So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  44 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

LaLiga. 10 kishi bo'lib qolgan "Barselona" "Selta"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

LaLiga. 10 kishi bo'lib qolgan "Barselona" "Selta"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida Vigoda o'tkaziladigan uchrashuvni kuzatib borishingiz mumkin.

Celta Vigo

LaLiga . 4-tur

02/10/2020, 00:30

3
:
0
Tugadi

Barcelona

Ansu Fati - 11', Lucas Olaza - 51', Sergi Roberto - 90'

Stadion: Abanca Balaidos, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
32'  Jose Fontan (Nestor Araujo)
39'  Joseph Aidoo
46'  Joseph Aidoo (Miguel Baeza)
48'  Nestor Araujo
60'  Emre Mor (Nolito)
60'  Gabriel Veiga (Santi Mina)
69'  Renato Tapia
74'  Renato Tapia (Fran Beltran)
75'  Jeison Murillo
90'  Fran Beltran
11'  Ansu Fati
11'  Philippe Coutinho
23'  Clement Lenglet
42'  Clement Lenglet
42'  Gerard Pique
45'  Antoine Griezmann (Ronald Araujo)
51'  Lucas Olaza
72'  Philippe Coutinho (Pedri)
72'  Ansu Fati (Trincao)
84'  Jordi Alba
87'  Sergio Busquets
90'  Sergi Roberto


"Selta" – "Barselona" 0:3

"Balaidos"

Gollar: 0:1 – 11 Fati, 0:2 – 51, avtogol Olasa, 0:3 - 90+5, Roberto.

"Selta" – Vilyar, Aydu (Baesa, 46), Olasa, Fontan (Arauxo, 32), Murilo, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 74), Mor (Santi Mina, 60), Veyga (Nolito, 60), Malo, Aspas.

"Barselona" – Neto, Alba, Pike, Langle, Serdji Roberto, Buskets, Koutino (Pedri, 72), de Yong, Fati (Trinkau, 72), Messi, Grizmann (Arauxo, 45).

Ogohlantirishlar: Langle (23), Aydu (39), Pike (42), Arauxo (48), Tapiya (69), Murilo (75), Alba (84), Buskets (87).

CHetlatishLangle (42).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

95. GOOOL! 0:3! Messi orqali start olgan hujum Serxi Robertoning goli bilan yakunlandi. Avvaliga Leo raqiblarni zarba berish bilan qo'rqitib, jarima maydonchasiga kirdi va darvozani ishg'ol qilishga urindi, qaytgan to'pga Serxi Roberto zarba berdi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

83. Nolitoning zarbasidan so'ng "Barselona" tezkor qarshi hujum amalga oshirdi va Xordi Alba Messining uzatmasiga eta olmay, posbon bilan to'qnashib ketdi. Hakam himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi.

82. Endi "Barselona" jarima maydonchasi oldida qoida buzildi. Serxi Roberto raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi.

73. "Selta" zarbalar ketma-ketligini amalga oshirdi. Avvaliga Nolito darvozaga zarba berdi, darvozabon to'pni qaytarganidan so'ng Baesa gol urishga urinib ko'rdi, bu safar ham omad "Selta" futbolchisiga kulib boqmadi. 

72. "Barselona" safida o'zgarish: Koutino o'rniga yosh Pedri, Fati o'rniga esa Trinkau maydonga tushdi.

70. Messining zarbasidan so'ng to'p jonli devordagi futbolchiga tegib, qaytdi.

69. Sariq kartochka. Renato Tapiya o'z jarima maydonchasi oldida Koutinoning yo'lini to'sdi va hakam tomonidan jazolandi.

62. Ajoyib uzatma... Leoning pasini darvozaga to'g'irlaydigan futbolchi topilmadi. Jerar Pike esa oyog'ini darvoza ustuniga urib oldi.

59. GOOOL! MESSI, ammo hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini malum qildi. VARga murojaat qilinadi. Takroriy lavhada Leo ofsaydda ekannligi ko'rindi va gol hisobga olinmadi.

55. Yana Messi! Leo bu safar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yana to'pni markazga uzatdi va yana himoyachi to'pga oyog'ini qo'yib, uning yo'nalishini o'zgartirdi, biroq bu safar to'p darvozaning tashqi tomonidan to'rga borib tegdi.

51. GOOOL! MESSI! Leo bir o'zi jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni markazroqda turgan jamoadoshiga uzatishga urindi, ammo to'p "Selta" himoyachisiga tegib, yo'nalishini o'zgardi va darvozaning yaqin burchagiga kirib ketdi. 0:2.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytishdan avval Lionel Messi, Jerar Pike va Ronald Kuman qizil kartochka borasida hakam bilan suhbatlashib olishdi.

TANAFFUS

45. "Barselona"dan majburiy o'zgarish: Grizmann o'rniga Arauxo o'yinga qo'shildi.

42. Qizil kartochka. Langle raqibga qarshi qo'pol o'ynadi va hakam unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi hamda uni maydondan haydadi.

40. Leoning burchakdan uzatgan to'pi zarbaga aylanib ketdi. Biroq to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

38. Fati to'pni jarima maydonchasiga kirib borayotgan Messiga uzatdi, ammo uzatma kuchliroq bo'lgani tufayli Lionel unga eta olmadi.

35. Qizil kartochka? Jerar Pike raqib futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqayotgan paytda uni yiqitib, to'xtatdi. Ofsayd ekan, agar ofsayd bo'lmaganda "Barselona" bir kishi kam bo'lib qolardi.

32. "Selta" safida o'zgarish: Fontan o'rniga Araxuo maydonga tushdi.

25. Zarbani Yago Aspas ijro etdi, to'p Buskets boshiga tegib, maydonni tark etdi. Serxio o'ziga kelib olishi uchun bir necha soniya zarur bo'ldi.

23. Sariq kartochka. Kleman Langle o'z jarima maydonchasi yaqinida raqibini yiqitgani uchun jazolandi.

20. "Barselona" to'pni faqat Messiga oshirib o'ynashi to'xtaganga o'xshaydi. Ronald Kuman haqiqatdan ham shu ishni uddalagan bo'lsa bu jamoa foydasiga ishlaydi.

11. GOOOL! FATIII! Yigitcha hammani hayron qoldirishda davom etmoqda! "Barselonaning tiki-takasidan so'ng to'p raqibga tegib, Ansu Fatiga tushdi va bolakay yaqin burchakni nishonga oldi va hisobni ochdi. 0:1

9. Bir necha soat oldin UEFA CHempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlandi. Tarixda birinchi marta Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu guruh bosqichida o'zaro to'qnash keladigan bo'ldi.

8. "Barselona" futbolchilari "Selta" jarima maydonchasini qamalga olishdi va Grizmann hujumni zarba bilan yakunladi. Biroq to'p juda yuqoridan o'tib ketdi.

4. Ob-havo noqulay bo'lgani tufayli futbolchilar to'p bilan harakat qilishga qiynalishmoqda va tez-tez sirpanib ketishmoqda.

1. O'yin boshlandi.

- Vigoda yomg'ir quymoqda, o'yinoldi mashg'ulotlarda ikki jamoa vakillari jiqqa ho'l bo'lib ketishdi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика