So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

La Liga. "Real Sosedad" - "Real Madrid" 1:2 Yangiliklar

La Liga. "Real Sosedad" - "Real Madrid" 1:2

Ispaniya chempionati 30-tur doirasida "Real Sosedad" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qildi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatish mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, ko'plab savollar, bahsli vaziyatlarga boy bo'lgan o'yin yakunlandi. "Real Madrid" uch ochkoni qo'lga kiritdi va turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Barselona"ni ortda qoldirmoqda. CHempionlik uchun kurash endi boshlanmoqda! 

90+7-daqiqa. Merino sariq kartochka ham oldi. 

90+6-daqiqa. Oxirgi imkoniyat. To'p oshirishidan keyin "Real Sosedad" futbolchisi qoidani buzdi. Endi hujum qilish uchun vaqt etmasa kerak. 

"Real Madrid" zaxiradagilarning kayfiyati alo!

90+4-daqiqa. Elustondo kutilmaganda Mendidan ilgarilab ketdi va darvozaga boshi bilan zarba berdi. To'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi. 

90+2-daqiqa. Raqib qarshi hujumga o'tib ketmasligi uchun Modrich Yanuzayni yiqitdi. 

90+1-daqiqa. Mariano Dias deyarli maydon markazidan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo yakuniy zarbaga aniqlik etishmadi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi! 

90-daqiqa. "Real Sosedad" o'ng qanotdan oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, lekin to'p qaytarildi. 

89-daqiqa. Mehmonlar tarkibida o'zgarish, Valverde va Marselo o'rniga Modrich va Mendi o'yinga qo'shildi.

88-daqiqa. Maydon markazida Marko Assensio to'pni egallab oldinga o'tmoqchi edi, ammo qoida buzildi.  

Ha, Ramosning yo'qligi shu o'yinning o'zidayoq sezilmoqda chog'i. 

83-daqiqa. GOOOOOOOL! "Real Sosedad" hisobni qisqartirdi.

80-daqiqa. "Real Sosedad" hech bo'lmasa bitta gol umidida oldinga bormoqda. Ammo yakuniy zarba qovushmayapti. 

Uchrashuvdagi birinchi gol muallifi Serxio Ramos Zidanning chinakam muxlisi ekanligini bilasizmi? 

78-daqiqa. Assensio va Mariano Dias o'yinga qo'shildi. 

76-daqiqa. Benzema chap qanotdan oldinga o'tishga harakat qildi, to'pni markazga oshirdi, ammo raqiblar uni olib qo'yishdi.

Ha, anchayin tushunarsiz vaziyat. Avvaliga "Real Sosedad"ning goli inobatga olinmadi, yana "Madrid" darvozasiga urilgan gol bekor qilindi. Keyingi vaziyatda kimlargadir Benzema to'pni qo'li bilan to'xtatgandek tuyulsada, bu gol hisoblandi. 

70-daqiqa. GOOOOL! Karim Benzema! Lekin hakam yana shoshmaslikni so'radi.  

Ha, gol inobatga olinmadi!

68-daqiqa. GOOOOL! Adnan Yanuzay. hisobni tenglashtirdi. Hakam shoshmaslikka chaqirmoqda. "VAR"ga murojaat qilinmoqda. 

66-daqiqa. "Real Sosedad" katta kuch bilan oldinga bormoqda. Futbolchilar juda zich joylashib qolgandi va yakunda hakam o'yin qoidazi buzilganini qayd etdi. 

64-daqiqa. "Real Sosedad" bir hujumning o'zida bir nechta zarba berdi, ammo har safar to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi.  

63-daqiqa. Ko'plab to'p oshirishlaridan keyin tashkillashtirilgan hujumni Toni Kroos kuchli va aniq zarbasi bilan yakunlab berdi. Darvozabon qiyinchilik bilan to'pni egallab oldi. 

61-daqiqa. Yanuzay maydonga tushgani hamonoq darvozaga zarba berdi, lekin noaniq. 

60-daqiqa. Mezbonlar safida Adnan Yanuzay o'yinga qo'shildi. U Mikel Oyarzabalni almashtirdi.

59-daqiqa. Ha, Ramos o'yinni oxirigacha davom ettira olmaydi. Uning o'rnini Eder Militao egalladi. 

58-daqiqa. Endi Varanga nisbatan qoida buzildi. Franciyalik futbolchi hammasi joyida ekanligini ko'rsatib, tezda o'rnidan turdi.  

57-daqiqa. Ramosning jarohati jiddiy shekilli, jamoa sardori oqsoqlanib harakatlanmoqda. 

56-daqiqa. Karvaxalning to'p oshirishidan so'ng Benzemada yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

55-daqiqa. Har ikki jamoa ijrosida mayda "fol"lar ko'payib bormoqda. 

53-daqiqa. "Real Sosedad" endi faolroq o'ynashga majbur. SHunday ham bo'lmoqda. Mezbonlar to'p bilan oldinga o'tishga harakat qilishmoqda.   

52-daqiqa. Isaak jarima maydoni ichida Serxio Ramosga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi.

50-daqiqa. GOOOOOOL! "Madrid" hisobda oldinga chiqib oldi. Serxio Ramos penaltidan unumli foydalandi!

PENALTI! Hakam Vinisiusga nisbatan qo'pollik uchun "Real Sosedad" darvozasiga o'n bir metrlik jarima zarbasi belgiladi!

46-daqiqa. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi "Real Madrid" futbolchilari faolroq.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

SHunday qilib, birinchi bo'lim yakuniga etdi. Bir oz dam olib, davom etamiz. Umid qilamizki, ikkinchi taymda jamoalar bizni gollar bilan ham xursand qilishadi.

46-daqiqa. Karvaxal va Xames bir-birlariga to'p oshirib, oldinga o'tishga harakat qilib ko'rishdi, lekin naf chiqmadi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga ikki daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Taymning oxirgi daqiqalarida mehmonlar ancha jonlanib qolishdi va ketma-ket hujum uyushtirishmoqda. 

Hozircha "Qirollik klubi" raqib himoyasini yorib o'tish imkonini topa olmayapti.  

42-daqiqa. Vinni jarima maydoni kirib bordi va kuchli zarba berdi, darvozabon katta qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi

40-daqiqa. "Real Madrid" to'pni nazorat qilmoqda.

39-daqiqa. Mezbonlar burchak to'pini o'yinga kiritib berishdi. Himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi, keyingi zarbaga esa aniqlik etishmadi. 

Zidan shogirdlarini faolroq o'ynashga chaqirmoqda. 

37-daqiqa. Vinisius tezligi namoyish qildi, lekin to'pga etishning imkoni yo'q edi. 

36-daqiqa. Xames to'pni oldirib qo'ydi va hujumni to'xtatish uchun Kazemiro qoidani buzisha majbur bo'ldi. Eslatib o'tamiz, uning sariq kartochkasi bor. 

35-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan hujum Kazemironing zarbasi bilan yakunlandi, biroq darvozabon to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi. 

32-daqiqa. To'pni markazda olib qo'ygan madridliklar oldinga o'tishdi va Karim Benzema zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida. 

30-daqiqa. Uchrashuvning uchdan biri ortda qoldi, hakam kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapsizlar, suv ichib olinglar, dedi chog'i.

29-daqiqa. Jarima maydonchasidan qaytgan to'pni Toni Kroos to'xtatmasdan darvozaga yo'llashga harakat qilib ko'rdi, ammo... To'p darvozaga yaqin ham bormadi. 

28-daqiqa. Hakam bugun o'yinni sariq kartochkalarim ko'p degandek boshqarmoqda. Navbatdagi kartochka mezbonlar vakiliga nasib qildi.  

27-daqiqa. Burchak to'pi. "Real Madrid" o'yindagi birinchi burchak to'pini o'yinga kiritib berdi.

To'p qani, ko'zingni och, deb nomlangan rasm.

Natijada, Kazemiro keyingi uchrashuvni o'tkazib yuboradi!

21-daqiqa. Bu safar Kazemiro qoida buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

20-daqiqa. "Madrid" ijrosida tezkor hujum, ammo Xamesning oshirgan to'piga Benzema etib bora olmadi. 

19-daqiqa. Yana Kazemiroga nisbatan qo'pollik. Bugungi o'yinning o'zida 4 bor braziliyalikka qarshi qoida buzilgani malum bo'lmoqda. 

18-daqiqa. Benzema o'z uslubida, maydon markaziga qaytib to'p oshirishda ishtirok etib ketdi. 

16-daqiqa. Maydon markazida Kazemiroga nisbatan xavfli o'yin uchun Subeldiya sariq kartochka bilan jazolandi.

13-daqiqa. Har ikki jamoa to'pga ko'proq egalik qilib, raqibning xato qilishini kutishmoqda.

12-daqiqa. Vinisius o'z qanotidan oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, ammo jarima maydoniga kirib borayotgan pallada darvozabon uni qarshi oldi.

10-daqiqa. To'p oldida Edegor, u to'pni kutilmagan tarzda o'yinga kiritdi, ammo tajribali Marselo vaziyatni o'nglashga muvaffaq bo'ldi.   

9-daqiqa. "Sosedad" futbolchilari to'pga egalik qilishmoqda. "Qaymoqranglilar" faqat to'p ketidan yugurish bilan ovvora va maydon markaziga yaqin hududda qoida buzildi. 

8-daqiqa. Xamesning jarima maydoni tomon uzatgan to'p oshirishiga aniqlik etishmadi va mezbonlar to'pni egallab olishdi.

7-daqiqa. Qiziq vaziyat :) Maydondan tashqariga chiqib ketayotgan to'pni quvlab etgan Karvaxal va raqib futbolchisi "quvnoq startlar"dagi mashqlarni bajargandek bo'lishdi.  

5-daqiqa. Mezbonlar ham raqib hujumlariga turib berib, endi to'p bilan oldinga o'tishdi. 

4-daqiqa. Yana "Real Madrid" oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi, ammo buning iloji bo'lmadi va "qaymoqranglilar" o'yin qoidasini buzib raqib hujumini to'xtatdi. 

2-daqiqa. Hozircha to'p bilan ko'proq "Real Madrid" futbolchilari muomalada bo'lishmoqda. O'ng qanotda Karvaxalning faolligidan so'ng vaziyat yuzaga keldi, ammo yakuniy zarbaga aniqlik etishmadi.

Uchrashuv boshlandi, biz ham boshlaymiz. O'yinni maydon markazidan mehmionlar boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va o'yinni boshlashga tayyorlar. 


Yana bir qiziq fakt, Zidan bugun Xamesni asosiy tarkibda tushirishga qaror qildi. Franciyalik murabbiy yaqinda intervyularidan birida, har bir futbolchisiga ishonishi va zarur pallada imkon berishini takidlagandi. Endi barchasi Xamesning o'ziga bog'liq.

SHubhasiz, bugun bizni o'ta shiddatli va kurashlarga boy uchrashuv kutib turibdi.

Har ikki murabbiy asosiy tarkib futbolchilari borasida qaror qabul qilib ulgurishdi. Etiborlisi, mehmonlar safida bir yo'la bir nechta kutilmagan qarorlarni ko'rish mumkin. Eden Azar va Luka Modrich o'yinni zaxirada boshlashini ko'pchiligimiz kutmaganimiz bor gap.  


YANGILASH


Real Sosedad – Real Madrid
22 iyun, 01.00, "Anoeta" San-Sebastyan, Ispaniya  

"Real Sosedad" – Remiro, Lorente, Monreal, Gorosabel, Le Norman, Merino, Subeldiya, Oyarsabal, Edegor, Portu, Isak.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Marselo, Varan, Kroos, Valverde, Xames, Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика