'ir O'zbekistonga ham yo'l olgan

Bugungi uchrashuvni Karlos del Serro Grande boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs 4-mart sanasidagi Ispaniya kubogi yarim finaliga to'g'ri kelgan, o'shanda "ko'k-anorranglilar" 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

Bugungi g'alaba kataloniyaliklarni hatto 4-o'ringa olib chiqishi mumkin.

Ayni damda La Ligada kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish olgan:

Assalomu alaykum, uyqu bilmas futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida ispan futbolining murosasiz bahslaridan birining guvohiga aylanamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика