La Liga. "Real Madrid" bu safar ikkinchi bo'limda 3ta gol urdi va 3 ochkoni qo'lga kiritdi
19 iyu 2020 03:10
Yangiliklar


La Liga. "Real Madrid" bu safar ikkinchi bo'limda 3ta gol urdi va 3 ochkoni qo'lga kiritdi
Birinchi bo'lim nisbatan teng kurashlar ostida o'tganiga qaramay, mezbonlar mahorat bobida raqibdan ustun ekanliklarini isbotlay olishdi va ikkinchi bo'limda javobsiz 3ta gol urishdi.
Karim Benzema dublga erishgan bo'lsa, uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytgan Marko Asensio birinchi zarbasi bilanoq raqib darvozasini ishg'ol qildi. Qayd etish lozim Marko shuningdek uchinchi golda ham samarali uzatmani amalga oshirdi.
SHunday qilib, "Real Madrid" ishonchli g'alabani va u bilan birga 3 ochkoni qo'lga kiritdi. "Barselona" bilan oradagi farq yana 2 ochkogacha qisqardi. Kurash davom etadi.
Ispaniya chempionati. 29-tur
"Real" - "Valensiya" 3:0
18 iyun, "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Gollar: Karim Benzema 61, 86. Marko Asensio 74`.
"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde (Asensio, 74), Azar (Vinisius Junior, 82), Benzema.
"Valensiya" – Sillessen, Gayya, Mangalya, Gilyamon, Vass, Soler (CHeryshev, 69), Kondogbia, Parexo (Koklen, 69), Ferran Torres (Gedesh, 59), Rodrigo (Li Kan In, 76), Maksi Gomes (Gameyro, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (24), Gilyamon (84).
CHetlatish: Li Kan In (89).
Real Madrid Karim Benzema - 61', Marco Asensio - 74', Karim Benzema - 86' |
LaLiga . 29-tur 19/06/2020, 02:00 0
:
3
Tugadi
|
Valencia |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Jose Sanchez
O’xshash yangiliklar

Fikrlar