So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  1 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  0 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  6 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  48 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  375 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0

La Liga. "Real"ning g'alabali seriyasi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda yakuniga etdi Yangiliklar

La Liga. "Real"ning g'alabali seriyasi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda yakuniga etdi

La Liga 7-tur doirasida "Real Madrid" o'z uyida "Vilyarreal"ni qabul qildi.

"Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0
"Santyago Bernabeu" stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Nacho, Modrich (Azar, 73), Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio (Isko, 81), Vinisius Junior, Rodrigo (Kamavinga, 46).

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt (Mario Gaspar, 86), Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno, Kapu, Koklen (Moyses Gomes, 58), Parexo, Pino (Trigeros, 84), Pako Alkaser (Dia, 58), Danjuma (Penya, 84).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (40), Koklen (55), Moyses Gomes (70).


Real Madrid

LaLiga . 7-tur

26/09/2021, 00:00

0
:
0
Tugadi

Villarreal

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 23985 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
40'  Vinicius Junior
46'  Rodrygo (Eduardo Camavinga)
73'  Luka Modric (Eden Hazard)
81'  Marco Asensio (Isco)
55'  Francis Coquelin
58'  Francis Coquelin (Moi Gomez)
58'  Paco Alcacer (Boulaye Dia)
70'  Moi Gomez
84'  Arnaut Danjuma (Manuel Trigueros)
84'  Yeremi Pino (Ruben Pena)
86'  Juan Foyth (Mario Gaspar)


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Murosasiz kurashda hisob ochilmadi. Kim ochko yo'qotdi-yu, kim uni ishlab oldi, xulosa o'zingizdan.

SHu pallada, hakam qo'shib berilgan vaqt ham yakunlanganini malum qildi va final hushtagini chaldi. 

Mezbonlar himoyadan chiqishda to'p oshirishdagi xato va "aut". 

Azar bilan devor uslubida o'ynab, himoyachilarni biroz chalg'itgan Vinisius zarba berishga qaror qildi, lekin juda noaniq. 

Vinisius o'ziga nisbatan fol bo'lganini hakamga uqtirishga urinmoqda, ammo foydasiz. 

Kurtuadan boshqa maydondagi barcha futbolchilar "Vilyarreal" tomonida.  

Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ko'proq vaqt kutgan chog'i... 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratlari ushlab turib, birinchi navbatda darvozalari dahlsizligini taminlashmoqda.  

87-daqiqa. Valverde to'pga eta olmagach, raqibiga nisbatan qoidani buzdi.

84-daqiqa. O'zgarish! Almashtirilayotgan Xuan Foyt birdan mazasi qochib qoldi chog'i, futbolchi imkon qadar ko'proq maydonda qolishga harakat qildi va keyingina o'rnini Mario Gasparga bo'shatib berdi.  

84-daqiqa. O'zgarishlar! Arno Gryoneveld o'rnini Manu Trigerosga bo'shatib berdi.  

83-daqiqa. Alaba yana bir bor ishonchli harakat qilib, raqibning qarshi hujumga "qochayotgan" futbolchisini zararsizlantirdi.  

82-daqiqa. Ketma-ket zarbalar, ammo to'p darvozagacha etib bormayapti. 

81-daqiqa. O'zgarish! Marko Asensio o'rniga Isko maydonga tushirildi.  

80-daqiqa. Alaba raqibning xavfli hujumini qaytarib qolishga erishdi. Burchak zarbasi.  

78-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi va Kamavinganing uzatmasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa posbon ushlab oldi.  

77-daqiqa. Endi Vinisius oddiy vaziyatda to'pni raqib "sovg'a" qildi. Yaqin joyda bo'lgan Nacho qarshi hujumning oldini oldi.   

74-daqiqa. Alaba markazda to'pni olib qo'ydi va Vinisiusga tashlab berdi, braziliyalik futbolchi tezligi evaziga qulay nuqtaga chiqib bordi, ammo so'nggi zarbasi qovushmadi.   

Tajribali Anchi bu o'yinni yutishga harakat qilyapti va tavakkal yurishlardan cho'chimayapti. 

73-daqiqa. O'zgarish! Luka Modrich o'rniga Eden Azar o'yinga tushdi.  

70-daqiqa. "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasiga "qamab qo'ydi", ammo hamon mehmonlar darvozasiga yo'l topa olmayapti.  

67-daqiqa. Maydon markazida Kazemiroga nisbatan qoida buzildi.  

65-daqiqa. Marko Asensio to'pni jarima maydonchasi tomon oshirdi, Xuan Foyt xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. 

63-daqiqa. Bulae Dia Alabaga qarshi qo'pollik ishlatdi. 

Lukas Vaskes va Eden Azar maydonga tushishga tayyor turib, uchrashuvni kuzatishda davom etyapti. 

60-daqiqa. Xuan Foyt to'p uchun kurashda Benzemaning yuziga qo'li bilan zarba berib yubordi.  

58-daqiqa. O'zgarishlar! Frensis Koklen va Pako Alkaser o'rniga o'yinga Bulae Dia hamda Moyses Gomes qo'shildi. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Fransis Koklenga sariq.

55-daqiqa. Xuan Foytning uzatmasidan keyin Arno Gryoneveld zarba berishga imkon topdi, Kurtua o'z o'rnida.  

53-daqiqa. Kamavinga chap qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib keldi va uzatmani amalga oshirdi, lekin himoyachiga tekkan to'p, Benzemaga etib bormadi. 

50-daqiqa. Standart vaziyatdan keyin Militao boshi bilan zarba berdi va hisobni ochishi mumkin edi, biroq unga aniqlik etishmadi.

48-daqiqa. "Real" birinchi bo'limdagidan farqli ravishda endi bosimni kuchaytirdi va raqibni ancha erta to'psiz qoldirmoqda. 

Kamavinga to'pni raqibdan olib qo'yishda faollik ko'rsatdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Karim Benzema boshlab berdi. 

O'zgarish! Ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridan maydonga Eduardo Kamavinga tushirildi. Franciyalik yosh futbolchi Rodrigoni alishtirdi. 

45-daqiqa. "Vilyarreal" himoyadan chiqishga shoshilmadi, o'z navbatida "Real" ham u qadar kuchli bosim uyushtirmadi. SHu pallada hakam jamoalarni tanaffusga takli qildi. 

44-daqiqa. Ketma-ket ikkinchi burchak zarbasidan keyin to'p Valverdega kelib tushdi, ammo urugvaylik futbolchining darvoza tomon yo'llagan to'pi, ancha yuqoridan o'tib ketdi.  

42-daqiqa. Avvalgi o'yinda xet-trik qayd etgan Marko o'z kuchiga yana ishona boshlagani sezilib turibdi. Hozir uning zarbasini himoyachi tanasiga qabul qilib oldi.

41-daqiqa. Vinisius ulkan iqtidor hamda texnika sohibi ekanligini namoyish qilib berdi. 

40-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisius hakam qaroriga keskin etiroz bildirgani sabab sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

38-daqiqa. Arno Gryoneveld yana zarba berish uchun imkon topdi. Uning urinishi ancha kuchli, xavfli, biroq biroz noaniq chiqdi. 

35-daqiqa. Nacho raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va raqibi bilan kontaktdan keyin yiqildi. "Real" himoyachisiga hakamning penalti yo'q degan fikri maqul kelmadi.  

33-daqiqa. Alaba ishonchli harakati va Nachoning uni qo'llab- quvvatlashi oqibatida mezbonlar to'pni qaytarib olishdi.  

31-daqiqa. "Vilyarreal" juda ajoyib hujum va qulay imkoniyatga ega bo'lgandi. Bir hujumda bir nechta zarba, lekin avval Kurtua keyin himoyachilar to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'yishmadi. Qo'shimchasiga, vaziyat yakunlanishini kutgan hakamlar avvalroq aslida o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etishdi. 

29-daqiqa. Asensio to'pni egallab bir raqibini ortda qoldirid va Vinisiusning tezligidan umid qilgandi, ammo uning uzatmasi biroz qattiqroq chiqdi va raqiblar to'pni olib qo'yishdi.   

27-daqiqa. To'p bilan yana "Vilyarreal". O'tgan vaqt davomida aynan mehmonlar ko'proq to'p bilan muomalada bo'layotgandek. Jamoa nomdorroq raqibdan qo'rqmay o'ynamoqda.  

25-daqiqa. Asensio oxirigacha raqiblariga bosim uyushtirdi, ammo oxirgi pallada o'yin qoidasini buzdi.  

Burchak zarbasidan keyin Militaoning zarbasi noaniq chiqdi. 

23-daqiqa. Xeronimo Rui xavfni bartaraf etib, to'pni qaytarishni uddaladi. 

22-daqiqa. Vinisius kutilmaganda yiqilib tushgan bo'lsa ham, to'pni jamoasida olib qolishni uddaladi.  


 

21-daqiqa. Karim Benzemaning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.  

20-daqiqa. Pako Alkaser jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi.  

19-daqiqa. "Vilyarreal" to'pni nazorat qilib turibdi va hujum uchun imkon izlamoqda.  

16-daqiqa. "Real" burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin raqib qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi. SHu sababli Alaba qoidani buzishga majbur bo'ldi.  

13-daqiqa. Arno Gryoneveld jarima maydonchasiga kirib, zarba yo'lladi, Kurtua katta qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

12-daqiqa. "Real" o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirib berdi. 

11-daqiqa. Kurtua oxirgi himoyachi vazifasini alo darajada bajarib berdi.

9-daqiqa. Mehmonlar biroz o'yin tempini tushirish niyatida to'pni o'zlarida, himoyachilar orqali ushlab turishibdi.

7-daqiqa. "Vilyarreal" ijrosidagi qarshi hujum markazga yaqin hududda uzilib qoldi. 

6-daqiqa. Modrichning zarbasidan keyin himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

4-daqiqa. "Real"ning o'ng qanot orqali uyushtirmoqchi bo'lgan hujumini Pau Torres uzib qo'ydi, u to'pga Asensiodan avval etib bordi.

3-daqiqa. Valverde to'p oshirishdagi xatosidan keyin raqib keskin hujum uyushtirishi mumkin edi, ammo Kazemiro vaqtida kerakli joyda paydo bo'ldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. Stadion uzra "Real" madhiyasi yangramoqda.  

Jamoalarning ushbu o'yinga tanlagan tarkibi bilan tanishing.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Nacho, Modrich, Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo.

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno, Kapu, Koklen, Parexo, Pino, Pako Alkaser, Dandjuma.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика