⚡️ La Liga klubi SHomurodov uchun kurashga qo'shildi
15 iyu 2023 11:37
Yangiliklar
⚡️ La Liga klubi SHomurodov uchun kurashga qo'shildi
"Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Xabarga ko'ra, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Speciya"da o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Rim klubi rejalaridan o'rin olmagan. Italiya OAVning yozishicha, "Lechche"dan tashqari hujumchiga "Torino" va Turkiya klublari qiziqmoqda. SHuningdek, bu kurashga La Liganing "Jirona" jamoasi ham qo'shilgan.
Rimliklar uni majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga berishmoqchi, ammo futbolchining 1,5 mln evrolik maoshi ko'p klublarni cho'chitmoqda.
Avvalroq Turkiyaning "Galatasaroy" klubi hujumchini ijaraga olish istagida ekani xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar