So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  3 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

La Liga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Barselona" "Valensiya"ni yutib, "Real"dan 10 ochkoga o'zib ketdi Yangiliklar

La Liga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Barselona" "Valensiya"ni yutib, "Real"dan 10 ochkoga o'zib ketdi

Ispaniya chempionati 24-turi doirasidagi bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Barselona – Valensiya 1:0 

20.15, «Kamp Nou»

Gol: Rafinya (Buskets) 16'

Gol urilmagan penalti: Ferran Torres 55' (ustun)

Barselona – ter SHtegen, Arauxo, Kristensen, Kunde, Balde, Serji Roberto (Garsiya, 81), Buskets, de Yong (Kesse , 46), Rafinya (Anxel Alarkon, 87), Ferran Torres, Fati (Markos Alonso, 61).

Valensiya – Mamardashvili, Terri Korreyya (Kastilexo, 62), Jemyort, Ozkajar, Xesus Vaskes, Fulke, Gilyamon (Diakabi, 55), Moriba (Fransisko Peres, 62), Almeyda (Musa, 78), Lino (Klyuyvert, 78), Duro.

CHetlatish: Arauxo (59)

Bahs yakunlandi! "Barselona" muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi!

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Rafinya o'z o'rnini Anxel Alarkonga bo'shatib berdi.

86. Kesse o'z harakatlari bilan muxlislarni cho'chitib yubordi. Fransisko Peres u bilan to'qnashuvdan keyin yiqilib tushdi. Ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini aytib, burchak zarbasi amalga oshirilishini takidladi.

81. "Barselona"da ashmashtirish: Roberto o'rniga Garsiya tushdi.

78. O'yinni kuchaytirish uchun Lino o'rniga Jastin Klyuyvert, Almeyda o'rniga Musa tushirildi.

73. Fransisko Peres qulay vaziyatni yo'qqa chiqardan deb turganimizda, u ofsaydda ekanligi malum qilindi.

67. Endi zarbalar bo'yicha statistikana nazar tashlaymiz. Bunda hisob – 13:8. "Barsa" foydasiga.

62. "Valensiya"da 2 ta almashtirish: Terri Korreyya o'rniga Kastilexo, Moriba o'rniga Fransisko Peres bahsni davom ettiradi.

61. Oskar Ernandes o'zgarishga qo'l urmoqda. Ansu Fati o'rniga Markos Alonso tushirildi.

59. Qizil kartochka! Arauxo Duroni so'nggi chora sifatida yiqitishga majbur bo'ldi va maydondan chetlatildi.

56. "Barselona"dan navbatdagi hujum! Fatining zarbasi ustunga tegdi.

55. Uuux! Ferran Torres penaltidan foydalana olmadi. Uning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

55. Gilyamon o'rniga Diakabi o'yinga qo'shildi.

53. Penalti! Kundening zarbasidan so'ng Gilyamon to'pni qo'li bilan o'ynadi.

49. Balde qanotdan to'pni ichkariga oshirishni istadi, ammo himoyachilardan biri xavfni bartaraf etdi.

48. Bugungi bahsni tomosha qilish uchun "Kamp Nou"ga 89 664 nafar muxlis kelibdi. SHunchaki vau!

46. Frenki de Yong o'rniga Frank Kesse o'yinni davom ettiradigan bo'ldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limda 1 daqiqa qo'shildi.

44. Ilaysh Moriba himoyaga qamalib olgan sobiq jamoasini jazolashi mumkin edi. Uning tepgan to'pi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

43. Burchak to'plari bo'yicha hisob — 3:0.

39. Ana xolos! Lino ter SHtegenning xatosidan unumli foydalana olmadi. U yaqin masofadan darvozani emas, tribunani nishonga olib, vaziyatni ko'kka sovurdi.

37. Malumot o'rnida, agar bugun Serxio Buskets, Frank Kesse, Rafinya va Ferran Torres sriq kartochka olsa, "Atletiko"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

34. Uuux! Xesus Vaskesning uzatmasidan so'ng Terri Korreyya bosh bilan zarba berdi, to'p sal noaniq ko'rinish oldi.

32. Har doimgidek to'pga nazorat qilish bo'yicha statistikada "Valensiya" emas, "Barselona" oldinda :)

30. Serji Roberto Ugo Gilyamonga nisbatan qoidani buzdi.

25. Bugun Xavining o'rnini bildirmaslikka urinayotgan yordamchi murabbiy – Oskar Ernandes

22. "Barselona" bosh murabbiy sariq kartochkalari soni (5 ta) ko'payib ketgani bois bugun jamoasiga bevosita maydon chetida yordam berolmayapti. 42 yoshli mutaxassis bugungi bahsni tribunada kuzatmoqda.

18. Zarba! Ansu Fatining zarbasidan keyin Giorgi Mamardashvili sergak turganini isbotladi.

16. GOOOOOOOOOOL! Busketsning qoyilmaqom uzatmasidan so'ng uddaburon Rafinya bosh bilan darvozani ishg'ol qildi, bu holatda mehmonlar posboni Mamardashvili ojiz qoldi – 1:0! 

11. Frenki de Yong sheriklarini qulay pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq raqib himoyachilari ishonchli harakat qilib, to'pni uzoqalishtirishdi.

8. Zarba! Frenki de Yongning zarbasidan keyin to'p to'g'ri borib Giorgi Mamardashvilining qo'llariga borib tushdi.

5. Samuel Dias Lino yaxshi uzatmani qabul qilib oldi va darvozabonni aldab o'tishi mumkin edi. Ammo uning markaz tomon yo'naltirgan zarbasiga kuch etishmadi va ter SHtegen xavfni bartaraf qilishda qiynalmadi.

1. Bosh hakam Xaver Alberola Roxas uchrashuvni boshlab beruvchi hushtakni chaldi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Start yaqin!

- "Ko'k-anorranglilar" 7 ochkolik farq bilan Ispaniya La Ligasida etakchilik qilmoqda. "Valensiya" esa xavfli zonada yuribdi. "Kamp Nou" egalari bugungi bahsda favorit sifatida harakat qiladi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barselona" o'z uyida "Valensiya"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика