So’nggi yangiliklar

19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  5 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  5 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  2 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  33 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6

La Liga. "Madrid derbisi"da "Atletiko"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

La Liga. "Madrid derbisi"da "Atletiko"ning qo'li baland keldi

Ispaniya chempionatining 35-turi markaziy uchrashuvi yakunlandi.

"Atletiko" - "Real Madrid" 1:0
Gol
: 1:0 – 40, Karrasko (penalti).

"Atletiko" – Oblak, Vrsalko, Savich, Ximenes, Reynildu (Felipe, 73), Lorente, Karrasko (Lodi, 90), Koke, Kondogbia, Korrea (Grizmann, 46), Mateus Kunya (de Paul, 89).

"Real Madrid" – Lunin, Valexo, Militao (Mendi, 68), Nacho, Kroos (Modrich, 68), Kazemiro (Valverde, 61), Kamavinga, Vaskes, Yovich (Vinisius Junior, 61), Asensio, Rodrigo.

Ogohlantirish: Yovich (20), Vaskes (28), Lorente (37), Valexo (38), Savich (63), Nacho (71).


Atletico Madrid

Yannick Carrasco - 40'

LaLiga . 35-tur

09/05/2022, 00:00

0
:
1
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 63874 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45'
90'
37'  Marcos Llorente
40'  Yannick Carrasco
46'  Angel Correa (Antoine Griezmann)
63'  Stefan Savic
73'  Reinildo (Felipe)
89'  Matheus Cunha (Rodrigo De Paul)
90'  Yannick Carrasco (Renan Lodi)
20'  Luka Jovic
28'  Lucas Vazquez
38'  Jesus Vallejo
61'  Luka Jovic (Federico Valverde)
61'  Casemiro (Vinicius Junior)
67'  Carlo Ancelotti
68'  Eder Militao (Ferland Mendy)
68'  Toni Kroos (Luka Modric)
71'  Nacho Fernandez


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Atletiko" penaltidan urilgan gol evaziga "Real"ni taslim etdi. 

90+3-daqiqa. O'zgarish! Karrasko o'rniga Renan Lodi. 

90+2-daqiqa. "Real" raqib himoyasiga kuchli bosim uyushtirmoqda.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. O'zgarish! Matteus Kunya o'rniga Rodrigo De Paul 

88-daqiqa. Asensio kuchli va aniq zarbab bergandi, Oblak jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.  

86-daqiqa. Xose Ximenes Rodrigoga nisbatan ochiqchasiga qo'pollik ishlatdi.  

84-daqiqa. Valverde endi chaproqda to'pni egallab, kutilmaganda kuchli zarba berib qoldi. Oblak to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.    

81-daqiqa. "Real"ga bugun g'alaba juda zarur emasligi baribir bilinib qolyapti. "Qaymoqranglilar" keraklicha "nastroy" qila olmayotgandek.  

77-daqiqa. Karraskooooo! Yaqin burchakni nishonga olgandi, lekin to'p bu safar ustunga tegib qaytdi. 

76-daqiqa. Karrasko-Grizmann ijrosida ajoyib kombinaciya, ammo Antuanning zarbasi o'zi istaganidek chiqmadi.  

75-daqiqa. Vinisius raqibni aldayman deb, to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

73-daqiqa. O'zgarish! Mandava o'rniga Felipe Monteyro. 

Reynildo Mandava maydonga yotib olgan va shifokorlar yordam bermasa, tura olmasligini malum qildi. 

71-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho qarshi hujumga qochib ketayotgan raqibini to'xtatib qoldi  

70-daqiqa. Valverde ikki daqiqa avvalgi ishini takrorladi, lekin bu safar to'p mo'ljalga aniq bordi va Yan Oblak qiyinchilik bilan uni qaytardi. Ajoyib seyv.

68-daqiqa. O'zgarishlar! Militao va Kroos o'rniga Mendi va Modrich tushdi.  

68-daqiqa. Fede Valverde o'zi zarba berib ko'rdi

68-daqiqa. Ogohlantirish! Etirozlari sabab Karlo Anchelottiga sariq.

66-daqiqa. Vinisius birinchi imkoniyatdanoq himoyachilardan qochib ketdi va to'pni Asensioga etkazib berdi, Markoning zarbasini esa himoyachi o'ziga qabul qildi.

63-daqiqa. Stefan Savich bu safar Rodrigoga nisbatan qo'pol harakat qildi.

62-daqiqa. Uxxx! Kamavinga sirpanib yiqilib tushdi, Grizmann barchaning etiborini o'ziga tortib, Kunyaga to'pni tashlab berdi, lekin Matteusning zarbasini Lunin qaytardi. 

61-daqiqa. O'zgarishlar! Kazemiro va Yovich ketdi. Ularning o'rniga maydonga Vinisius hamda Valverde tushirildi.  

60-daqiqa. Tezkor qarshi hujum natijasida Yannik Karraskoda vaziyat yuzaga keldi, biroq futbolchi yo'llagan to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.  

57-daqiqa. Kamavinganing xatosidan keyin "Atletiko" futbolchilari hujumga o'tib ketishdi va Grizmann uni zarba bilan yakunladi, biroz noaniq.  

56-daqiqa. Hujumga o'tgan Nacho jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi.  

54-daqiqa. Kondogbya ehtimoliy xavfli qarshi hujumni rivojlantira olmadi. 

52-daqiqa. Valexoning boshiga to'pni qaytarayotganida Kunya zarba berib yubordi.  

50-daqiqa. Asensio raqiblaridan qochib, Yovichga vaziyat yaratib berdi, ammo Luka imkoniyatidan unumli foydalana olmadi.  

48-daqiqa. Yana Nachoga nisbatan fol ishlatildi. Birinchi bo'limda ham shunga o'xshash vaziyat guvohi bo'lgandik. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

"Real"da chamasi hech qanday o'zgarish yo'q. 

O'zgarish! Anxel Korrea o'rniga Antuan Grizmann

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha tanaffus.  

45+2-daqiqa. Rodrigoning faolligidan keyin Luka Yovich qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin uning zarbasidan keyin birinchi bo'limda deyarli ishsiz qolib ketgan Oblak jamoasini qutqardi.   

45+1-daqiqa. Hozircha yagona gol muallifi bo'lgan Karrasko o'yindan tashqari holatda. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Toni Kroos uzoq masofadan kuchli, ammo biroz noaniq zarba yo'lladi.  

43-daqiqa. Kazemiroga nisbatan fol.  

40-daqiqa. Zarba, GOOOOOL! Yannik Karrasko darvozabonni aldadi va hisobni ochdi.  

Lunin Karraskoga qarshi!

38-daqiqa. Ogohlantirish! Xesus Valexoga esa sariq.

38-daqiqa. "VAR"ni ko'rgach, hakam nuqtaga ishora qildi.   

36-daqiqa. Valexo va Kunya kurashidan keyin "Atletiko" vakili yiqilib, penalti so'ramoqda.   

Toni Kroos Markos Lorente tomonidan yiqitildi. 

29-daqiqa. "Atletiko" bu standartdan ham samara chiqara olmadi.  

28-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Lukas Vaskesga sariq. Qanotda u aldangach, Karraskoni ochiqchasiga qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.  

25-daqiqa. "Real" anchada bir hujumga o'tgandi, lekin Lukas Vaskes hech bo'lmasa burchak zarbasi ham ishlolmadi.  

23-daqiqa. Kamavinga to'pni o'zidan biroz qochirib yubordi va uni takroran egallab olish uchun harakatida sal qolcha, Korreani tepib, yiqitib yuborishi mumkin edi.  

20-daqiqa. Ogohlantirish! To'pni ham tepgan bo'lsada, raqib oyog'ini yaxshigina bosib olgani uchun Luka Yovichga sariq kartochka ko'rsatildi.   

17-daqiqa. Standart vaziyat. Uzatmadan keyin himoyaga yordam qaytgan Luka Yovich to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

14-daqiqa. "Real" vakillari to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi, bu narsa tribunalardagi aksar muxlislarga yoqmayapti. 

11-daqiqa. Ilk daqiqalarda "Atletiko" futbolchilari faolroq. 

8-daqiqa. Yannik Karraskoda zo'r imkoniyat bo'ldi, jarima maydoniga yorib kirgan futbolchining zarbasiga aniqlik etishmadi.  

7-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini "Atletiko" amalga oshirdi. Uzatmadan keyin "Real" himoyachilari osonlik bilan to'pni uzoqlashtirdi. 

5-daqiqa. Stefan Savich to'p bilan kelayotgan Nachoni "iliq kutib oldi" va tizzasiga zarba berdi. 

4-daqiqa. Korreada ajoyib imkoniyat, Lunin jamoasiga yordam berolmasdi, lekin zarba noaniq. 

2-daqiqa. Andrey Lunin joyini tark etib, to'pni uzoqlashtirdi, to'p "Atletiko" vakiliga borib tushdi, lekin mezbonlar vakili mo'ljalni aniq nishonga ola bilmadi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. Qizig'i, Mariano Dias asosiy tarkibda o'yinni boshlashi elon qilingan bo'lsada, u yo'q, uning o'rnini Luka Yovich egalladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика