La Liga. "Real Madrid" 10 o'yindan buyon ilk bor mag'lub bo'ldi
30 jan 2021 22:59
Yangiliklar


La Liga. "Real Madrid" 10 o'yindan buyon ilk bor mag'lub bo'ldi
Ispaniya chempionati 20-turi doirasida Madridning "Real" klubi o'z uyida "Levante"ni qabul qildi.
Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati doirasida 28 noyabrdan buyon ilk bor mag'lub bo'ldi. O'shanda Zizu shogirdlari "Alaves"ga imkoniyatni boy bergandi (1:2).
"Real Madrid" "Alaves" bilan o'yindan keyin va "Levante"ga qarshi bellashuvgacha 7 ta g'alaba hamda 2 durang qayd etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar