La Liga. Depay "Barselona"dagi debyut golini urib, jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
22 avg 2021 02:52
Yangiliklar
La Liga. Depay "Barselona"dagi debyut golini urib, jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
Atletik – Barselona 1:1
«San Mames»
Gollar: Martines 50' – Depay 75'
Atletik – Agirresabala, Lekue, Martines, Vivian, Balensiaga, Dani Garsiya (Zarraga, 82), Vensedor (Vesga, 67), Sanset (Raul Garsiya, 67), Berenger (Morsilo, 82), Uilyams, Muniain (Niko Uilyams, 77).
Barselona – Neto, Dest (Emerson, 82), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Serxi Roberto, 63), Grizmann, Breytueyt (Yusuf Demir, 63), Depay.
Ogohlantirishlar: Martines (20), Erik Garsiya (28), Alba (77)
Bahs yakunlandi! "Barselona" qiyin durangga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!
90+3. Qizil kartochka! Erik Garsiya birga-bir holatga chiqib borayotgan Niko Uilyamsni yiqitdi va maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. Zarba! Niko Uilyamsning u qadar kuchli bo'lmagan zarbasini Neto ushlab oldi.
87. Neto shoshilmayapti. "Barselona" o'yin oxirida ancha bo'shashdi.
86. Uuux! de Yongning qulay uzatmasidan keyin Depay ichkirga kirib bordi va 2 himoyachi qarshisida zarba yo'lladi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.
82. "Barselona"da almashtirish: Dest o'rniga Emerson o'yinni davom ettiradi.
82. "Atletik"da 2 ta o'zgarish: Berenger o'rniga Morsilo, Dani Garsiya o'rniga Zarraga tushdi.
80. Depay kurashda yiqildi va penalti so'radi.
78. "Atletik" burchak zarbalari bo'yicha rekord qo'yadimi deyman. 15 tadan oshib ketadi, hozir.
77. "Atletik"da o'zgarish: Muniain o'rniga Niko Uilyams o'yinga qo'shildi.
77. Alba Uilyamsga nisbatan qoidani buzdi va jazolandi.
75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Memfis Depayning chap oyoqdagi kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi – 1:1!
73. Agirresabala bugun faol. U Simon bilan xayrlashishlariga shama qilmoqda.
71. Demir raqib jarima maydoni ichida porladi, uning uzatmasidan keyin to'p rikoshet orqali Grizmann tomon ketdi. Agirresabala to'pga ega chiqdi.
69. Depay hujumda faolliya ko'rsatdi. Yaxshi harakatlar va ohista uzatma... ammo ichkarida hech kim yo'q.
67. "Atletik"da 2 ta almashtirish: Vensedor o'rniga Vesga, Sanset o'rniga Raul Garsiya tushirildi.
65. Demir birinchi pasda adashdi va uni to'g'rilashda qoidanu bzdi.
63. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Pedri o'rniga Serxi Roberto, Breytueyt o'rniga Yusuf Demir tushdi.
61. "Barsa" o'zgarishlarni tayyorlamoqda. Roberto maydonga tushishga hozirlik ko'ryapti.
60. TV translyaciya juda yirik plandan namoyish qilinyapti, rejissyorlar sal yaqinlashtarishsa bo'lardi.
59. "Atletik" 10 dan oshiq burchak to'pini o'yinga kiritdi, navbatdagi burchak zarbasi. Uilyams Erik Garsiya to'pni chiqarib yuborishiga majbur qildi.
57. Breytueyt Uilyams obrazida o'ynamoqchi, ammo o'xshamayroq turibdi.
56. Sanset Arauxoni itarib yubordi. Etmaganiga "Atletik" burchak zarbasini tepadigan bo'ldi.
55. Uilyams va Erik Garsiya ko'p bor to'qnashishdi, ammo hakam o'ynashga imkon beryapti.
53. Dest yaqin masofadan zarba berdi, Agirresabala qiyinchilikka uchramadi.
52. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 38% – 62%
50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bilbaoliklar hisobni ochishdi. Bosh bilan urilgan gol muallifi – Martines!
48. "Barselona"da ham shunga o'xshash hujum va ketma-ket zarbalar. Biroq to'p darvozagi kirgani yo'q.
46. Taym dahshatli hujum bilan start oldi! Uilyamsning bo'sh qolgan darvozaga yo'llagan zarbasini Arauxo qaytardi!
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
43. Depayning uzatmasini Martines bartaraf etdi.
42. De Yong Grizmanni yaxshi vaziyatga olib chiqmoqchi bo'ldi, ammo Vivian buni sezib qoldi.
41. Zarbalar bo'yicha hisob: 4-1
40. Uilyams chamasi 25 metrdan zarba yo'lladi. Neto o'z o'rnida.
37. Dest oldinda yaxshi o'ynayapti, to'p yo'qotilganda ortga qaytishni emas, o'sha joyni o'zida bosimda qatnashmoqda. SHu orada Depay qo'pollik ishlatdi.
35. Gol urish vaqti kelmadimikan? Inyaki Uilyams ofsaydda qoldi, lekin shunda ham aniq zarba berolmadi.
32. "Barselona" azosi de Yong burchak to'pi ishlab oldi. Uzatmadan keyin to'pni Agirresabala urib yubordi.
31. "Barselona"da yo'qotish bo'ldi. Jarohatlangan Pike o'rniga Arauxo maydonga tushdi.
28. Erik Garsiya Uilyamsga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq oldi.
23. Zarba! Uilyamsning zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi.
21. Grizmann va Depay zarbani kim yo'llashini muhokama qilib olishdi. Niderlandiyalik zarba berdi, Agirresabala to'pni ilib oldi.
20. Pedri Martines bilan to'qnib ketdi, mezbonlar vakiliga sariq kartochka ko'rsatildi.
18. Neto pas berishda adashdi, Uilyams to'pga ega chiqdi va nimidar qilishga urindi, ammo de Yong qoyilmaqom o'ynab, oyog'ini qo'yishga ulgurdi.
18. Breytueyt to'p uchun oxirigacha intildi, ammo to'p raqib posbonida.
15. Depay o'zidan ijobiy taassurot qoldirmoqda. U oldinda erkin harakat qilmoqda – chiziqlarni bog'layapti, to'pga intilyapti, burchak to'pini ijro etyapti.
13. Buskets kechroq kurashga qo'shildi va fol ishlatdi.
11. Zarbaaa! Sanset 10 metrlardan darvoza ustunini ko'zladi.
10. Inyaki Uilyams deyarli "chayon" uslubida zarba berdi. To'p Netoga tegib, darvozaga kirib ketishiga oz qoldi
8. "Barselona" ham sekin-asta Agirresabala qo'riqlayotgan darvozaga yaqinlashmoqda.
6. Uuuux! "Qirol Breytueyt" darvozaga yaqin masofadan turib marsni nishonga oldi.
4. "Atletik" hali "Barsa"ga hujum qilish imkoniyatini bermadi.
3. Muniain chamasi 11 metrlarni mo'ljallab uzatmani amalga oshirdi, Neto musht bilan to'pni urib yubordi.
2. "Atletik"da 3 ta burchak to'pi yuzaga keldi. Bu temp o'ta yuqori ekanligidan darak bersa kerak, nazarimda.
1. 37-soniyadayoq xavfli vaziyat! "Aut" va "devor" uslubidan keyin Uilyamsning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.
1. Uchrashuv boshlandi!
- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! BUgun Ispaniya La Ligasi 2-turida "Atletik" – "Barselona" to'qnashuvi guvohiga aylanamiz. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
Fikrlar