So’nggi yangiliklar

01:48Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" билан шартнома муддатини узайтиришга яқин  1 01:23Александр Крестинин: "Биз "Локомотив" номли санатория эмасмиз"  2 01:11Максим Шацких: "Декабргача турнир жадвалига умуман қарамайман  8 00:50Виталий Левченко: "Йўқ жойдан очко йўқотдик. Ёзги трансферлар ойнасида маҳаллий футболчиларни ўз таркибимизга қўшиб олишимиз мумкин"  4 00:20Гринвуд Франция чемпионатига йўл олиши мумкин, музокаралар бошланди  0 23:43Германия терма жамоаси футболчилари Евродаги мукофот пулларининг салмоқли қисмини уйсизларга ёрдам бериш учун хайрия қилади  1 23:26"Ювентус"нинг ўтган мавсум гол уролмаган ҳужумчиси А Сериянинг бошқа клубига ўтади  0 23:07Илёс Зейтуллаев: "Мен жойимдан қўрқмайман. Эртага нима бўлишини билмаймиз"  6 22:55Кроос Евро-2024'да яриммайдонлар оралиғида ҳамда аниқ паслар бўйича энг яхши натижани қайд этмоқда  2 22:34"Реал Мадрид" посбони Евро-2024 гуруҳ босқичининг энг ёмон дарвозабони деб топилди  1 22:18Суперлига. "Пахтакор" — "Бунёдкор" 1:0. Highlights  1 22:13Суперлига. "Нефтчи" — "Локомотив" 1:1. Highlights  2 21:56Суперлига. "Пахтакор" "Тошкент дербиси"да "Бунёдкор"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  60 21:55Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида "Локомотив"ни юта олмади   38 21:25"Бавария" клуби "Байер" сафида чемпион бўлган футболчиси билан шартнома муддатини узайтирди  0

La Liga. Valverde va Benzemaning gollari "Real"ga navbatdagi g'alabani tortiq etdi Yangiliklar

La Liga. Valverde va Benzemaning gollari "Real"ga navbatdagi g'alabani tortiq etdi

La Liga 10-turi doirasidagi "Elche" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Elche" – "Real Madrid" 0:3
Gollar
: 0:1 – 11 Valverde, 0:2 – 75 Benzema, 0:3 – 89 Asensio.

"Elche" – Badiya, Palasios, Bigas, Verdu, Klerk, Fernandes Merkau (Gumbau, 62), Morente (Kina, 80), Maskarel, Guti (Xosan, 62), Milya, Boye (Ponse, 79).

"Real Madrid" – Lunin, Karvaxal (Vaskes, 88), Ryudiger, Militao, Alaba (Nacho, 88), Modrich (Tchuameni, 62), Kroos (Asensio, 80), Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Kamavinga, 80), Rodrigo.

Ogohlantirishlar: Gumbau (71), Ryudiger (90).


Elche

LaLiga . 10-tur

20/10/2022, 00:00

3
:
0
Tugadi

Real Madrid

Federico Valverde - 11', Karim Benzema - 75', Marco Asensio - 89'

Stadion: Estadio Martinez Valero, 30236 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
62'  Raul Guti (Josan)
62'  Nicolas Fernandez (Gerard Gumbau)
71'  Gerard Gumbau
79'  Lucas Boye (Ezequiel Ponce)
80'  Tete Morente (Quina)
6'  Karim Benzema
11'  Federico Valverde
26'  David Alaba
61'  Karim Benzema
62'  Luka Modric (Aurelien Tchouameni)
75'  Karim Benzema
75'  Rodrygo
80'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
80'  Vinicius Junior (Marco Asensio)
88'  David Alaba (Nacho Fernandez)
88'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
89'  Marco Asensio
89'  Rodrygo
90'  Antonio Ruediger


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va 3 ta gol urgan "Real"3 ochkoni qo'lga kiritdi.  

90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Antonio Ryudigerga sariq.  

Mezbon jamoa ishqibozlari esa tribunlarni tark eta boshlashdi.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.   

89-daqiqa. GOOOOOOOOL! Marko Asensiodan o'ziga xos zarba va hisob yirik ko'rinishga kelmoqda. Rodrigodan ikkinchi assist.   

88-daqiqa. Karvaxal va Alaba o'rniga Vaskes va Nacho maydonga tushirildi.  

88-daqiqa. Esekel Ponseda vaziyat bo'ldi, ammo argentinalikning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.  

87-daqiqa. Maydondagi futbolchilar ancha toliqib qolgani sabab bo'sh zonalar tobora ko'payib bormoqda.  

84-daqiqa. Marko Asensio jamoadoshlari uchun vaziyat yaratib berdi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.    

80-daqiqa. O'zgarishlarVinisius va Kroos o'rniga Kamavinga hamda Asensio maydonga tushdi. 

80-daqiqa. O'zgarishLukas Boye o'rniga Esekel Ponse   

75-daqiqa. GOOOOOL! Yana Karim Benzema. Qizig'i, Karim gol urishi zahoti, hakamga "VAR"ga bor, qara, baribir bunisini bekor qila olmaysan, degandek ishora qildi. Hakam ham kulib qabul qildi bu holatni.    

71-daqiqa. Ogohlantirish! "Elche"ning bir yo'la uch futbolchisi qarshi hujumni to'xtatish uchun taktik follar ishlatishdi va hakam faqat Gumbauga sariq ko'rsatishni lozim topdi. 

70-daqiqa. Luniiiin! Hozir mehmonlar kiperi zo'r seyv amalga oshirib, raqib hisobni tenglashtirishiga yo'l qo'ymadi.  

68-daqiqa. Benzema bu safar assist rolini bajarib berdi. Rodrigoning esa bosh bilan zarbasi qovushmadi. Karim garchi gol ura olmayotgan bo'lsa ham aslo xafa emas, hozirgi vaziyatni u tabassum bilan qabul qildi va jamoadoshlari bilan kulishib yuribdi.  

65-daqiqa. "Real" himoyachilari raqibning navbatdagi hujumini osonlik bilan bartaraf etishdi.  

63-daqiqa. O'zgarish! Luka Modrich o'rniga esa Orelen Tchuameni o'yinga qo'shildi.  

62-daqiqa. O'zgarish! Pere Milya o'rnini Xosanga bo'shatib berdi.  

Hakam shoshilmaslikni so'ramoqda. Va... "VAR" bu safar ham Benzemaning golini inobatga olmadi. Bu safar Karvaxal o'yindan tashqari holatda. 

61-daqiqa. GOOOOL! Karim Benzema baribir niyatiga etdi. Karvaxalning uzatmasidan keyin Karim to'pni o'ziga o'nglab, to'rga yo'lladi.   

58-daqiqa. Nikolas Fernandes Karvaxal bilan to'qnashuvdan keyin maydonda yotibdi. O'z navbatida himoyachi darhol hakamga o'yinni to'xtatish zarurligiga ishora qildi.  

55-daqiqa. Modrichdan ajoyib uzatma, lekin himoyachi so'nggi pallada to'pni Benzemaga etib bormasligini taminlay oldi. Qo'shimchasiga yon hakam yana bayrog'ini ko'tarib turibdi.  

54-daqiqa. Standart vaziyat. Alabaning uzatmasidan keyin Militao ham, Benzema ham zarba berishi mumkin edi. Karim bu ishni bajardi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi.   

50-daqiqa. Benzema raqibning zarbalariga zarba bilan javob berdi. Francuzning ham urinishi ancha yaxshi chiqdi, lekin Edgar Badiya ishonchli harakat qildi.  

47-daqiqa. Yana zarba! To'p Ryudigerning qo'liga tekkanini ko'rish mumkin bo'ldi takroriy lavhada. Biroq himoyachi maksimal tarzda qo'llarini ortiga yashirishga uringan.

Lukas Boyening zarbasi aniq chiqqanida Lunin ham hech nima qila olmasdi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! "Elche" bo'limni keskin hujum bilan boshladi.  

Jamoalar maydonga qaytishdi. Bosh hakamga Benzemani butsalari yoqib qolgan chog'i. 

45+5-daqiqa. Bo'ldi, hakam bo'lim yakuniga etganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus.  

45+3-daqiqa. Palasisos Vinisiusni qo'pollik bilan to'xtatdi. Bo'lim davomida braziliyalik futbolchiga nisbatan 4 marta qoida buzilgani haqida malum qilishmoqda ispaniyalik hamkasblarimiz. 

Ammo bu safar ham himoyachilar, aniqrog'i Karvaxal, osonlik bilan to'pni qaytardi. 

45+2-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

Benzema o'yinni to'xtatishni so'raganining sababi malum bo'ldi. Muxlislardan birining mazasi qochgan ekan.

45-daqiqa. Bo'ldi, barcha maydonga qaytdi va o'yin davom etadi.

42-daqiqa. Uchrashuvda "pauza" yuzaga keldi. Sababi hozircha nomalum. 

40-daqiqa. Alaba raqibning ehtimoliy xavfli hujumining oldini oldi. Burchak zarbasi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtira olishdi. 

Luka Modrichning harakatlaridan shunchaki zavq olish mumkin. 

37-daqiqa. Vinisius qanotdan oldinga o'tdi, lekin jarima maydoniga yaqinlashgach, ikki raqibni dog'da qoldira olmadi. 

34-daqiqa. Pere Milya Rodrigoga nisbatan fol ishlatdi. 

31-daqiqa. Gonsalo Verdu raqib to'pni jarima maydonchasiga uzatishiga yo'l qo'ymadi. 

29-daqiqa. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi. 

28-daqiqa. Uxx! Andrey Lunin ancha xavfli zarbadan keyin darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.   

Biroq ishga yana "VAR" aralashdi hamda Benzemada offsaydni qayd etib, golni bu safar ham bekor qildi. 

26-daqiqa. GOOOOOL! David ALABA! Avstriyalik himoyachi ikki marta devor uslubida o'ynab, qulay vaziyatga chiqib bordi va mo'ljalda adashmadi.  

20-daqiqa. Raul Guti ijrosidagi burchak zarbasidan keyin Tete Morente to'pni darvoza o'rnigadan ancha yuqoriga yo'lladi. 

17-daqiqa. "Elche" to'p bilan. 

14-daqiqa. Rodrigo teznik mahoratini namoyish etdi, lekin keyin jarima maydoniga kirgach, yiqilib tushdi. Hakam qoida buzilmaganini aytmoqda. 

11-daqiqa. GOOOOOOL! Bu safar toza gol va u Valverde hisobiga yozildi. Hujumda Vinisius, Benzema va Modrich ham ishtirok etganini takidlash lozim.  

9-daqiqa. Mezbonlar hujumga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo omadsiz.  

6-daqiqa. GOOOOL! Ammo golli uzatmani amalga oshirgan Vinisius o'yindan tashqari holatda bo'lgan ekan.  

3-daqiqa. Kutilganidek, "Real Madrid" ilk daqiqalardan ustunlikni o'z tomoniga og'dirib olmoqda. 

1-daqiqa. "Oltin to'p"ning yangi sohibi Karim Benzema o'yinni boshlab berdi.   

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика