So’nggi yangiliklar

01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  4 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24

La Liga. Mag'lubiyatlar og'ushidagi “Real Madrid” autsayder “Ueska”ga qarshi va 22-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. Mag'lubiyatlar og'ushidagi “Real Madrid” autsayder “Ueska”ga qarshi va 22-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

Ispaniya chempionatining boshlanajak 22-tur uchrashuvlari haqida so'z olib boramiz.

“Kuchli beshlik” chempionatlari orasida o'zining El-klassikosi bilan alohida ajralib turadigan Ispaniya chempionati o'yinlari davom etadi. 22-tur o'yinlari haqida yozishimizdan avval o'tgan turni eslab o'tamiz. 

21-tur o'yinlari kutilganidek qiziqarli kechdi. Tur sensaciyasi, shubhasiz, “Real Madrid”ning o'z maydonida “Levante”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgani bo'ldi. “Barselona” esa Ispaniya Superkubogi finalidagi alamini “Atletik Bilbao”dan oldi. “Kamp Nou”da bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. SHu orqali kataloniyaliklar 2-o'ringa ko'tarilib olishdi. Garchi, “Real” bilan ochkolar va o'tkazilgan o'yinlar soni teng bo'lsa-da, gollar nisbati evaziga “Barselona” bir pog'ona tepada. “Atletiko Madrid” o'z yo'nalishida davom etadi. “Kadis” mehmoni bo'lgan jamoa 2:4 hisobida g'alabaga erishdi. Turnir autsayderlari – “Valyadolid” – “Ueska” bahsida esa mehmonlar ustunlik qilishdi: 1:3. SHu va boshqa natijalar bilan 21-tur o'z nihoyasiga etdi. 

Boshlanajak 22-tur o'yinlari haqida esa quyida malumot olishingiz mumkin.


22-turni “ochib” beruvchi o'yin: “Alaves” – “Valyadolid”

Bu uchrashuv boshlariga qaraganda anchagina qiziqarli bo'lishi jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan ham malum. “Alaves” 19 ochko bilan 18-o'rinda joylashgan bo'lsa, “Valyadolid” 20 ochko bilan 16-o'rinda. Atigi 1 ochkolik farq, qizig'i ushbu o'yin “Alaves” maydonida bo'lib o'tadi. Mehmonlar esa o'tgan tur mag'lub bo'lishgan va tabiiyki jamoaga ochko kerak. jadvalda sal bo'lsa ham yuqorilash uchun bo'lib o'tadigan o'yin 5 fevraldan 6 fevralga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 43 o'yinning 16 tasida “Alaves”, 19 tasida “Valyadolid”ning qo'li baland kelgan. 8 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Rodrigo Eli (“Alaves”). Xavi Sanches, Fede San Emeterio, Kiko Olivas, Raul Garsiya, Markos de Souza, Saydi Janko (“Valyadolid”).


Mag'lubiyatlar og'ushidagi “Real Madrid” autsayder “Ueska”ga qarshi

“Real Madrid” muammolar girdobiga kirib qolgan deyilsa, xato bo'lmaydi. Jamoa Ispaniya kubogi doirasida Segunda vakili “Alkoyano”ga mag'lub bo'ldi, o'tgan tur esa “Levante”ga imkoniyatni boy berdi. Endigi raqibi esa turnir jadvalida oxirgi o'rinda turgan “Ueska” jamoasi. Qizig'i, “Ueska” o'tgan tur mehmonda “Valyadolid”ni mag'lub qilishga erishdi. Agar Madrid jamoasi ushbu uchrashuvda ham mag'lub bo'lsa egallab turgan o'rnidan ajrab qolishi mumkin. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 6 fevral 20:15 da boshlanadi.

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan atigi 3 uchrashuvning barchasida “Real Madrid” g'alaba qozongan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pedro Moskera, Pablo Insua, Antonio Valera, Xuan Karlos, Sandro Ramires (“Ueska”). Federiko Valverde, Nacho, Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Lukas Vaskes, Rodrigo (“Real Madrid”).


Tur afishasi – “Atletik Bilbao” – “Valensiya”

Ushbu uchrashuvni markaziy desa ham bo'lar balki, biroq ikki jamoaning turnir jadvalidagi o'rniga nazar tashlasak bu kabi tarifni ishlatib ham bo'lmaydi. “Atletik Bilbao” 20 uchrashuvdan so'ng 24 ochko to'plagan holda 11-o'rinda. “Valensiya” esa 23 ochkoga ega va 14-o'rinda. Bilbaoliklar o'tgan turda mehmonda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, “Valensiya” o'z maydonida g'alaba qozongan. Qiziqarli kechishi kutilayotgan ushbu uchrashuv 7 fevral kuni soat 20:15 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy bo'lib o'tgan 181 o'yindan 66 tasida “Atletik Bilbao”, 71 tasida “Valensiya” g'alaba qozongan. 44 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Inigo Visente, Peru Nolaskoayn, Mikel Balensiaga (“Atletik Bilbao”). Terri Korreya, Kevin Gameyro, Yasper Sillessen, Muktar Dyakabi (“Valensiya”).


“Barselona” uchun noqulay raqib – “Betis”

Odatda, bu jamoalarning uchrashuvida qay biri yutishini bilib bo'lmaydi. Aniq bir favoritni ko'rsatish qiyin. “Betis”ning “Kam Nou”da 3:4 hisobida g'alaba qozongani muxlislar yodida bo'lsa kerak. Yaxshigina raqib kataloniyaliklar uchun. Ammo “Barselona” hozirgi holatida bu narsaga yo'l qo'yishi qiyin masala. Kubokda ham, chempionatda ham so'nggi uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlayapti jamoa. Ushbu uchrashuv natijasi qanday bo'lishini 7 fevraldan 8 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadigan o'yinda bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasidagi 109 o'yinning 21 tasida “Betis”, 67 tasida “Barselona” g'alabaga erishgan. 21 o'yinda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Diego Laynes, Sidney, Dani Martin, Gvido Rodriges, Mark Bartra, Klaudio Bravo, Viktor Kamarasa (“Betis”). Ansu Fati, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”).


Peshqadam “Atletiko Madrid” “Selta”ni qabul qiladi

Turni yakunlab beruvchi mazkur o'yinda “Selta”ga birmuncha qiyin bo'lish ehtimoli bor. Raqib turnir jadvalini boshqarib borayotgan Madridning “Atletiko”si. 1 va 10-o'rinda turgan jamoalarning uchrashuvi qiziqarli kechishi kichik bo'lsa-da ehtimol. O'tgan tur “Selta” mehmonda “Granada” bilan durang natija qayd etgan. Qatorasiga ikkinchi bor mehmonda bo'lib o'tadigan o'yinda qanday natija ko'rsatishi esa qiziq. Ushbu bahs 8 fevraldan 9 fevralga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy o'tkazilgan 115 bahsdan 69 tasida “Atletiko Madrid”, 25 tasida “Selta” g'alaba qozongan bo'lsa, 21 o'yin durang natijasi bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Mario Ermoso, Joau Feliks, Yannik Karrasko (“Atletiko Madrid”). David Xunka, Serxio Alvares (“Selta”).


SHuningdek, 22-turda quyidagi o'yinlar ham o'tkaziladi:


06.02  18:00   (Toshkent vaqti)  “Levante” – “Granada”

06.02  22:30   (Toshkent vaqti)  “Elche” – “Vilyarreal”

06.02  01:00   (Toshkent vaqti)  “Sevilya” – “Xetafe”

07.02  18:00   (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Kadis”

07.02  22:30   (Toshkent vaqti)  “Osasuna” – “Eybar”



Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика