So’nggi yangiliklar

17:40"Тоттенхэм" Галлахерни ўз сафида кўрмоқчи  1 17:14Эшитдик-да! "Бунёдкор" икки нафар футболчи билан хайрлашади. Улардан бири "Локомотив"га ўтмоқда  5 16:30Лукаку "Наполи"га ўтишга яқин  2 16:04"Атлетико" Альварес трансфери устида ишламоқда  2 15:39Месси терма жамоадаги шерикларига қулоқчинлар совға қилди  7 15:08Хайр, Саутгейт! Англия терма жамоаси устози ишдан бўшатилди  13 14:52Испания қироли миллий терма жамоани Евро-2024даги ғалаба билан табриклади  0 14:21Мбаппе Мадридда тиббий кўрикдан ўтди ва мухлислар билан кўришди  9 13:55Эшитдик-да! "Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Динамо"га ўтмоқда   2 13:32"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Санжарбек Алимуҳамедов  1 13:28Чеферин 2027 йилдан кейин ҳам УЕФА раҳбари бўлиб қолиши мумкин  1 12:55Ёзги трансфер-2024. Суперлига клубларидаги барча ўзгаришлар битта саҳифада. Кимда қандай вазият?  9 12:54"Насаф" "Спартак"ка ютқазди, ўзбекистонлик мухлислар эса Москвада ҳам "ёрворишди"   10 12:29Жоау Феликс фаолиятини "Арсенал"да давом эттириши мумкин  4 12:07Ҳожимат Эркинов оилавий масалалар сабаб Олимпия терма жамоамиз таркибига киритилмаганми?  56

La Liga. CHempionlik kurashi davom etadi. "Real Madrid" uyida "Osasuna"ni engdi Yangiliklar

La Liga. CHempionlik kurashi davom etadi. "Real Madrid" uyida "Osasuna"ni engdi

Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Osasuna" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" - "Osasuna"
Gollar
: 1:0 – 76 Militao, 2:0 – 80 Kazemiro.


"Real Madrid" – Kurtua, Odriosola, Militao, Marselo (Migel Guterres, 64), Varan (Nacho, 46), Asensio (Arribas, 83), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 64), Antonio Blanko, Azar (Isko, 72), Benzema.

"Osasuna" – Errera, Vidal, Sanches, Aridane, David Garsiya, Torro (Xoni Rodriges, 84), Monkayola, Roberto Torres (Barxa, 81), Ruben Garsiya (Adrian, 81), CHimi Avila (Budimir, 64), Martines (Brashanac, 64).

Ogohlantirish: Martines (54), Oyer Sanxurxo (55).


Real Madrid

Eder Militao - 76', Casemiro - 80'

LaLiga . 34-tur

02/05/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Osasuna

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
46'  Raphael Varane (Nacho Fernandez)
64'  Marcelo (Miguel Gutierrez)
64'  Vinicius Junior (Rodrygo)
72'  Eden Hazard (Isco)
76'  Eder Militao
76'  Isco
80'  Casemiro
80'  Karim Benzema
83'  Marco Asensio (Sergio Arribas)
55'  Javi Martinez
55'  Oier
64'  Ezequiel Avila (Ante Budimir)
64'  Javi Martinez (Darko Brasanac)
81'  Ruben Garcia (Adrian Lopez)
81'  Roberto Torres (Enrique Barja)
84'  Lucas Torro (Jony)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+3-daqiqa. Bo'ldi, "Osasuna"ning navbatdagi urinishi omadsiz chiqdi va bosh hakam final hushtagini chaldi. 

90+1-daqiqa. Benzema Rodrigo bilan jarima maydoni ichida devor uslubida o'ynab, 3-4 nafar raqiblarini dog'da qoldirishga urinib ko'rdi...  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.    

Yana bir muhim jihat, bugun zaxiradan o'yinga qo'shilgan "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchilari ham dadil o'yin ko'rsatishdi. Va albatta Iskoni ham alohida tilga olsak, arziydi. Ispaniyalik futbolchi baribir ulkan iqtidor sohibi ekanligi uning o'yinidan sezilib turadi.  

87-daqiqa. Iskoning zarbasidan keyin bo'lmadi disko. Biroz noaniq.  

85-daqiqa. Isko maydon markazida Kroos va Modrich yo'qligida to'pni "qaymoqranglilar" nazoratiga ushlab turishni taminlamoqda. 

83-daqiqa. O'zgarish! Marko Asensio o'rnini Serxio Arribasga bo'shatib berdi. 

82-daqiqaga kelib, zarbalar 7:1 tabiiyki "Real" foydasiga. 

80-daqiqa. O'zgarish! Ruben Garsiya ("Osasuna") o'rniga Adrian o'yinga qo'shildi. 

Benzema to'pni jarima maydonigacha olib bordi va Kazemiroga o'tkazib berdi, tanya yarim himoyachi to'pni o'ziga o'nglayman deb, gol urib qo'ydi. 

80-daqiqa. GOOOOOOL! Kazemiro zarba bermay, gol urmoqda. 

Rodrigoga nisbatan qo'pollik ishlatildi, lekin "Osasuna" futbolchisi bu qarordan norozi.  

78-daqiqa. Endi mehmonlar oldinga borishga majbur. 

So'nggi daqiqalarda maydondagi futbolchilarning deyarli hammasi "Osasuna" jarima maydoni ichida to'planib olgandi. Bu narsa oxir-oqibat gol bo'lishiga sabab bo'ldi. Havodan uzatilgan to'pni Militao boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.  

76-daqiqa. GOOOOOOOL! Eder Militao hisobni ochmoqda.

To'p oldida Marko Asensio, lekin uning uzatmasidan keyin Isko to'p oshirishi o'xshamadi. 

74-daqiqa. Rodrigo o'ng qanotda to'pni qabul qilib oldi va bir raqibini aldab o'tgandi, lekin jarima maydoniga kirib ulgurmasidan yiqitildi. Jarima zarbasi.

72-daqiqa. O'zgarish! Eden Azar o'rniga Isko o'yinga qo'shildi.

70-daqiqa. Torres o'zini aldab ketayotgan Nachoga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatdi. 

67-daqiqa. Rodrigo markazdan jarima maydoniga yaqinlashib keldi va zarba berdi, darvozabon ham eta olmagan to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi.  

66-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Migel Guteres ishonch bilan oldinga harakat qildi va to'pni Asensioga etkazib berib, hujumni davom ettirdi. 

64-daqiqa. O'zgarish! Marselo o'rnini Migel Guteresga bo'shatib berdi. Rodrigo esa Vinisiusni almashtirdi. 

62-daqiqa. Militao jamoadoshining noaniq uzatmasidan keyin raqibning qarshi hujumini katta qiyinchilik bilan oldini oldi.  

61-daqiqa. Vaaauv! O'ng qanot futbolchisining uzatmasidan keyin "Osasuna" vakili jarima maydoni markazida to'pni bemalol, yonida himoyachilarsiz to'pni qabul qilgandi... Biroq texnik xato sabab potencial o'ta xavfli vaziyat yo'qqa chiqdi. 

59-daqiqa. Marko Asensioning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. "Real" uchun navbatdagi burchak zarbasi. 

Jarima zarbasini Marko Asensio amalga oshirdi. Uning uzatmasidan keyin Militao raqib jarima maydoni ichida paydo bo'lib, kuchli zarba bera oldi, ammo noaniq. 

55-daqiqa. Ogohlantirish! Xaver Martinesga Azarning oyog'ini bosib olib, qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi.  

54-daqiqa. Xon Mankoyola kuchli zarba berdi, Kurtua qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.  

51-daqiqa. Vinisius himoyachining uzatmasini yo'lda ilib oldi va oldinga intildi, lekin vinger na to'pni Benzemaga etkazdi, na o'zi darvoza tomon zarba berdi. 

49-daqiqa. Hakam "Osasuna" darvozabonining oldiga kelib, vaqtni cho'zmaslik zarurligini, aks holda oqibati yomon bo'lishini uqtirdi. 

48-daqiqa. Birinchi taymda bo'lgani kabi Alvaro Odriosola ancha faol, ammo hozircha uning faolligi aniq samarali harakatlarga aylanmayapti.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Javob hujumida yana Odriosolaning qanoti ishladi, ammo ish yakuniy zarbagacha etib bormagach, hakam jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

45-daqiqa.  GOOOOOL!   "Osasuna" bo'lim oxirida Kurtua darvozasiga yo'l topdi, lekin yon hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

Bo'lim yakunlanib bormoqda, o'yinni ancha faol boshlaganiga qaramay, Zidan shogirdlari hozircha gol ura olishmadi. 

42-daqiqa. Marseloning uzatmasidan keyin to'p jarima maydonidan o'tib ketdi.

40-daqiqa. Odriosola uzatgan to'pga intilayotgan Benzema himoyachi Aridan Umperresga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

38-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. Bu qaysidir manoda "Osasuna" mehnatlari samarasi hisoblanadi.

36-daqiqa. Asensio hujumda fol ishlatdi va hakam buni etibordan chetda qoldirmadi. 

34-daqiqa. "Osasuna" standart vaziyatdan naf chiqara olmay, ortga qaytmoqda. 

32-daqiqa. Vinisiusda vaziyat yuzaga keldi va braziliyalik zarba yo'lladi, ammo biroz noaniq. 

28-daqiqa. Asensioning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi. Blankoning ajoyib uzatmasidan keyin Militao bosh bilan yana zarba bera oldi, darvozabon chiziq ustida to'pni to'xtatib qoldi. 

26-daqiqa. Bir daqiqa ichida "Osasuna" posboni Serxio Errera ikki bor jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. Avvaliga Azar o'ng oyoqda zarba bergandi, burchak zarbasidan keyin Militao boshi bilan to'pni darvozaga yo'llagandi. 

25-daqiqa. Azardan ajoyib uzatma! Keyin Asensioning uzatmasini himoyachi qaytardi, ammo ungacha Edenning amalga oshirgan uzatmasini alohida etirof etish zarur.    

23-daqiqa. Uxxx! Manuel Sanchesning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi va Kurtua katta qiyinchilik bilan darvozaga ketayotgan to'pni qaytarib qoldi.   

21-daqiqa. Odriosola qanotdan oldinga o'tib ketayotganida yiqitildi, standart vaziyat.

18-daqiqa. Militao sal qolsa to'pni Kurtuaga qaytaraman deb, darvozaga yo'llab qo'yishi mumkin edi. Tibo sherigi xatosini to'g'rilab ketdi.  

17-daqiqa. "Real" katta kuch bilan himoyalanayotgan mehmonlar himoyasini yorib o'tishda muammolarga duch kelmoqda. 

15-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Marko Asensio zarba bilan yakunladi, ammo yana noaniq. 

14-daqiqa. Kazemirooo! Braziliyalik deyarli maydon markazidan zarba berib qoldi, chamasi to'p darvozaga biroz aniq borganida posbon jamoasini goldan qutqarib qololmasdi. 

11-daqiqa. Asensio raqiblari etiborini o'ziga tortib, to'pni markazroqqa tashlab berdi, lekin Kazemironing zarbasi qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq bo'ldi. 

10-daqiqa. "Osasuna" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, lekin har ikki safar qanotdan uzatmalar jarima maydonchasi tepasidan o'tib ketaverdi. 

9-daqiqa. Benzema kutilmaganda qarshi hujumni boshlash o'rniga, raqib futbolchisi zarba berishiga zamin yaratdi, ammo CHimi Avilaning urinishidan keyin to'p to'g'ri Kurtuaning qo'liga borib tushdi. 

6-daqiqa. Kutilganidek, ilk daqiqalardan mezbonlar ustunlikni o'z tomonlariga og'dirib olishdi va Azar jarima maydoniga yorib kirib, Benzemani to'p bilan taminlamoqchi bo'lganida, himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi, ikkinchi urinishda esa Asensioning zarbasi qovushmadi. 

3-daqiqa. Eden Azar futbolni sog'ingani va yana katta sahnaga qaytishni istashi tabiiy. Hozirgi vaziyatda to'pni egallagan belgiyalik futbolchi bir necha sherigi bo'lishiga qaramay, oxirgacha o'zi bordi va zarba berdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

2-daqiqa. "Real" dastlabki urinishini o'ng qanotdan amalga oshirmoqchi edi, lekin Odriosola raqiblarini alday olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Bugun uzoq tanaffusdan keyin Eden Azarni asosiy tarkibda maydonga tushganining guvohi bo'lamiz azizlar.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Real Madrid" – "Osasuna"

00.00, "Estadio Alfredo Di Stefano"

"Real Madrid" – Kurtua, Odriosola, Militao, Marselo, Varan, Asensio, Kazemiro, Vinisius Junior, Antonio Blanko, Azar, Benzema.

"Osasuna" – Errera, Vidal, Sanches, Aridane, David Garsiya, Torro, Monkayola, Roberto Torres, Ruben Garsiya, CHimi Avila, Martines.

Real Madrid

Eder Militao - 76', Casemiro - 80'

LaLiga . 34-tur

02/05/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Osasuna

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
46'  Raphael Varane (Nacho Fernandez)
64'  Marcelo (Miguel Gutierrez)
64'  Vinicius Junior (Rodrygo)
72'  Eden Hazard (Isco)
76'  Eder Militao
76'  Isco
80'  Casemiro
80'  Karim Benzema
83'  Marco Asensio (Sergio Arribas)
55'  Javi Martinez
55'  Oier
64'  Ezequiel Avila (Ante Budimir)
64'  Javi Martinez (Darko Brasanac)
81'  Ruben Garcia (Adrian Lopez)
81'  Roberto Torres (Enrique Barja)
84'  Lucas Torro (Jony)

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика