So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

La Liga. Mavsumning eng yaxshi yashirin "qurol"lari Yangiliklar

La Liga. Mavsumning eng yaxshi yashirin "qurol"lari

Bugun "Sevilya derbisi" bilan La Liga o'yinlariga restart berilganidan xabaringiz bor.

Hozir mazkur chempionatning eng yaxshi zahira vakillari to'g'risida so'z yuritishni lozim topdik. Demak, quyida asosiy vaqtini zahira o'rindig'ida o'tkazadigan, imkoniyat berilishi bilan maydonga tushib, o'yinning borishini o'zgartirib yuboradigan futbolchilar haqida.

Anssumane Fati Vieyra

So'nggi yillarda Kataloniyaning "Barselona" klubi o'z ananalaridan uzoqlashgandek tuyulmoqda. Jumladan, jamoa tarbiyalanuvchilariga ishonch bildirib, asosiy tarkibga jalb qilish holatlari kamayib ketdi. Akademiyada tarbiya topgan o'yinchilarning aksari klubga moliyaviy foyda olib keladigan transfer bitimlarining bir qismiga aylanyapti. Ehtimol, Ansu Fatini ham shunday taqdir kutib turgandir, ammo yigitcha o'ziga berilgan minimal imkoniyatlardan maksimal darajada foyda chiqara oldi. 

"Barselona" uchun 2019/20 yilgi mavsum hujum chizig'idagi yo'qotishlar bilan boshlandi. Lionel Messi, Usmon Dembele va Luis Suares kabi futbolchilar lazaretdaligida E.Valverde hujumning chap qanotida jiddiy muammolarga duch keldi.

Og'ir vaziyatda mutaxassis oldida klub akademiyasiga murojaat qilishdan boshqa chora qolmadi. Valverdening tanlovi bisaulik 16 yoshli vinger bo'ldi. Fati tez orada asosiy jamoa tarkibiga qo'shildi, birozdan keyin butun futbol jamoatchiligining nazariga ham tushdi. 

Iqtidorli futbolchi La Ligada 16 o'yinda (jami 738 daqiqa) 4 gol, bitta samarali uzatmaga mualliflik qilgan. SHuningdek, ECHLda ham debyut golini urgan Ansu "ko'k-anorranglilar" bilan 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan ilk professional shartnomasiga imzo chekdi (2 yilga uzaytirish sharti bilan).


Mish-mishlarga ko'ra, MYU Fati uchun 100 mln evrodan voz kechishga tayyorligini malum qilgan, biroq katalonlar taklifni ko'zlarini chirt yumgani holda rad qilibdi. Endigina 17 yoshni qarshilagan Fati hozircha "Barselona"ning zahira o'yinchisi hisoblanadi. Lekin butun Kataloniya aholisining ishonchi komilki, u klubning yangi erasidagi asosiy figuraga aylanadi.

Vinisius Joze Payshan de Oliveyra Junior

"Flamengo" tarbiyalanuvchisi "Real"dagi ikkinchi mavsumini o'tkazyapti. Dastlab, "Kastilya" safida ko'rinish bera boshlagan vinger keyinchalik asosiy jamoa safiga safarbar qilindi. Yosh braziliyalikning ruhiyatida biroz muammolar bor, hayajon tasirida xatolarga yo'l qo'ya boshlagan futbolchi kelajagi borasida tashvishga ham tushib qolgandi. Hattoki, gol urgan payti ko'zlari yoshlanganiga ham guvoh bo'ldik. So'nggi paytlarda uning ishlari ancha o'nglanib qoldi. Zinedin Zidanning ishonchini qozonishga erishdi chog'i, ko'proq maydonga tushishni boshladi.

Junior La Ligada 19 uchrashuv o'tkazdi va 2 gol, 1ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Zidan 19 yoshli futbolchini doimiy ravishda rotaciya qilib turadi va bu uning foydasiga ishlayapti.


Ayni paytda Vinisius "qirollik klubi"dagi eng kreativ ijrochilardan biri hisoblanadi. Vinger Ispaniya chempionatidagi jarima maydonchasi ichida to'p bilan eng ko'p muomala qmladigan  o'yinchilar qatorida etirof qilinadi. SHubha yo'qki, iqtidorli futbolchining "blankos"da uzoq yillar davomida to'p tepish imkoni bor. Uning keyingi faoliyati qanchalik omadli chiqishi esa faqatgina o'ziga bog'liq.

Darvin Daniél Machis Markano

"Granada" forvardini bilmasangiz kerak. Jamoalarini tez-tez almashtiradigan futbolchini eslab qolish qiyin. Darvin Machis allaqachon A Seriya, Portugaliya chempionatining ikkinchi ligasi, hattoki, Ispaniya primerasining 3-divizionida ham to'p surishga ulgurdi. O'tgan mavsumni "Kadis" bilan Segundada o'tkazga futbolchi endi "Granada"da javlon urmoqda.

Venesuela terma jamoasi azosi o'zining yangi klubi uchun yaxshi topilmaga aylandi. Asosiy tarkib vakili hisoblanamasa-da, muntazam ravishda samarali harakatlari bilan ajralib turibdi. Har o'yin o'rta hisobda 55 daqiqa maydonda harakatlanadigan futbolchining hisobida 6 gol, 3ta asist bor. 

Machis – yulduzlikdan ancha yiroq. Uning Vinisius yoki Fatidek potensiali ham yo'q, ammo "Granada" darajasi uchun foydali futbolchi. Zahira vingeri jamoa hujumlarida faol qatnashadi va kamdan-kam holatlarda to'pni yo'qotadi. SHuningdek, Darvin Amerika Kubogi rekordchisi hisoblanadi. U XXI asrda musobaqada urilgan eng tezkor gol muallifidir - 2019 yilda o'tkazilgan "Kopa Amerika"da Boliviya darvozasiga o'yinning 76-soniyasida yo'l topgan.


Arturo Erasmo Vidal Pardo

CHililik futbolchi "Barselona"da zahira o'rindig'ining doimiy vakiliga aylanib qoldi. Ammo Vidal maydonga tushishi bilan o'yin tizginini keskin burib yuboradi. Joriy mavsum yarim himoyachining 87 % uzatmalari aniq chiqyapti, bu jamoa hujumlarini qo'llab-quvvatlash uchun muhim. SHuningdek, Arturo yakkakurashlarning 67 foizini o'z foydasiga hal qiladi. Atigi 4ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan futbolchi La Ligada 6ta gol urdi, 2 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyatni yaratib berdi.

SHunga qaramay, etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan yarim himoyachi katta ehtimol bilan "Barselona"ni tark etsa kerak.

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика