So’nggi yangiliklar

02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  2 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  4 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  11 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  10 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  35 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  10 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  18 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  152 21:45ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда енгди, Сергеев эса тўпга биринчи тегинишида гол урди  20 20:52МЮ Гарначони 70 млн фунтга сотишга тайёр. Вингерга кимлар қизиқмоқда?  3 20:44ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон Қатарни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  474 20:17Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  4

LaLiga. Messi va Grizmanning dubllari "Barselona"ga yirik g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

LaLiga. Messi va Grizmanning dubllari "Barselona"ga yirik g'alabani taqdim etdi

Ispaniya chempionati 18-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Granada

LaLiga . 18-tur

09/01/2021, 22:30

4
:
0
Tugadi

Barcelona

Antoine Griezmann - 12', Lionel Messi - 35', Lionel Messi - 42', Antoine Griezmann - 63'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45'
90'
45'  Roberto Soldado
46'  Angel Montoro (Luis Milla)
46'  Roberto Soldado (Luis Suarez)
46'  Carlos Neva (Jesus Vallejo)
65'  Darwin Machis (Kenedy)
67'  Yangel Herrera (Alberto Soro)
73'  Luis Suarez
78'  Jesus Vallejo
12'  Antoine Griezmann
35'  Lionel Messi
35'  Antoine Griezmann
42'  Lionel Messi
49'  Oscar Mingueza
63'  Antoine Griezmann
63'  Ousmane Dembele
65'  Lionel Messi (Martin Braithwaite)
65'  Frenkie de Jong (Miralem Pjanic)
73'  Pedri (Trincao)
73'  Ousmane Dembele (Ricard Puig)
81'  Sergino Dest (Junior Firpo)
82'  Sergio Busquets
87'  Jordi Alba


"Granada" – "Barselona" 0:4

"Nuevo Los Karmenes"

Gollar: 0:1 – 12 Grizmann, 0:2 – 35 Messi, 0:3 – 42 Messi, 0:4 – 63 Grizmann.

"Granada" – Ruy Silva, Duarte, Xerman Sanches, Fulke, Neva (Valexo, 46), Montoro (Milya, 46), Errera (Soro, 67), Eteki, Puertas, Machis (Kenedi, 65), Soldado (Suares, 46).

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Mingesa, Dest (Firpo, 81), Umtiti, Buskets, de Yong (Pyanich, 65), Pedri (Trinkau, 73), Dembele (Puch, 73), Grizmann, Messi (Breytueyt, 65).

Ogohlantirishlar: Soldado (45), Mingesa (49), Suares (73), Buskets (82), Alba (87).

CHetlatish: Valexo (78).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Breytueyt Firponing ajoyib uzatmasini golga aylantira olmadi.

86. Ushbu g'alaba orqali "Barselona"ning LaLiga jadvalidagi ochkolari soni 34taga etadi va klub 3-o'ringa chiqib oladi.

80. Pyanichning jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

78. QIZIL KARTOCHKA! "Real" sobiq futbochisi Xesus Valexo Breytueytni jarima maydonchasi chizig'i ustidan yiqitdi va hakam uni o'yindan chetlatdi.

73. SHunday qilib, Messi LaLiga tarixida ketma-ket 15ta mavsumda 10ta va undan ko'p gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Leo joriy mavsum to'purarlar reytingida 11ta gol bilan etakchi bo'lib oldi.

67. Alba Busketsning uzun pasini qabul qildi va tezkorlik bilan darvozaga zarba berdi. To'p darvozaning yonidan uchib o'tdi. 

65. O'zgarish: Messi maydonni tark etdi. Uning o'rniga Martin Breytueyt maydonga tushdi. De Yong o'rniga Pyanich o'yinga qo'shildi.

63. GOOOL! Endi Grizmann dubl qayd etmoqda! Antuan Dembelening qanotdan uzatgan to'pini bir urinishda o'ziga to'g'irladi va tezda o'ng oyog'i bilan to'pga zarba berdi. Buni kutmagan posbon to'pni o'tkazib yubordi.

56. ZARBAAA! De Yong markazdan raqib jarima maydonchasi oldigacha keldi va to'pni o'ng oyog'iga to'g'irlab, darvoza tomon zarba berdi. To'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

42. GOOOOL! YANA MESSI! Nihoyat Leo jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Messi to'pni pastlatib, uzoq burchakka yo'lladi. Posbon to'pga otilgan bo'lsada ulgurmadi. 0:3. GOLNI TELEGRAMDAGI KANALIMIZDAN KO'CHIRIB OLISHINGIZ MUMKIN.

41. Pedri Messi uchun ajoyib standart ishlab berdi. "Granada" himoyachisi German o'z jarima maydonchasi chizig'i ustidan qoida buzdi.

39. Dembelening kuchli zarbasi "Granada" darvozasi ustidan o'tib ketdi.

35. GOOOOLLLL! Lionel Messi! Argentinalik forvard o'z uslubida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo o'sha hujum vaqtida to'p Busketsning qo'liga tekkan ekan. Xo'sh, gol hisobga olinadimi? Gol hisobga olindi. 0:2.

29. Puertos Ter SHtegen bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo darvozani ishg'ol qila olmadi. Seyvdan so'ng yon hakam ofsayd borligini ko'rsatdi.

25. "Barselona" o'ng qanot himoyachisi Dest jarohat olgan ko'rinadi va bahsni davom ettira olmaydiganga o'xshaydi. Dest o'rnidan turdi va bahsni davom ettiradigan bo'ldi.

23. Soldado Ter SHtegen darvozasi tomon zarba berdi, biroq to'p darvozaga bormadi.

16. ZARBAAA! Usmon Dembele jarima maydonchasining burchagidan darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi, ammo to'p ustun oldidan o'tib ketdi.

12. GOOOL! Yo'q, hakam ofsayd borligini aytyapti. Takroriy lavhada hammasi aniqlandi. Biroq hakam golni hisobga oldi. Buskets to'pni boshqa futbolchiga uzatayotgandi, ammo to'p Soldadoga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va Grizmannga tushib qoldi. Antuan esa darvozani ishg'ol qildi. HAKAM GOLNI HISOBGA OLDI!

11. Pedri jamoadoshining uzatmasidan so'ng katta tezlikda "Granada" jarima maydonchasiga kirib bordi va bir futbolchini aldab, darvozaga zarba berdi. To'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

6. Ushbu bahs Serxio Buskets uchun yubiley o'yin. Yarim himoyachi "Barselona" safidagi 600-uchrashuvini o'tkazmoqda.

2. SEYV! Busketsning xatosidan so'ng "Granada" futbolchisi to'pni egallab oldi va darvozaga kuchli zarba berdi. Ter SHtegen ajoyib seyvni amalga oshirdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Granada" – "Barselona"

22.30, "Nuevo Los Karmenes"

"Granada" – Ruy Silva, Duarte, Xerman Sanches, Fulke, Neva, Montoro, Errera, Eteki, Puertas, Machis, Soldado.

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa, Dest, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Grizmann, Messi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика