La Liga rahbari: "Vinisius albatta "Oltin to'p"ni yutadi. U hozir dunyoning 3-4 eng yaxshi futbolchisidan biri"

Narzulla Saydullayev
12 may 2023, 08:36
La Liga rahbari "Real" vakili Vinisius qachondir "Oltin to'p"ni yutishiga ishonadi.

"Ikki yil oldin Burger King rahbari bilan suhbatlashganim yodimda. O'sha paytda meni tanqid qilishardi va shunday degandim: "O'ylashimcha, Vinisius – yulduz". Bir qaranglar.

Menimcha hozir u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri. Vinisius FIFPro ramziy terma jamoasi va "Oltin to'p"ga da'vogarlar orasida yo'qligidan ajablangandim.

U hozir dunyoning eng kuchli 3-4 futbolchisidan biri va qachondir albatta "Oltin to'p"ni yutadi, – dedi Xaver Tebas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com