So’nggi yangiliklar

13:59Футзал. Қўшниларимиз ҳам Тошкентга етиб келишди  0 13:33Футзал. Амалдаги Жаҳон чемпионлари Тошкентга етиб келишди  2 13:07ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ 83 дақиқа битта кам ўйнаб дуранг қайд этди  1 12:38Суперлига. "Нефтчи" — "Қизилқум" учрашуви Яйпанда ўтказилади  0 12:11Суперлига. "Пахтакор" - "Динамо" баҳси санаси ҳам ўзгарди  1 11:45Кожо Жоэль: "Эътиборлироқ бўлишимиз керак эди"  7 11:23Суперлига. "Динамо" — "Бунёдкор" ўйини санаси ўзгарди  2 11:00ПСЖ ва "Челси" собиқ устози АҚШ терма жамоасини ЖЧга тайёрлайди  1 10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  5 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  3 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  4 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  5 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  20 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  3

La Liga. "Real Madrid" uyida "Valensiya" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" uyida "Valensiya" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionati 23-turidan o'rin olgan markaziy bahs bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Valensiya" 2:0
14 fevral, "Estadio Alfredo Di Stefano" o'yingohi
Gollar
: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 42 Kroos.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal (Vaskes, 28), Mendi, Modrich (Isko, 79), Kazemiro, Asensio (Arribas, 71), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 79).

"Valensiya" – Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass (Li Kan In, 64), Soler (Oliva, 64), Rachich, Valexo (Gameyro, 46), Gedesh (Musa, 46), Terri Korreyya, Maksi Gomes (Kutrone, 83).

Ogohlantirishlar: Gedesh (27), Rachich (44), Terri Korreyya (46).


Real Madrid

Karim Benzema - 12', Toni Kroos - 42'

LaLiga . 23-tur

14/02/2021, 19:15

0
:
2
Tugadi

Valencia

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

45'
90'
12'  Karim Benzema
12'  Toni Kroos
28'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
42'  Toni Kroos
42'  Lucas Vazquez
61'  Ferland Mendy
71'  Marco Asensio (Sergio Arribas)
79'  Luka Modric (Isco)
79'  Karim Benzema (Mariano Diaz)
27'  Goncalo Guedes
44'  Uros Racic
46'  Manuel Vallejo (Kevin Gameiro)
46'  Goncalo Guedes (Yunus Musah)
46'  Thierry Correia
64'  Carlos Soler (Christian Oliva)
64'  Daniel Wass (Kang-In Lee)
83'  Maximiliano Gomez (Patrick Cutrone)

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real Madrid" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. 

Mariano o'ziga ajratilgan daqiqalarda faolligi bilan murabbiy etiborini qozonishga harakat qilmoqda. Bazi harakatlari qovushmayotgan bo'lsada, Dias astoydil yugurmoqda.  

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

83-daqiqa. O'zgarish! Maksi Gomez o'rnini Patrik Kutrone tushdi. 

81-daqiqa. Asosiy ishiga qaytgan Ferlan Mendi raqibiga butkul imkon qoldirmadi va elkama-elka kurashda uni maydondan chiqarib yubordi. 

79-daqiqa. O'zgarish! "Qirollik klubi"da futbolchilar almashmoqda. Modrich va Benzema uchun bugungi bellashuv yakunlandi. Ularning o'rnini Isko va Mariano egallashdi.   

78-daqiqa. Ferlan Mendi markaziy hujumchi poziciyasida paydo bo'ldi va Benzemada to'pni qabul qilib olib, zarba yo'lladi, lekin o'ng oyoqda berilgan zarba juda kuchsiz chiqdi. Natijada, hisob o'zgarmadi.  

76-daqiqa. Zaxiradan maydonga tushgan Yunus Musa jarohat olib, maydonda yotibdi. Buni ko'rgan Kroos o'yinni to'xtatilishi uchun to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

71-daqiqa. O'zgarish! Marko Asensio o'rniga Serxio Arribas o'yinga qo'shildi. 

70-daqiqa. Himoyachidan pas qabul qilib olgan Modrich uzoq o'ylab o'tirmay, zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq.  

66-daqiqa. Vinisius qanotdan oldinga o'tdi va sheriklari ortda qolib ketganini tushunib, to'pni saqlab qolishni uddaladi. Himoyachi unga nisbatan qo'pollik ishlatishdan boshqa chora topa olmadi. 

63-daqiqa. Mmm, biroz tushunarsiz holat. Avvaliga golni inobatga olgan hakam soniyalar o'tgach, fikrini o'zgartirdi. O'yindan tashqari holat qayd etildi va gol inobatga olinmadi. 

61-daqiqa. GOOOOOOOL! O'ziga xos kombinaciya natijasida Vinisius ham Ferlan Mendi ham qanotda katta bo'sh hududga ega bo'lishdi va yakunlovchi zarbani franciyalik himoyachi yo'lladi. 

60-daqiqa. "Valensiya" chap qanotdan hujum uyushtirishga harakat qilib ko'rdi, lekin Gayya to'pga eta olmadi. 

58-daqiqa. "Real" ijrosidagi pozicion hujum Benzemaning ikkilanishi va tushunarsiz harakati sabab oxiriga etmay qoldi. 

56-daqiqa. To'pga etib olishdagi o'ziga xos "sprint"daTerri Korreyya raqibi Vinisiusga imkon qoldirmadi. Vaholanki Vinisius ham qanday tezlikka egaligini yaxshi bilamiz.   

55-daqiqa. Kazemiro yana bir bor ajoyib harakat qildi, braziliyalik futbolchi "podkat"da raqib yo'llagan zarbani darvozagacha etib bormasligini taminlay oldi. 

Germaniyalik futbolchi biroz oqsoqlayotgan bo'lsada, o'rnidan turdi va o'yinni davom ettiradigandek. 

54-daqiqa. Toni Kroos raqibidan zarba qabul qilib olgach, maydonda yotibdi...  

53-daqiqa. Maksimiliano Gomes jarima maydoniga kirmasdan kuchli zarba yo'lladi Tibo Kurtua ishonchli harakat qildi. 

51-daqiqa. "Real" to'pni yo'qotgani hamonoq pressingga kirishib, juda tezda to'pni qayta olib qo'ymoqda. 

49-daqiqa. Marko Asensio deyarli maydon markazida to'pni qabul qilib, bir nechta raqibini ortda qoldirdi va zarba yo'lladi, lekin to'p yo'liga ham himoyachilardan biri to'g'anoq bo'ldi.   

48-daqiqa. Benzemaning uzatmasi o'tganda Vinisius darvozabon bilan birga-bir qolib ketardi. 

47-daqiqa. "Real" futbolchilari himoyada raqib pressingidan ishonchli tarzda chiqib keta olishdi. 

46-daqiqa. Ogohlantirish! Karim Benzema ikkinchi bo'limni boshlab berdi va darhol Vinisiusga nisbatan o'ta qo'pol o'ynagan Korreaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

Ikkinchi bo'lim oldidan mehmonlar tarkibida o'zgarishlar. Gonsalo Gedesh va Manu Valexo o'rniga Kevin Gameyro va Yunus Musa "jangga" tashlandi.    

Bo'ldi, birinchi bo'lim yakunlandi. O'yin jihatidan ustunlikka erishgan, faolroq va xavfliroq hujum qilgan mezbonlar hozircha oldinda.  

45+1-daqiqa. CHarchamaydigandek ko'rinadigan Kazemiro soniyalar ichida uch bor raqiblari bilan to'p uchun kurashga kirishdi va ularning hech birini to'p bilan oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi.  

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Ogohlantirish. Urosh Rachich qo'polligi uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

43-daqiqa. Mezbonlardan yana bir xavfli hujum, bu safar Benzema zarba yo'lladi, lekin darvozabon to'pni egallab oldi.  

42-daqiqa. GOOOOOOOL! Toni Kroos oradagi farqni oshirdi. Modrich, Vaskes - Kroos kombinaciyasini germaniyalik ajoyib zarba bilan yakunladi. 

40-daqiqa. Luka Modrich ustasiga farqi yo'q deb, chap oyoqda ham kuchli va aniq zarba yo'lladi, Domenek o'z o'rnida. 

38-daqiqa. Lukas Vaskesning uzatmasidan keyin Karim Benzema boshi bilan zarba berdi, ammo noaniq.

33-daqiqa. Nacho kutilmaganda raqib hujumini boshlab beruvchi uzatmani amalga oshirdi, lekin himoyachilarga yordamga kelgan Vinisius to'pni raqibidan olib qo'ydi va o'z jamoasini olg'a boshladi.  

31-daqiqa. Bu safar Nacho jabrlanuvchi rolida. "Qaymoqranglilar" muxlislari hozir bir nafas olib, engil tortishgan bo'lsa ajab emas. Sababi yana bir himoyachini yo'qotish... Jamoani o'ta qiyin holatga tushirib qo'yardi. 

Aynan bugungi o'yindan avval safga qaytgan bir futbolchini boshqasi almashtirdi. 

28-daqiqa. O'zgarish! Jarohatlangan Dani Karvaxal o'rnini universal Lukas Vaskes egalladi.  

27-daqiqa. Ogohlantirish. Varanga nisbatan qo'pollik uchun Gonsalu Gedesh ogohlantirildi. 

25-daqiqa. O'zi jarohatlar etmayotgandek, Karvaxal oddiy vaziyatda jarohat olganga o'xshaydi. Ispaniyalik himoyachi darhol to'xtadi, zaxira o'rindig'i tomon ishora qilib, to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l oldi.

22-daqiqa. "Valensiya" futbolchilari markazda kombinaciyalarida bosh hakamni ham ishtirok etishini taminlashdi.  

21-daqiqa. O'ng qanotdan rivodlantirilgan hujumda bevosita ishtirok etgan Marko Asensio o'yindan tashqari holatda deb topildi. Ammo takroriy lavhada yaqqol ko'rindiki, ispaniyalik yarim himoyachi himoyachidan orqaroqda ham bo'lgan ekan. 

18-daqiqa. Benzema yana kutilmagan nuqtada paydo bo'ldi va raqiblari shoshirib qo'ydi, lekin bu safar hujum gol bilan yakunlanmadi. 

16-daqiqa. "Valensiya"ning urinishi besamar ketdi. 

Tezkor hujum bir qarashda u qadar xavfli ko'rinish olmayotgandek edi, lekin Benzema kutilmaganda aylanma zarba bilan darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi.  

12-daqiqa. GOOOOOOOOL! Karim Benzema aylanma zarbasi bilan hisobni ochdi.

10-daqiqa. "Valensiya" hujum tashkil etdi. CHap qanotdan oldinga o'tgan Gayya uzatmani amalga oshirdi, lekin sheriklari bu to'pga etib kela olishmadi. 

8-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Kazemiro kutilmaganda kulchi zarbasi bilan yakunladi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan oyoqlari yordamida to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasidan keyin esa Asensioning zarbasi qovushmadi. 

7-daqiqa. Kazemirodan maydon markaziga yaqin hududda "podkat" tashlash bo'yicha "master-klass".

6-daqiqa. Madridliklarning urinishi to'p oshirishdagi xato tufayli uzilib qoldi va keyin safga qaytgan Dani Karvaxal raqibi Xose Gayyani yiqitishga majbur bo'ldi.  

4-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi. 

2-daqiqa. Hakam har ikki futbolchidan hol-axvol so'rab, hammasi joyida ekanligi va o'yinni davom ettirish zarurligini bildirdi. 

Oxirgi o'yinlarda "Qirollik klubi" gollari muallifi bo'layotgan Varan shu ishni bajarayotgan hamyurti Benzemaga to'pni uzatdi, Karim himoyachi bilan to'qnashgach, jarima maydoni ichida yiqilib yotibdi. 

1-daqiqa. O'yin start oldi. Uni "Valensiya" vakillari boshlab berishdi

Bir daqiqa sukut saqlandi. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib azolari birin-ketin maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" – "Valensiya"

20.15, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal, Mendi, Modrich, Kazemiro, Asensio, Kroos, Vinisius Junior, Benzema.

"Valensiya" – Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass, Soler, Rachich, Valexo, Gedesh, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика