So’nggi yangiliklar

12:55Ёзги трансфер-2024. Суперлига клубларидаги барча ўзгаришлар битта саҳифада. Кимда қандай вазият?  5 12:54"Насаф" "Спартак"ка ютқазди, ўзбекистонлик мухлислар эса Москвада ҳам "ёрворишди"   2 12:29Жоау Феликс фаолиятини "Арсенал"да давом эттириши мумкин  1 12:07Ҳожимат Эркинов оилавий масалалар сабаб Олимпия терма жамоамиз таркибига киритилмаганми?  34 11:31«Ал Насср» Эдерсон трансферидан воз кечиши мумкин  0 11:15Ўртоқлик учрашуви. "Спартак" - "Насаф" 3:0, "Насаф" Россиянинг 10 карра чемпионини енга олмади  10 11:04Эшитдик-да! Сергей Лушчан "Навбаҳор" бош мураббийи  26 10:46«Барселона» РПЛ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  6 10:22«Немис машинаси» афсонаси терма жамоадаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  3 09:58Яна бир машҳур форвард фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 09:34Инглизлардан ҳеч ким йўқ. Европа чемпионатининг рамзий термаси маълум  8 09:09Расман: «Барселона» етакчиси операция қилинади. У йил сўнггида сафга қайтиши мумкин  7 08:44Испания термаси сардори фаолиятини «Милан»да давом эттиради — Фабрицио Романо  4 08:20Whoscored. Копа Америка мусобақасининг рамзий термаси маълум  23 07:56Расман: «Атлетико» афсонаси фаолиятини бошқа жамоада давом эттиради  2

La Liga. "Santyago Bernabeu"ga qaytgan "Real Madrid" beshta gol urdi Yangiliklar

La Liga. "Santyago Bernabeu"ga qaytgan "Real Madrid" beshta gol urdi

La Liganing 4-turi doirasidagi "Real" - "Selta" bahsi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" - "Selta" 5:2
Gollar: 0:1 – 4 Santi Mina, 1:1 – 24 Benzema, 1:2 – 31 Servi, 2:2 – 46 Benzema, 3:2 – 54 Vinisius Junior, 4:2 – 72 Kamavinga, 5:2 – 87, penalti Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Migel Guterres (Marselo, 89), Valverde, Modrich (Asensio, 79), Kazemiro, Benzema, Azar (Kamavinga, 66), Vinisius Junior (Rodrigo, 89).

"Selta" – Dituro, Malo, Arauxo, Murilo (Aydu, 89), Galan, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 46), Mendes (Solari, 52), Servi (Nolito, 63), Aspas, Santi Mina (Galyardo, 63).

Ogohlantirish: Nacho (32), Murilo (43), Vinisius Junior (55), Arauxo (63), Solari (63).

Real Madrid

Karim Benzema - 24', Karim Benzema - 46', Vinicius Junior - 54', Eduardo Camavinga - 72', Karim Benzema - 87'

LaLiga . 4-tur

13/09/2021, 00:00

2
:
5
Tugadi

Celta Vigo

Santi Mina - 4', Franco Cervi - 31'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 19874 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
24'  Karim Benzema
24'  Federico Valverde
32'  Nacho Fernandez
46'  Karim Benzema
46'  Miguel Gutierrez
54'  Vinicius Junior
54'  Karim Benzema
55'  Vinicius Junior
66'  Eden Hazard (Eduardo Camavinga)
72'  Eduardo Camavinga
79'  Luka Modric (Marco Asensio)
87'  Karim Benzema
89'  Miguel Gutierrez (Marcelo)
89'  Vinicius Junior (Rodrygo)
4'  Santi Mina
4'  Iago Aspas
31'  Franco Cervi
43'  Jeison Murillo
46'  Renato Tapia (Fran Beltran)
52'  Brais Mendez (Augusto Solari)
63'  Nestor Araujo
63'  Franco Cervi (Nolito)
63'  Santi Mina (Thiago Galhardo)
63'  Augusto Solari
89'  Jeison Murillo (Joseph Aidoo)


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


SHu tariqa, bugungi bellashuv 5:2 hisobida yakuniga etdi. "Real Madrid" "Santyago Bernabeu"ga qaytishini ajoyib g'alaba bilan nishonladi desak, mubolag'a bo'lmaydi. 

90+3-daqiqa. Qo'shib berilgan oxirgi daqiqada "Real" yana bir gol urishi mumkin edi, ammo Matias Dituroga omad kulib boqdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. O'zgarish! Mehmonlar safida ham o'zsharish ro'y berdi. Jozef Aidu Jeyson Muriloni alishtirdi.  

89-daqiqa. O'zgarishlar! Vinisius va Migel Guterres o'rniga Marselo va Rodrigo o'yinga qo'shildi.  

Darvozabon to'p yo'nalishini topa oldi, ammo Benzemaning urinishi shu qadar kuchli chiqdiki, Dituro hech nima qila olmadi. 

87-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzemadan xet-trik! 

86-daqiqa. PENALTI! Qarshi hujumni Benzema boshlab berdi, keyin Vinisius texnikasi yordamida ikki raqibi o'rtasidan to'pni tashlab, o'tib ketayotganida yiqitildi.  

79-daqiqa. O'zgarish! Modrich o'rniga Asensio maydonga tushdi. Stadiondagi tomoshabinlar Lukaning mehnatlarini munosib etirof etishdi.  

74-daqiqa. Nolito qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. 

72-daqiqa. GOOOOOOOL! Luka Modrichning reydi Eduardo Kamavinganing goli bilan yakunlandi! Franciyalik futbolchidan debyut o'yindayoq gol!  

66-daqiqa. O'zgarish! Eden Azar o'rnini Kamavingaga bo'shatib berdi.  

64-daqiqa. Ogohlantirish! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Solari Modrichga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

63-daqiqa. O'zgarishlar! Servi va Mina o'rniga Nolito va Tiago Galyardo maydonga tushdi. 

63-daqiqa. Ogohlantirish! Mehmonlar vakili Nektor Arauxo ogohlantirildi. 

60-daqiqa. "Selta" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, lekin uzatmadan keyin to'pni Kurtua baland sakrab ushlab oldi.  

Ikkinchi bo'lim ham tomoshaboplikda birinchisidan qolishmayapti.

 

55-daqiqa. GOOOOOOOL! Vinisius Junior birinchi marta "Real"ni olidnga olib chiqdi! Benzemadan assist.

53-daqiqa. Santi Mina yaxshi zarba berishni uddaladi, lekin Kurtua jamoasini qutqardi.   

52-daqiqa.  Modrichning uzatmasidan keyin Vinni qanotdan oldinga o'tib ketishi mumkin edi, lekin braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda edi.

52-daqiqa.  O'zgarish! Brays Mendesning o'rniga o'yinga Augusto Solari tushdi.

50-daqiqa. Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatildi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

48-daqiqa. O'z kuchiga ishonchi yanada ortgan mezbonlar hujumlarni davom ettirishmoqda.

46-daqiqa. GOOOOOOL! Ikkinchi bo'lim boshlandi. Va deyarli birinchi hujumdayoq Migel Guterresning uzatmasidan keyin Benzema dublni rasmiylashtirdi.  

Bo'ldi, hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi yangradi va u jamoalarni tanaffusga takliq qildi. Hozircha kamroq xatoga yo'l qo'ygan "Selta" hisobda oldinda bormoqda. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43-daqiqa. To'pga egalik qilish foiz hisobida 66 - 34 "Real" foydasiga. 

39-daqiqa. GOOOOOL! Ammo, lekin, biroq... Golli uzatmani amalga oshirgan Kazemiro o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. 

36-daqiqa. Buyog'iga endi jamoalar qanday harakat qilishi juda qiziq. "Real" yana to'p nazoratini o'z qo'liga olgandek tasavvur uyg'otmoqda.  

33-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho o'sha golli hujum boshlanayotganda raqibiga nisbatan keskin o'ynagani uchun baribir ogohlantirildi. 

32-daqiqa. GOOOOOL! "Selta" yana oldinga chiqib oldi! Franko Servi ikkinchi urinishda to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. 

29-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. Jamoalar biroz nafas rostlashmoqda.  

26-daqiqa. "Real" katta kuch bilan oldinga borishda davom etyapti, o'z navbatida "Selta" qarshi hujumlari anchagina xavfli tus olmoqda. 

24-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzema muvozanatni tikladi.

21-daqiqa. Kurtuaning uzatmasidan keyin Vinisius gol urishiga raqib posboni yo'l qo'ymadi.   

19-daqiqa. Yana "Real" futbolchilari himoyaga yaqin zonada to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'yishdi va sal qolsa, oradagi farq ikkita to'pga oshishi mumkin edi.   

14-daqiqa. Tezkor gol o'tkazib yuborgan "Real" raqibni kuchli bosim ostida ushlab turibdi, lekin hozircha yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmayapti. 

11-daqiqa. "Selta" qarshi hujumga chiqib ketishni uddalay olmadi. 

8-daqiqa. Migel Guterres hujumda paydo bo'ldi va to'p uning bosimi ostida qolgan himoyachining qo'liga tegdi, ammo hakam qo'l bilan o'ynalmadi, aynan to'p kelib qo'lga tegdi deb hisobladi. 

7-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini "Real" amalga oshirdi, ammo undan samara chiqmadi.  

6-daqiqa. Modrich jarima zarbasidan to'pni sheriklariga etkazib berishga urindi. 

4-daqiqa. GOOOOOOOL! Santi Mina hisobni ochmoqda! Himoyadagi sustkashlikdan mehmonlarning ikki vakili unumli foydalanib ketmoqda, yakuniy zarbani esa Santi Mina berdi va to'p Militaoning oyoqlari orasidan o'tib, darvozaga kirib ketdi.

2-daqiqa. Eden Azarga nisbatan qoida buzildi, xakam Tapiaga ehtiyot bo'lishni uqtirdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.

Endi esa "Real"ning sobiq futbolchilaridan biri, koronavirus sabab hayotdan ko'z yumgan Marselo Salas xotirasiga bag'ishlab bir daqiqa sukut saqlanmoqda.  

Stadion uzra mezbon klub madhiyasi yangramoqda. 

Yana bir qiziq fakt, mezbonlarning Lotin Amerikasiga borib kelgan futbolchilaridan Militao, Kazemiro, Vinisius va Valverde ilk daqiqalardan o'yinni boshlaydi hamda ularga hech qanday qo'shimcha dam berilmadi.   

Xabaringiz bor, bugungi bellashuv malum vaqt rekonstrukciya ishlari sabab o'yinlarni qabul qila olmagan "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Tribunalarda kamida 5 ming tomoshabin bo'ladi, chunki Florentino Peres stadion qurilishida mehnat qilgan barchani bugungi bellashuvga taklif qilgan. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real" - "Selta"

"Real" - Kurtua, Karvaxal, Militao, Nacho, Migel, Modrich, Kazemiro, Valverde, Vinisius, Benzema, Azar.

"Selta" - Dituro, Ugo Malo, Murilo, Arauxo, Galan, Tapia, Mendes, Denis Suares, CHervi, Aspas, Santi Mina.

Real Madrid

Karim Benzema - 24', Karim Benzema - 46', Vinicius Junior - 54', Eduardo Camavinga - 72', Karim Benzema - 87'

LaLiga . 4-tur

13/09/2021, 00:00

2
:
5
Tugadi

Celta Vigo

Santi Mina - 4', Franco Cervi - 31'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 19874 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
24'  Karim Benzema
24'  Federico Valverde
32'  Nacho Fernandez
46'  Karim Benzema
46'  Miguel Gutierrez
54'  Vinicius Junior
54'  Karim Benzema
55'  Vinicius Junior
66'  Eden Hazard (Eduardo Camavinga)
72'  Eduardo Camavinga
79'  Luka Modric (Marco Asensio)
87'  Karim Benzema
89'  Miguel Gutierrez (Marcelo)
89'  Vinicius Junior (Rodrygo)
4'  Santi Mina
4'  Iago Aspas
31'  Franco Cervi
43'  Jeison Murillo
46'  Renato Tapia (Fran Beltran)
52'  Brais Mendez (Augusto Solari)
63'  Nestor Araujo
63'  Franco Cervi (Nolito)
63'  Santi Mina (Thiago Galhardo)
63'  Augusto Solari
89'  Jeison Murillo (Joseph Aidoo)

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика