So’nggi yangiliklar

01:18Лионель Скалони: "Ҳозир Мессисиз ҳам Месси бордек ўйнай оламиз"  0 00:50Нико Уильямс "Барселона"га ўтиш учун маошининг камайишига ҳам рози  3 00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  7 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  9 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  22 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14

La Liga. "Real Madrid" mehmonda kambek amalga oshirdi! So'nggi daqiqada urilgan gol Madridni "Barselona" ustidan g'olib qildi! Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" mehmonda kambek amalga oshirdi! So'nggi daqiqada urilgan gol Madridni "Barselona" ustidan g'olib qildi!

"Barselona" hamda "Real Madrid" o'rtasida o'tkaziladigan La Liganing 11-tur o'yini yakunlandi!

La Liga. "Barselona" - "Real  Madrid" 1:2

Gollar: Ilkay Gyundogan 7', Jud Bellingem 68', 90+2'

"Barselona": 1. Mark-Andre ter SHtegen, 4. Ronald Arauxo, 15. Andreas Kristensen, 5. Inigo Martines, 3. Alexandro Balde, 32. Fermin Lopes (18. Oriol Romeu 72'), 6. Gavi, 22. Ilkay Gyundogan, 2. Joao Kanselu (27. Lamine Yamal 76'), 7. Ferran Torres (9. Robert Levandovski 61'), 14. Juan Feliks (11. Rafinya 77').

Zaxira: 13. Inyaki Penya, 26. Ander Astralaga, 17. Markos Alonso, 23. Jyul Kunde, 30. Mark Kasado, 33. Pau CHubarsi, 38. Mark Gulu, 39. Ektor Fort.

"Real Madrid": 25. Kepa Arrisabalaga, 2. Daniel Karvaxal, 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi (12. Eduardo Kamavinga 52'), 18. Orelen Tchuameni, 15. Federiko Valverde, 8. Toni Kroos (10. Luka Modrich 63'), 5. Jud Bellingem, 11. Rodrigo (14. Xoselu 63'), 7. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Diego Pineiro, 6. Nacho Fernandes, 17. Lukas Vaskes, 20. Fransisko Garsiya, 21. Braim Dias.

Ogohlantirishlar: Fermin Lopes 17', Ferran Torres 45+2', Daniel Karvaxal 61'

Barcelona

Ilkay Gundogan - 6'

LaLiga . 11-tur

28/10/2023, 20:15

2
:
1
Tugadi

Real Madrid

Jude Bellingham - 68', Jude Bellingham - 90'

Stadion: Estadio Olimpico Lluis Companys, 50112 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
6'  Ilkay Gundogan
17'  Fermin Lopez
45'  Ferran Torres
61'  Ferran Torres (Robert Lewandowski)
72'  Fermin Lopez (Oriol Romeu)
76'  Joao Felix (Raphinha)
77'  Joao Cancelo (Lamine Yamal)
52'  Ferland Mendy (Eduardo Camavinga)
61'  Daniel Carvajal
63'  Toni Kroos (Luka Modric)
63'  Rodrygo (Joselu)
68'  Jude Bellingham
90'  Jude Bellingham
90'  Luka Modric
90'  Vinicius Junior (Lucas Vazquez)


90+6. O'YIN YAKUNLANDI!

90+4. "Barsa" buyog'iga qanday yo'l tutadi?

Uzatilgan to'pni Modrich to'xtatib berdi, Bellengem to'pni darvozaga yo'llab, gol urdi va kambeeeekkk!!!

90+2. GOL! Juuuuuuuuuuuuuuuuud Bellingeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeem!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Xoselu Vinisiusning uzatmasini o'ziga to'g'rilay olmadi.

87. Temp biroz tushgandek bo'ldi. Ammo, so'nggi daqiqalar yanada "qizisa" kerak...

80. Gavining zarbasi ham noaniq bo'ldi.

79. Levandovskining uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

76. Valverdening zarbasi "jonli devor"dan o'tmadi.

74. Madrid jarima zarbasi ishladi. Xavfli nuqta.

71. "Real" endi yanada o'yinga xavf qo'shaveradi. Buyog'iga maydon "yonadi"!

68. GOL! Bellingem to'pni uzoq masofadan darvozaga yo'lladi va "mixlab" qo'ydi! STOP, KLASIKONI TO'XTATISH KERAK!

67. Orelen Tchuamenining uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini ter SHtegen arang qutqardi...

65. Kanseluning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

59. Kanselu "Real" jarima maydonchasiga yorib kirib, zarba berdi, ammo noaniq bo'ldi. Qo'shimchasiga ushbu holatda o'yindan tashqari holat qayd etildi.

57. Kroosning erlatib bergan zarbasini ter SHtegen ushlab oldi.

55. O'yinning stadiondan turib bevosita 50 112 nafar muxlis kuzatib bormoqda.

51. Inigoning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi, Arauxoning zarbasini esa Kepa qaytardi!

47. Rodrigo o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limning qiziq epizodlaridan biri:

45+2. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. Hozirgacha "Real" birorta ham xavfli hujum tashkil etmadi. "Barsa" anchagina yaxshi himoyalanmoqda. 

38. Kroos havolatib to'pni o'ngga - Karvaxalga uzatdi, Danielning zarbasi darvozaning tashqi to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

32. Yana "Barsa"dan hujum! Feliks hujumni boshladi, Balde davom ettirdi, uni Kroos to'xtatdi!

27. Feliks katta tezlikda oldinga o'tdi, Karvaxal o'yin qoidasini buzmagan holda to'xtatdi raqibni. 

22. Ryudigerning zarbasi noaniq bo'ldi.

21. Vini chapdan yurish qilib to'pni markazga uzatdi, Valverde yakuniy zarbani berdi, to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.

16. Fermin Lopesning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

13. Vinisiusning zarbasi himoyachilardan o'tmadi. 

11. To'p nazorati baribir kataloniyaliklarda qolmoqda. 

8. Buyog'iga Madrid jamoasi ochiq o'yin namoyish etishi aniq. Yanada hujumkor futbol ko'ramiz!

7. GOL! Alabaning xatosidan Gyundogan foydalanib qoldi va gol urdi!

3. Bellingem to'pni raqibidan olib qo'yib oldinga yurish qildi, biroq tezlik ololmadi va hujumda fol ishlatib qo'ydi.

2. Bahs xotirjamlik bilan boshlandi. Ikki jamoa ham to'p nazoratini o'z qo'liga olishga intilmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlar bilan bugun El Klasikoni matnli holda kuzatib boramiz! Tayyormisiz, unda boshladik!

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика