So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

La Liga restarti, jamoalarning turnir jadvalidagi holati va ECHL yo'llanmasi uchun kurash haqida Yangiliklar

La Liga restarti, jamoalarning turnir jadvalidagi holati va ECHL yo'llanmasi uchun kurash haqida

Nihoyat, barcha orziqib kutgan Ispaniya La Ligasi bugundan restart oladi.

3 oylik pauzadan so'ng Ispaniya chempionati yana davom ettirilmoqda, shu sabab shu paytga qadar bo'lgan vaziyat haqida qisqacha eslatib o'tamiz. Dastlab 27-turgacha bo'lgan turnir jadvali bilan tanishib oling:


Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurash

Kutilganidek, to'rtta yo'llanmadan ikkitasi "Barselona" va "Real"ga nasib etishi aniq. Ammo, qolgan ikkita yo'llanma uchun kurash avjida. Bu "chiptalar" uchun "Sevilya", "Real Sosedad", "Xetafe", "Atletiko" va "Valensiya" jamoalari jiddiy kurash olib bormoqda. Bundan tashqari, bu kurashga bundan pastki o'rinlarda borayotgan jamoalarning qo'shilib qolishi ham syurpriz bo'lmaydi, sababi jamoalarning to'plagan ochkolari bir-biriga yaqin. Joriy mavsum CHLning amaldagi chempioni hisoblangan "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborgan "Atletiko" jadvalda 6-o'rinda (!). Ha, bu siz uchun kutilmagan bo'lishi mumkin, ammo "matraschilar" 3-o'rinda borayotgan "Sevilya"dan 2 ochkogina kam jamg'arishgan. Bir so'z bilan aytganda, Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasiga chiqish uchun Ispaniyada kurash avjida.

...

3. "Sevilya" - 47

4. "Real Sosedad" - 46

5. "Xetafe" - 46

6. "Atletiko" - 45

7. "Valensiya" - 42

...


"Sevilya" - andalusiyaliklar o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik (6-o'rin)dan so'ng Xoakin Kaparrosaning o'rniga jamoaga taniqli Xulen Lopetegini olib kelishdi. Takidlash kerakki, jamoa yana o'z o'yinini topib oldi va butun chempionat davomida faqat yuqori o'rinlarda yurdi. Jamoa tarkibi ham yomon emas. Xesus Navas, Ever Banega va Lyuk de Yong kabi tajribali futbolchilari bor jamoada Lukas Okampos, Jyul Kunde va Serxio Regilon kabi kelajagi porloq futbolchilar ham bor. Qiziq tomoni shundaki, "Sevilya" joriy mavsum mehmonda uydagidan ko'ra ko'proq g'alaba qozonmoqda (7-6)

"Real Sosedad" - so'zsiz "Sosedad" joriy mavsumda kutilmagan natijalar qayd etayotgan jamoalardan biridir. Ayniqsa, Martin Edegor va Mikel Oyarsabalning ko'rsatayotgan o'yinlari ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Jamoani esa ko'pchilikka tanish bo'lmagan Imanol Alguasil boshqarmoqda va hozircha uning ishlari yomon emas. Agar jamoa CHL yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa ham, Evropa Ligasida yuqori o'rinlar uchun kurashishi aniq.

"Xetafe" - Ispaniyada murabbiy ahamiyati katta bo'lgan jamoalardan biridir. Xose Bordalas juda aqlli, ammo kuchga asoslangan futbolni xush ko'ruvchi murabbiylardan biridir. Bazilar bu klubni antifutbol namoyish etadi deyishadi, ammo bu moliyaviy va imkoniyat jihatidan kamtarroq bo'lgan klubga ajoyib natijalar olib kelmoqda-mi, demak hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas.

"Atletiko" - madridliklarning joriy mavsumdagi biroz muvaffaqiyatsizliklarini tarkibning butunlay o'zgarib ketgani bilan bog'lash o'rinli bo'ladi. Jamoani o'tgan mavsumdagi asosiy tarkib futbolchilaridan Filipe Luis ("Flamengo"), Diego Godin ("Inter"), Xuanfran ("San-Paulo"), Lukas Ernandes ("Bavariya"), Rodri Ernandes ("Manchester Siti"), Antuan Grizmann ("Barselona")lar tark etishdi. Albatta, 6ta asosiy tarkib futbolchisining klubdan ketgani jamoaning o'yinlariga tasirini o'tkazmasdan qolmaydi, yangi futbolchilarga esa biroz vaqt kerak.

"Valensiya" - jamoaning CHLga yo'l olishi qiyin masala. Albert Selades shogirdlari mavsum boshida qimmatli ochkolarni yo'qotishdi. Barqarorlik borasida ham jamoaning ishlari joyida emas - har 3ta o'yinning bittasida mag'lubiyat. Jamoaning himoyasidagi asosiy "qalqon"i - Esekel Garay jamoadan ketsa, "Valensiya"ning ishlari bundan ham yomonlashadi, sababi jamoa shundoq ham juda ko'p to'p o'tkazib yubormoqda (39). Klub ko'proq Evropa Ligasiga ahamiyat qaratishi kerak, sababi butunlay evrokuboklarda qatnashmaslik ehtimoli ham yo'q emas. "Vilyarreal" ham Evropa Ligasidan umidini uzmagan. SHuningdek, jamoaning yulduz futbolchilari Ferran Torres, Karlos Soler va Xose Luis Gayyalar evrokuboklarga yo'llanma qo'lga kiritilmagan taqdirda, jamoadan ketishlari deyarli aniq. Ayniqsa, Torres hozir ham Evropaning top-klublari nazariga tushgan.


CHempionlik bahsi


CHempionlik uchun kurash so'nggi turlarga qadar davom etishi aniq. Jamoalarni atigi 2 ochko ajratib turibdi.

"Barselona" tabiiyki hozirgi o'rnini saqlab qolishga "tish-tirnog'i bilan" harakat qiladi. Jamoaning umidi so'zsiz Lionel Messidan. Kike Setenning aytishicha, argentinalik restartga shay va u aqlbovar qilmas darajadagi formada. Kataloniyaliklarni oldinda "Sevilya" va "Atletiko" jamoalariga qarshi og'ir o'yinlar kutib turibdi.

Nihoyat! Eden Azar jarohatidan tuzaldi. Zinedin Zidanning oldingi chiziqdan butunlay ko'ngli to'q. Zaxirada esa yuqori darajadagi futbolchilar bor. Himoya borasida gapirmasa ham bo'ladi. "Real" kuchli beshlikda 20tadan kam gol o'tkazgan (19) yagona jamoa hisoblanadi.


28-tur o'yinlari (barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan)


12.06.2020 | 01:00    "Sevilya" - "Betis"

12.06.2020 | 22:30    "Granada" - "Xetafe"

13.06.2020 | 01:00    "Valensiya" - "Levante"

13.06.2020 | 17:00    "Espanol" - "Alaves"

13.06.2020 | 20:00    "Selta" - "Vilyarreal"

13.06.2020 | 22:30    "Leganes" - "Valyadolid"

14.06.2020 | 01:00    "Malorka" - "Barselona"

14.06.2020 | 17:00    "Atletik" - "Atletiko"

14.06.2020 | 22:30    "Real Madrid" - "Eybar"

15.06.2020 | 01:00    "Real Sosedad" - "Osasuna"


Restart "Sevilya derbisi" bilan boshlanadi! - "El Gran Derbi"

"El Gran Derbi"da "Sevilya" joriy mavsumni odamsiz o'tkazayotgan "Betis" bilan o'ynaydi. Bo'm-bo'sh "Ramon Sanches Pisxuan"ni ko'rish g'alatiroq, ammo o'yin ajoyib va yuqori darajadagi intriga bilan o'tishi aniq. "Sevilya" CHL yo'lida "Sosedad", "Xetafe" va "Atletiko" jamoalariga qarshi jiddiy kurashga kirishgan. Hattoki durang ham jamoani hozirgi o'rnidan pastga tushirishi hech gap emas. "Betis"da ham bu o'yin uchun motivaciya bor. Rebi birinchi davradagi "Benito Vilyamarin" stadionidagi mag'lubiyat uchun qasos olmoqchi. Aynan o'sha mag'lubiyatdan so'ng uning kursisi qimirlab qolgandi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadigan o'yin La Liganing jozibasini taqdim etishiga shak-shubha yo'q. "Sevilya derbisi"dan zavq oling!



La Ligadagi so'nggi yangiliklar

- "Real" restartdan so'ng o'zining uy o'yinlarini klubning ikkinchi jamoasi bo'lmish "Kastilya"ga tegishli bo'lgan "Alfredo Di Stefano"da o'tkazadi. Bunga sabab, "Santyago Bernabeu"da katta qurilish ishlari boshlab yuborilgan. "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso hamshaharlariga o'z uy uchrashuvlarini "Vanda Metropolitano"da o'tkazishlariga qarshi emasligini malum bo'lgan edi, ammo "Real" ashaddiy raqiblaridan birining stadionida o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazishdan bosh tortdi.

- "Selta" bosh murabbiyi Oskar Garsiyaning "Barselona" ustozi Kike Seten bilan bitta o'yinda 5ta o'zgarish qilish borasidagi qaror bo'yicha fikrlari bir-biriga to'g'ri kelmayapti. Aslida, ikkisi ham restartdan so'ng o'yinda 5ta o'zgarish qilinishiga qarshi chiqishmoqda.

- La Liga restartidan so'ng o'yinlarda suniy shovqinlar bo'ladi. Bu esa o'yinni ekran orqali tomosha qilayotgan muxlislarning bahsga bo'lgan qiziqishini oshiradi.

- "Real"da Marko Asenso va Eden Azar, "Barselona"da Luis Suares va boshqa jamoalardagi bir necha futbolchilar jarohatlaridan to'liq forig' bo'lishdi. Bu esa karantinning foydali tarafi bo'ldi.

- Eng ajoyib yangiliklardan biri esa yangi mavsumdan stadionlarga muxlislarning qaytishi bo'ldi.

La Liga endi qanday bo'ladi? Ketma-ket 32 kun o'yin (ha!). Uchrashuvlar orasida kamida 72 soat dam, lekin futbolchilar hozirdan jarohatlanmoqda 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика